Микроорганизмларни морфологияси, анатомияси ва систематикаси
TSIANOBAKTERIYALAR (KO’K-YASHIL SUVO’TLARI)
Download 177 Kb.
|
2 маъруза
TSIANOBAKTERIYALAR (KO’K-YASHIL SUVO’TLARI)
TSianobakteriyalar (ko’k-yashil suvo’tlari) bakteriyalarga ko’p tomonlari bilan o’xshab ketadi. Hujayralarida takomillashgan yadrosi yo’q, lekin DNK si bor. TSianobakteriyalarning ko’pchiligi shilimshiq kapsula bilan o’ralgan bo’lib, och-yashil, sari=, jigarrang, =iz\ish, ko’kimtir, binafsha va to’=-ko’kish ranglarda bo’ladi. Ularning hujayrasida karotinoidlar va fikoblinlar bo’lib, miqdorining turlicha bo’lishi ularga har xil rang beradi. Pigmentlar lamellalar shaklida hujayralarning chetlarida, xromatoforlarda joylashgan. Xromatoforasida yashil rangli xlorofill, ko’k rangli fikotsian, ba’zilarida karotin va fikoeritrin uchraydi. Fotosintez protsessida ko’pchiligida glikogen hosil bo’ladi. TSianobakteriyalar oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ko’pchiligi suv havzalarida, nam tuproqda uchraydi. Ayrim vakillari dengiz suvlarida ham uchraydi. Ayniqsa, sholipoyalarda tsianobakteriyalar ko’p uchraydi. Qizil dengizda uchraydigan trixodezmium avlodi qizil rangli bo’lgani uchun dengiz shunday nomlanadi. Ko’pchilik suvlarda uchraydigan tsianobakteriyalar ohaktoshlarda yoki molyuskalarning chig’anog’ida yashaydi. CHuchuk issiq suvlarda uchraydiganlari ham qalin ohaktosh qatlamlarini hosil qiladilar. Masalan Yelouston milliy bog’ida uchraydigan ipsimon Maztigokladuz issiq 550S ga, bir hujayrali sinexokkuz xatto 73-750S ga ham bardosh beradi. TSianobakteriyalar tuproqlarda keng tarqalgan bo’lib, 1g tuproqda 20000 - 50000 gacha uchraydi, xattoki cho’l tuproqlarida ham uchraydi. Ayrimlari tog’larda lishayniklar bilan simbioz holda yashaydi. Bularni ko’pchiligi atmosfera azotini o’zlashtiradi va tuproqning unumdorligini oshiradi.Masalan, dengizda uchraydigan Trixodesmium turi barcha dengizlar o’zlashtiradigan azotning 0,25% ni tashqil etadi. Ba’zi tsianobakteriyalar bulutlar (gubkalar), amyobalar, xivchinlilar, diatom va yashil suvo’tlar bilan simbioz holda uchrashi ham mumkin. Ayniqsa O’rta Osiyoning sholi ekiladigan issiq rayonlarida uchraydi (14 – rasm, 1 – 5 vakillar). Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling