Микроорганизмларни морфологияси, анатомияси ва систематикаси
Download 177 Kb.
|
2 маъруза
MIKSOBAKTERIYALAR
Miksobakteriyalar - shilimshiq bakteriyalarning eng yuksak formalari bo’lib, ba’zilari ipsimon, ba’zilari - kokkilarga o’xshab ketadi (10 - rasm). Bularning hujayra po’sti elastik bo’lganligi uchun harakatlana oladi va tana tuzilishini o’zgartiradi. O’zi ajratgan suyuqlik yordamida harakatlanadi, hivchinlari yo’q hujayrasi ikkiga bo’linib yoki o’rtadan to’siq hosil qilib ko’payadi va meva tana hosil qiladi. Ular meva tanasiga qarab sistemaga solinadi. Qattiq oziqa muhitida bakteriyalar koloniyasiga o’xshash koloniyalar hosil qiladi. VIRUSLAR. Odamda, hayvonlar va o’simliklarda ma’lum bo’lgan ko’p kasalliklarning qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi viruslardir. Hozirgi vaqtda ularning 1000 dan ortiq turi ma’lum. Viruslar juda ham mayda (17 - 360 nm) bo’lib, oddiy mikroskopda ko’rinmaydi, hujayraviy tuzilishga ega emas. Sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi, faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonini o’z foydasiga o’zgartiradi. Virus zarrachasi - virion genetik asos (DNK yoki RNK) va oqsilli qobiqdan iborat. Oqsilli qobiq - kapsida deb nomlanadi. Kapsida ichida joylashgan nuklein kislota - nukleokapsid ba’zi vakillarda (tamaki mozaikasi virusida, adenoviruslarda) oqsil qobiqqa tegib tursa, boshqalarida (gripp, gerpes viruslarida) qobiqdan aloxida membrana bilan ajralgan bo’ladi (11-rasm). Viruslar tayoqchasimon, sharsimon (ikosaedrsimon), ipsimon, oddiy hamda murakkab tuzilishga va shaklga ega vakillari bor. Ko’pgina o’simliklar, hayvonlarda va odamda turli xil kasalliklarni keltirib chikaradi. Masalan, odamda gripp, qizamiq, chechak, suvchechak, quturish, infektsion sariq kasalligi, poliomiyelit, OITS kabi kasalliklarni keltirib chiqarsa, o’simliklarda turli mozaika, pakanalik, xloroz, jingalaklashish, barg tomirlarining rangsizlanishi va shunga o’xshash simptomli kasalliklarni qo’zg’atadi(Viruslar haqida mazkur o’quv qo’llanmani “Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi” bobida mukammalroq tanishtiramiz).
Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling