Микроорганизмларни морфологияси, анатомияси ва систематикаси


Download 177 Kb.
bet6/21
Sana05.01.2022
Hajmi177 Kb.
#205016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2 маъруза

MIKOBAKTERIYALAR
Aktinomitsetlar tartibiga Mikobakteriyalar oilasi ham kirib, ular grammusbat, yoshlik vaqtida egilgan va shoxlangan, harakatsiz tayoqchalardir. Kalta mitseliy hosil kiladi va u tezgina kalta fragmentlarga parchalanib ketadi. Bo’linib ko’payadi, spora hosil qilmaydi, ko’p vakillari odam va hayvonlarda kasallik ko’zg’atadi (9 – rasm).

RIKKETSIYALAR

1909 yilda Rikkets degan olim Meksikada uchraydigan va bit orqali tarqaladigan qizilchali tif kasalligini tekshirib, kasal odam tanasidan kalta tayoqcha shaklidagi mikrob topadi va rikketsiya provocheka deb nomlaydi. Bular juft-juft yoki zanjir shaklida bo’lishi mumkin, uzunligi 300 - 400 nm. Faqat tirik to’qima va hujayralarda rivojlanadi.



Rikketsiyalar (Rickettsia) xususiyatlariga ko’ra mikoplazmalarga o’xshaydi, bakteriyalar va viruslarning oraliq formasi, DNK va RNK ga ega, polimorf mikroorganizmlar, ba’zilari kokksimon, donador, diametri 0,5 mkm. Tayoqchasimonlari 1 - 1,5 mkm, uchlari yumaloq yoki bir oz bukilgan, 3 - 4 mkm, ipsimon formalari 10 - 40 mkm da, donador. Rikketsiyalar harakatsiz spora va kapsula hosil qilmaydi. Elektron mikroskopda rikketsiyalarni kuzatganda ular tashqi va ichki qobiq bilan o’ralganligi ma’lum bo’ldi. TSitoplazmasida granulalar shaklidagi ribosomalar bo’lib, ular 70 keladi. Rikketsiyalar bo’linib ko’payadi. Patogen rikketsiyalar hayvonlarda va odamda turli-tuman kasalliklarni keltirib chiqaradi, qizilchali tif, yurakda suv to’planishi, tovuq va it rikketsiozi, ornitoz va boshqa yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilaridir.


Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling