Mikroorganizmlar ekologiyasi
Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari
Download 93 Kb.
|
MIKROORGANIZMLAR EKOLOGIYASI
Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari.
1. Osilma moddalarni chuktirish. Bu usul suv juda ham loyqa holatda bo’lsa qo’llaniladi. SHu maksadda suv tozalaydigan katta qurilma asboblar o’phatilib, ulardan suv juda sekinlik bilan o’tkazilganda uning ostiga yirik moddalar bilan birlikda mikroblar ham cho’kadi. Natijada bakteriyalar miqdori 75 protsentga, ichak tayoqchasi esa 50 marta kamayadi. 2. Koagulyatsiyalash (birlashtirish) — suvdagi muallaq zarrachalarning cho’kishini tezlatnsh uchun unga koagulyant (sulfat kislotali glinozem yoki sulfat kislotali temir oksidi) ohak bilan aralashtirib qo’shiladi. Bu moddalar suvda kalsiy va magniy tuzlari bilan birikadi va yirik parchalarga aylanuvchi alyuminiyning suvli oqsidini — kolloid eritmasini hosil qiladi. Hosil bo’lgan parchalar uzlari bilan birlikda suvdagi mikroblarni va muallaq zarrachalarni ham cho’ktiradi. Koagulyant qo’ushilgan suv 6 soatda tinadi. Bu vaqtni qisqartirish uchun suvni filtrdan o’tkazish lozim, shunday qilganda suvdagi mikroblarning soni 90 protsentga ozayadi. 3. Suvni filtrlash. Buning uchun suv qalinligi 0,6—0,7 m kvars qumi, shag’al va boshqa filtrlardan o’tkaziladi. Shunday qilganda 10—12 minut ichida kum yuzasida suvdagi muallaq zarrachalardan anorganik parda hosil bo’ladi va u mayda loyqa zarrachalarini hamda 99 protsent bakteriyalarni tutib qoladi. 4. Xlorlash — bu asosan patogen mikroblarni (paratif, brutsella va boshqa sporasiz) yo’qotishda va suvdagi mikroblarning umumiy miqdorini kamaytirishda keng qo’llaniladigan oddiy usuldir. Buning uchun ma’lum miqdorda bakteriyalarga halokatli ta’sir etuvchi va oksidlash xususiyatiga ega bo’lgan, tarkibida aktiv xlor bo’lgan xlorli ohak qo’llaniladi. Xlorlanadigan suv toza va tinik, bo’lishi lozim, chunki xlor suvdagi bakteriyalarni uldiradi. Agarda mikroblar muallaq zarrachalarda, loyqada va boshqa birikmalarda bo’lsa, ularga xlor yaxshi ta’sir etmaydi. Ayrim mikroblar tirik qoladi va bunday suvni odam va hayvonlar ichsa zararlanishi mumkin. 0,1 mg aktiv xlor 1 litr suvdagi 6000 ichak tayoqchasini 4 soat-u 10 minutda uldiradi. Lekin suv azonlansa xlorlab tozalanganga qaraganda, ancha yaxshi natija beradi. 0,1 mg azon 1 litr suvdagi 6000 ichak tayoqchasini 1 sekundda uldiradi.
Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling