Mikroorganizmlardan lipaza fermentini ajratib olish usullari Reja


Download 14.58 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi14.58 Kb.
#1769536
Bog'liq
Mikroorganizmlardan lipaza fermentini ajratib olish usullari — копия


Mikroorganizmlardan lipaza fermentini ajratib olish usullari
Reja:
1. Fermentlar va ularning moddalar almashinuvidagi roli
2. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari
3. Lipaza fermenti
Fermentlar — tirik hujayra tom onidan ishlab chiqariladigan yuqori molekulyar tuzilishga ega boigan biologik katalizatorlardir. Ular oqsil tabiatiga ega. Mikroorganizmlardagi moddalar almashinuvida alohida rol o‘ynaydi. M ikroorganizmlar tom onidan ishlab chiqarilgan fermentlar turli-tum an ta ’sirga va yuqori faolikka ega. Ulardan qishloq xo'jaligida, tibbiyotda va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Mog‘or zam burug! tom onidan ishlab chiqarilgan amilaza fermenti yordamida kraxmalning parchalanishi jarayonidan pivo tayyorlashda, spirt ishlab chiqarishda, non pishirishda foydalaniladi. Mikroorganizmlar fermentidan tibbiyot sanoatida alkaloidlar, polisaxaridlar, gidrokartizonlar, prednizon, prednizolon va boshqalami ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Bakteriyalarning kauchuk, paxta, ipak, kofe, какао, tamaki va boshqalami qayta ishlashda 61 roli katta. Mikroorganizmlarning sintezlash xususiyati juda yuqori. Mikroorganizmlarning biokimyoviy faoliyati fotosinteznikidan kam emas. Ferm entlar mikroorganizmlarga metan, butan va boshqa uglevodorodlami biriktirib olishiga va ulardan murakkab organik birikmalar sintezlashiga imkon beradi. Fermentlar ekzofermentlar, endofermentlar, konstitutiv va induktivlarga b o ‘linadi. Ekzofermentlar hujayradan tashqarida, endofermentlar hujayraning ichkarisida faoUyat ko‘rsatadilar. Konstitutiv fermentlar har doim m a'lum miqdorda hujayraning tarkibida bo‘ladilar. Unga lipaza, karbogidraza, proteinaza va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish m um ­ kin. Induktiv fermentlar qachonki hujayrada ularga ehtiyoj sezilgandagina hosil bo‘ladilar (penitsillinaza, dekarboksilaza). Bakteriyalar, suv o ‘tlari, zamburug‘lar, o ‘simliklargolofit usulda oziqlanadilar. Ular oziqani erkin holatda qabul qiladilar. Eritmaning past konsentratsiyasining bakteriya sitoplazmatik membranasining yuqori konsentratsiyali zonasidan o ‘tishi osmos hodisasiga asoslanadi. Bakterial hujayra membranasi moddalar almashinuvida katta rol o ‘ynaydi.

Mikroorganizmlar — ferment olish uchun juda qulay manba hisoblanadi, chunki ulaming (fermentlarini) hujayradagi konsentratsiyasini mikroorganizm o ‘sishini tezlatish yoki genetik manipulyatsiya qilish hisobiga oshirish mumkin. M ikroorganizmlar tez o ‘sadi, arzon muhitlarda ko‘payadi va turli fermentlarga boydir.
Mikrob fermentlari hozirda o ‘simlik va hayvon fermentlari o‘rnini bosmoqda. Qator fermentlar tibbiyot diagnostikasida ham o‘ziga xos o‘rin egallab kelmoqda. Masalan, xolesterinoksidaza qon zardobidagi xolesterinni, ureaza esa siydik kislotasi miqdorini
o‘lchashda ishlatiladi. Gen injenerligi tadqiqotlarida esa mikroblardan ajratiladigan restriktatsion endonukleazalar va ligazalar ishlatiladi.
Mikrobiologik usulda olingan fermentlar plastmassa ishlab chiqarishda ham katta
o‘rin egallaydi. Qattiq yoki suyuq oziqa muhitlarida o ‘stirilgan mikroorganizmlarning kulturasi va ularning kultural suyuqliklari tarkibida juda
ko'p miqdorda ballast moddalar mavjud. Fermentlarni ajratish va tozalash ko‘p m ehnat va xarajat talab qiluvchi jarayondir, agarda ferment preparati mikroorganizm kulturasi ko‘rinishida ishlatilsa, u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida tozalanmagan mikroorganizmlar kulturasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va
xuddi shunday mikroorganizmlami qishloq xo‘jaligida yem-xashak tayyorlashda yoki fermalarcla yemlami qayta ishlashda qo‘llash mumkin. Oziq-ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq, kraxmal va sharbat ekstraksiya qiluvchi) hamda tekstil, m o'yna va mikrobiologik sanoatlarda, shu jum ladan, tibbiyotda ballast moddalardan qisman yoki to iiq tozalangan ferment preparatlari ishlatiladi. Toza ferment preparatlarini olishning boshlang‘ich materiali bo'lib filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq oziqa muhitda o'stirilgan kulturaning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun yoki suyuq konsentrat ko‘rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida preparatning ymumiy massasida faol oqsilriing nisbiy ulushi, ya’ni uning ulushiy faolligi ortadi.
Lipazalar barcha tirik organizmlarda sodir bo´ladigan lipidlar almashinuvida bosh vazifani bajaradi va hujayralarni energetik zahirasini to´planish jarayonlarida ishtirok etadi. Lipazalar nafaqat ovqat hazm bo´lish yo´lidagi triglitseridlarni (yog´larni), di-, monoglitsiridlargacha va sofholatdagi yog´ kislotalarigacha parchalanish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Lipazalar suvli va organik muhitlarda ham barqaror bo´lib, ular o´simliklardan, hayvonlardan, hamda tabiiy va rekombinant mikroorganizmlardan ham ajratib olinishi mumkin.
Hozirgi davrga kelib olimlar tomonidan lipidlarga va to´yinmagan yog´ kislotalariga bo´lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
• Organizm fermentativ tizimga ega bo´lganligiga qaramasdan, juda ko´p yog´ kislotalari, birinchi navbatda linol va linolen kislotalari inson organizmida sintezlanmaydi. Aynan mana shu kislotalarni ozuqada kam uchrashi, har xil patologiyalarni kelib chiqishiga sabab bo´ladi. Shuning uchun ham bu kislotalarni «almashinmaydigan yog´ kislotalari» deb ataladi. Linol va linolen kislotalari birlashgan nomga ham egalar.
• Ularni «vitamin F» ham deb aytish qabul qilingan. Organizmda mana shu kislotalarni etishmasligi, xolesterinni to´yingan yog´ kislotalari bilan juda qiyin oksidlanadigan murakkab efirlar hosil qilishiga olib keladi. Bu moddalar, kimyoviy mustahkam bo´lganliklari sababli, qonda, xususan arteriya qon tomirlarining devorlarida to´planib qoladi.

Lipaza faolligini aniqlash usullari


Hozirgi vaqtda lipaza fermenti faolligini aniqlash uchun xilma xil metodlar taklif qilingan bo’lib, ularni ba’zilari ferment faolligini vaqt birligida, ba’zilari esa,uzluksiz sharoitda izohlab berishga asoslangan.
Download 14.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling