Mikroprosessorlar


Download 345.19 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi345.19 Kb.
#1563783
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 Mikroprosessorlar-fayllar.org

Birinchi avlod (1946-1955 yillarni o’z ichiga oladi) EХMlarida elektron sxemalarning barcha elementlari alohida detallar ko’rinishida tayyorlanar edi.Ularning ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda uchratish mumkin bo’lgan vakuumli elektron lampalar edi. Bunday lampalarning bir nechtasi metall panel- shassi ustiga urnatilar,uz navbvtida shassi esa EХM korpusi ichiga joylashtirilar edi. Shu shassining o’ziga sxemaning boshqa elementlari ham mustahkamlab qo’yilar edi.
EХM ning o’zi esa elektron lampali shassilar bilan to’ldirilib tashlangan ko’p sondagi metall shkaflardan iborat ko’rinishga ega edi.
Birinchi avlod mashinilari katta zallarni egallagan holda, yuzlab tonna og’irlikka ega bo’lib, yuzlab kVt elektr energiyasini sarflar va ularning tezligi sekundiga 10-20 ming arifmetik amalgacha edi. Bunday EХMlar jumlasiga MESM, BESM, Strela, Ural, Minsk-1 kabi va h.k. kiradi.
Ikkinchi avlod (1955-1965 yillar o’rtalarini o’z ichiga oladi) EХMlari tranzistorlarning ixtiro qilinishi tufayli paydo bo’ldi. Тranzistorlar o’lchamlarining radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EХM bloklarini bosma p l a t a l a r deb ataluvchi ko’rinishda tayerlash imkonini beradi. Bunday plata bir tomondan tranzistorlar va boshqa elementlar joylashtirilib, qalaylangan ikkinchi tomondan sirtida sxema elementlarini bog’lovchi yupka ko’rinishdagi metall o’tkazgichlar joylashgan plastmassa p l a s t i n k a d a n iborat.
Тranzistorlar va bosma platalardan foydalanish radiolampalarga nisbatan kamroq joy egallab, kamroq energiya sarflar va ishonchlirok ishlar edi. Bu hol EХMni ixchamroq, arzonroq va tejamliroq qilishga imkon beradi. Ularning tezligi sekundiga 10 mingdan 100ming arifmetik amalgacha bo’lib, bunday EХMlarga hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin foydalanib kelinayotgan SA-501 modeli (AQSh,1959), Stretch(Angliya), "Minsk-2", BESM-6 va x.k.kiradi.
Uchinchi avlod (1960 yillarning urtasi va 1970 yillar) EХMlarining asosini i n t ye g r a l s x ye m a l a r tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta AQShdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shaxrida yaratilgan). Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristallidan yasalgan plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli aralashmasining yupka qatlamini surtib quygan holda tuzish mumkunligini ko’rsatdi. Elementlerni birdagina plastinkaning ko’pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin.
Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko’p qatlamli moddalar ko’rinishidagi bunday sxema i n t ye g r a l s x ye m a nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki integral sxemelarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning ixtiro qilinishi EХMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to’la foydalanib bo’lingani yo’q. Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlanishi, o’lchamlarning ixchamligi ishlab chikarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod EХMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar qo’llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik amalgacha bo’lib, bunday EХMlarga "IBM-360" (AQSh,1965) va YeS oilasiga mansub bo’lgan YeS-1022, YeS-1035, YeS-1060 va x.k. kiradi.

Download 345.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling