Mikroneziya xalqlari etnologiyasi ijtimoiy tuzumlari an`anaviy dinlari
Download 111.86 Kb.
|
1 2
Bog'liqMIKRONEZIYA XALQLARI ETNOLOGIYASI IJTIMOIY TUZUMLARI AN`ANAVIY DINLARI
MIKRONEZIYA XALQLARI ETNOLOGIYASI IJTIMOIY TUZUMLARI AN`ANAVIY DINLARI R e j a: 1. Etnogenezi, tili va irki. 2. Xujaligi va ijtimoiy tuzumi. 3. Moddiy va ma'naviy madaniyati. 4. Mikroneziya xalqlari etnologiyasi ijtimoiy tuzumlari Tayanch suzlar: Etnogenezi va Mikroneziyaga odamlarning kelib joylashuvi muammolari. Xujalik -–madaniy guruxlar. Mashgulotlari. Ishlab chikaruvchi va uzlashtiruvchi xujaliklar. Mexnat kurollari. Moddiy madaniyati, turar joylari va manzilgoxlari, kiyim-kechaklari. Suv transporti vositalari. Ibtidoiy munosabatlar muammosi. Ibtidoiy va ilk sinfiy munosabatlarning kelib chikishi. Mulkiy va ijtimoiy tabakalanish. Oila-nikox munosabatlari. Ma'naviy madaniyat. Diniy e'tikodlar. Folklor, oddiy bilimlar. Mikroneziya (“Mayda orollar”) ga asosan marjon va vulkon orollardan paydo bulgan juda kup mayda orollar kiradi. Bunga Tinch okeanining garbiy kismida joylashgan Marshall, Karolin, marian orollari va Gilbert arxipelagi kiradi. Nixoyatda keng xudud (14 mln. kvadrat km.) da tarkok joylashgan mazkur orollarning umumiy maydoni 3,5 ming kv.km.ga xam yetmaydi. Ammo geografik mavkei nuktai nazardan Mikroneziya Janubi-sharkiy Osiyo mamlakatlari bilan Poleniziya va Melaneziya orolida joylashganligi juda kulay. Antropologik jixatdan Mikroneziya axolisi melaneziya va polineziyaliklarga yakin mongoloid va negroid irkining aralshamasidan paydo bulgan tipdir. Ular urta buyli, jigar rang tanli va bir oz jingalak sochli. Garbiy Mikroneziyada mongoloid kushimchasi borligi seziladi. Mikroneziya xalklarining tillari kam urganilgan, amml sungi – klassifikasiya ma'lumotlari malayya-polineziya turkumi avstroneziya til oilasiga oid ekanligini tasdikladi. Mikroneziyaliklarning kup kismi mazkur til oilasining sharkiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi. Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru Karolin orollaridagi truk, marshalliklardir. Sof okeaniya tilida suzlashadigan Sharkiy Mikroneziyada 10 ta xalk yashaydi. Garbiy shoxobchasiga oid belau xalki garbiy Mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashkari kup sonli metislar va immigrantlar xam mavjud. Mikroneziyaliklarning xujaligida serunum yerlar kam bulganligi tufayli fakat kokos palmasi shakarkamish, non daraxti ustiriladi. Axolisi asosan balikchilik bilan kun kuradi. Mayda orollarda kisman uziga xos madaniyatga ega bulgan dengiz kuchmanchilari deb nom olgan kabilalar xam yashaydi. Balik ovi texnikasi ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan yogoch tolalardan tukilgan turlar, bambukdan pupak va xinjilardan karmoklar, xivichdan yasalgan xar xil turlar, sanchki va xokazo. Palau orollarida sholikorlik va kulolchilik bilan shugullanganlar. Garbiy Mikroneziyada sugorish dexkonchiligi asosiy rolni uynasa. Sharkiy kismida balikchilik eng muxim soxa xisoblangan. Garbning moddiy madaniya yuksak kulolchilik, tosh ustunlarga uy kurish va boshka kasb xususiyatlari bilan xam ajralib turadi. Tosh yoki yogochustunlarga sanch kilib kurilgan uylari palma yaprogi bilan yopilgan. Kiyimlari usimlik tolalaridan tukilgan xar xil belbog va etaklardan iborat, ayollar asosan xashak va yaproklardantikilgan yubka kiyadilar. Ayrim orollar ijtimoiy tuzumida va ma'naviy madaniyatida ibtidoiy an'anaviy munosabatlar saklangan. Ammo sosial tabakalanish xam paydo bulgan. Xarbiylar, dengizchilar va kemasozlar zodagonlar tabakasiga kirgan, dexkonchilik va balikchilik bilan shugullanuvchilar esa kambagal xisoblanganlar.ayrim Palau kabi orollarda urug va kabilaviy munosabatlar kuchli bulgan. Ayniksa, ona urugi tartib koldiklari saklangan, kizlar erkin nikox xukukiga, umuman ayollar erlar bilan teng xukukka ega bulganlar. Karolin va Marshall orollarida kabila boshliklarining xukmronligi va an'anaviy ijtimoiy tartiblari xozirgacha kam saklangan. Dini kadimiy animistik tasavvurlar bilan boglik uliklar va ajdodlar ibodatidan iborat. Folbin va koxinlar xam bulgan. Xozir kup orollarda xristian dini ayniksa katolissim tarkalgan. Ammo “mukaddas xomiylar”ga bagishlangan bayramlar (“Fiyesta”) ni nixoyatda tantanali nishonlaganlar. Juda boy va xashamatli nikox tuylari xam uziga xos xarakterga ega bulgan. Mikroneziya xozirgi davrda butunlay AKSH ta'sirida. Ular orol kulay yerlarining kup kismini egallab olganlar, tub axoliga esa 40 foizgina yer tekkan xolos. Marian va Marshall orollarining kup kismida amerikaliklarning xarbiy bazalari joylashgan. Shu bilan birga AKSH xukmronligi natijasida orollarda iktisodiy, ijtimoiy va madaniy koloklik xam xukm surmokda. Mikroneziyaning xozirgi iktisodiyoti asosan kokos palmasini ustirish va kokos yongogini ishlab chikarishdan iborat. Ayrim orollarda shakarkamish, kakao va sabzavot yetishtiriladi. Ishchi kuchi sifatida asosan tub axoli ishlatiladi. Gilbert orollarida fosforit kazib olinadi. Maorif tizimi nixoyatda past darajada rivojlangan. Mikroneziya xalqlarining tillari kam o'rganilgan, ammo so'nggi klassifikatsiya ma'lumotlari malayya-polineziya turkumi avstroneziya til oilasiga oid ekanligini tasdiqladi. Mikroneziyaliklarning ko'p qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi. Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru (64 ming kishi)dir. Sof okeaniya tilida so'zlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. G'arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi (15 ming kishi) G'arbiy Mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashqari ko'p sonli metislar va immigrantlar ham mavjud. Mikroneziyaliklarning xo'jaligida serunum yerlar kam bo'lgan-ligi tufayli faqat kokos palmasi, shakarqamish, non daraxti o'stiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun ko'radi. Mayda orollarda qisman o'ziga xos madaniyatga ega bo'lgan dengiz ko'chmanchilari deb nom olgan qabilalar ham yashaydi. Baliq ovi ashyolarini tayyorlash ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan yog'och tolalardan to'qilgan to'rlar, bambukdan po'pak va hinjilardan qarmoqlar, xivichdan yasalgan har xil to'rlar, sanchqi va hokazo. Palau orollarida sholikorlik va kulolchilik bilan shug'ullanganlar. G'arbiy Mikroneziyada sug'orish dehqonchiligi asosiy rolni o'ynasa, sharqiy qismida baliqchilik eng muhim soha hisoblangan. G'arbning moddiy madaniyati yuksak kulolchilik, tosh ustunlarga uy qurish va boshqa kasb xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Tosh yoki yog'och ustunlariga sinch qilib qurilgan uylari palma yaprog'i bilan yopilgan. Kiyimlari o'simlik tolalaridan to'qilgan har xil belbog' va etaklardan iborat, ayollar asosan, xashak va yaproqlardan tikilgan yubka kiyadilar. Ayrim orollar ijtimoiy tuzumida va ma'naviy madaniyatida ibtidoiy an'anaviy munpsabatlar saqlangan. Ammo sotsial tabaqalanish ham paydo bo'lgan. Harbiylar, dengizchilar va kemasozlar zodagonlar tabaqasiga kirgan, dehqonchilik va baliqchilik bilan shug'ullanuvchilar esa kambag'al hisoblanganlar. Ayrim Palau kabi orollarda urug' va qabilaviy munosabatlar kuchli bo'lgan. Ayniqsa, ona urug'i tartib qoldiqlari saqlangan, qizlar erkin nikoh huquqiga, umuman ayollar erlar bilan teng huquqqa ega bo'lganlar. Katta oila xo'jalik hujayrasi bo'lib yetishgan. Karolin va Marshall orollarida qabila boshliqlarining hukmronligi va an'anaviy ijtimoiy tartiblari hozirgacha ham saqlangan. Dini qadimiy animistik tasavvurlar bilan bog'liq o'liklar va ajdodlar ibodatidan iborat. Folbin va kohinlar ham bo'lgan. Hozir ko'p orollarda nasroniy dini ayniqsa, katolitsizm tarqalgan. Ammo «muqaddas homiylar»ga bag'ishlangan bayramlar («Fiyesta»)ni nihoyatda tantanali nishonlaganlar. Juda boy va hashamatli nikoh to'ylari ham o'ziga xos xarakterga ega bo'lgan. Mikroneziya hozirgi davrda butunlay AQSH ta'sirida. Ular orollardagi qulay yerlarining ko'p qismini o'z tasarruflariga olganlar, tub aholiga esa 40 foizgina yer tekkan, xolos. Marian va Marshall orollarining ko'p qismida amerikaliklarning harbiy bazalari joylashgan. Mikroneziyaning hozirgi iqtisodiyoti asosan, kokos palmasini o'stirish va kokos yong'og'ini ishlab chiqarishdan iborat. Ayrim orollarda shakarqamish, kakao va sabzavot yetishtiriladi. Gilbert orollarida fosforit qazib olinadi. Maorif tizimi nihoyatda past darajada rivojlangan. Etnologiya fanining o'ziga xos atama va tushunchalaridan tashqari maxsus tadqiqot usullari ham bor. Albatta, etnoslarni o'rganishda etnologiyada nihoyatda keng va xilma-xil tadqiqotlardan foydalaniladi. Yozma manbalar, moddiy buyumlar, og'zaki ma'lumotlar, arxiv hujjatlari va yaqin fanlar to'plagan manbalar uning diqqat-markazida bo'ladi. Etnosotsiologiyalar va etnograflarning etnos hayotini bcvosita kuzatish yo'li bilan joylarning o'zida dala ishlari natijasida to'plagan ashyo va manbalarning ahamiyati ham beqiyos. Atoqli rus etnografi V.G. Bogoraz dala ishlariga yuk-sak baho bergan. Bir joyda uzoq davr yashab kuzatish olib borish naqadar samarali ekanligini mashhur Amerika etnologi L. Morgan va atoqli rus tadqiqotchisi N.N. Mikluxo-Maklay ham alohida qayd qilganlar. Hozir etnologiya fanida statsionar uslub kam ishlatiladi. Ko'pincha qisqa muddatda o'tkaziladigan usul va ayrim keng hududni o'z ichiga qamrab olgan mavsumiy ekspeditsion dala ishlari keng qo'llaniladi. Dala ishlarida asosan, axborotchilardan savol-javob yo'li bilan yozma yoki magnitofon orqali ma'lumotlar to'plash, muayyan marosim, maishiy turmush hodisalari, oilaviy nikoh munosabatlari, madaniyat voqealarini kuzatish, bevosita ishtirok qilish, jiddiy o'rganish (yozish, chizish, rasmga olish orqali) kabi usullar qo'llaniladi. Ma'naviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odatlar, marosim, ibodat, xalq ijodi o'yin, ashula va hk.) kino-foto, vizual videoapparatlar, magnitofon kabi texnika vositalaridan keng foydalaniladi, dala ishlari vaqtida etnologlar etnoslarning maishiy turmushi va ma'naviy hayotiga oid barcha buyumlarni jiddiy o'rganibgina qolmay, eng noyoblarini muzey eksponatlari sifatida yig'ib oladilar. To'plangan turli ma'lumotlarni haqqoniyligini aniqlash uchun qiyosiy usul asosida kamida ikki-uch marta boshqa manbalar orqali tekshirib ko'riladi. Etnologik tadqiqotlar boshqa gumanitar va ba'zi tabiiy fanlar bilan yaqin aloqada o'tkaziladi va ularning yutuqlaridan keng foydalaniladi. Chunki, etnos iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha tomonlari bilan bog'liq. Etnologiya xalqlarning kelib chiqishi, shakllanishi, tarixi, irqiy tuzilishini o'rganishda arxeologiya va antropologiya bilan yaqin munosabatda bo'lganligi tufayli maxsus sohalar - etnik antropologiya, paleoetnologiya kabilar bilan uyg'un aloqada bo'ladi. Etnik tarix va xususiyatlarini aniqlashda til muhim belgi bo'lganligi uchun tilshunoslikda yangi soha - etnolingvistika paydo bo'lgan. Etnoslarning ma'naviy madaniyati san'atshunoslik, musiqashunoslik va folklor bilan hamkorlikda o'rganiladi. Tadqiqotlarning rivoji natijasida etnik jarayonni chuqur tadqiq qilish maqsadida so'nggi o'n yilliklarda yangi sohalar - etnosotsiologiya va etnopsixologiya yuzaga kelgan. Etnologiya aslida geografiya fanidan ajralib chiqqanligi tufayli aholining joylashuvi, o'sishi, tevarak-muhit ta'siri, migratsiyasi kabi masalalarini o'rganishda maxsus soha etnik geografiya va demografiya fani muhim rol o'ynaydi. Xalqlar orasidagi xo'jalik birligini aniqlashda tabiiy fanlar ham katta yordam beradi. Ba'zi xalqlar yovvoyi o'simliklarni ekib o'stirish, yovvoyi hayvonlarni qo'lga o'rgatib, urchitishda kashfiyotchi bo'libgina qolmay, o'ziga xos usullarni ham yaratganlar. Mazkur etnik xususiyatlarni aniqlashda etnobotanika va etnozoologiya muhim ahamiyatga ega Download 111.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling