Mikroprossesorlar va Sxemomatika asoslari


Download 329.19 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi329.19 Kb.
#250264
Bog'liq
Mikroprossesorlar va Sxemomatika asoslari

Mikroprossesorlar va Sxemomatika asoslari

Reja: 1.Elektronika 2.Integral mikrosxemalar 3. IMS komponenti 4.IMS elementi 5. Mikroprossesorlar 6.Foydalanilgan adabiyotlar

Elektronika – elektronlarni elektr maydoni bilan ta‘sirini va axborot uzatish, qayta ishlash va saqlashda qollaniladigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini organish bilan shugullanadigan fan. Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bolgan talablarini qondirishga moljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi texnika va texnologiyaning yangi turlarini yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda bogliq. Insonlar ortasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlardan iborat: harakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi, elektronika. Hozirgi kunda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlash qurilmalarining barchasi inson jamiyati tomonidan ishlatilmoqda. Axborot uzatishning yangi usuliga otish doim jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarini keskin osishiga olib kelgan.

Integral atamasi IMS elementlari va komponentlarining konstruksiyaviy bog’likligi va ularni yaratish jarayonlarining o’zaro bog’likligini ifodalaydi. IMS lardan tarkib topgan radioelektron qurilmada IMS ning o’zi alohida element hisoblanadi. IMS ning optimal elektr va tarkibiy tuzilmasini yaratish va tadqiq qilish masalalari mikroelektronikaning asosiy qismi hisoblangan mikrosxemotexnikada o’rganiladi.

Integral mikrosxema (IMS) – mikroelektronikaning asosiy mahsuloti hisoblanadi. U kuchaytirgich, xotira qurilmasi, signalni uzatish va uni qayta ishlash funksiyalarini bajaradi

IMS elementi – IMS ning alohida qismi bo’lib, IMS da biror radioelement vazifasini bajaradi va uni IMS tarkibidan alohida mustaqil mahsulot sifatida ajratib bo’lmaydi. Masalan: IMS tarkibidagi tranzistor, rezistor IMS tarkibidagi IMS ning elementi hisoblanadi.

IMS komponenti - IMS ning alohida qismi bo’lib, IMSda biror radioelement vazifasini bajaradi va uni IMS tarkibidan mustaqil mahsulot sifatida ajratish mumkin. Mikrosxemaning komponentlariga taglikka o’rnatilgan korpussiz diod, tranzistor, maxsus kondensator va induktivlik misol bo’ladi.

Kompyuter miyasi – mikroprosessor bo’lib, inglizcha CPU – “Central Processing Unit” deb nomlanadi. CPU – bu shunday bir chip bo’lib, unda millionlab mayda tranzistorlar joylashadi. CPU’ning vazifasi shuki, kompyuter ishlashi uchun zaruriy hisob-kitoblarni yuritadi. Ya’ni, undagi tranzistorlar ma’lumotlarni ishga soladi. CPU’ni xuddi qaror qabul qiluvchi deb tushunsangiz osonroq bo’ladi.

Pentium Pro protsessori Pentium MMX ning davomchisi Pentium Pro protsessori bo‘ldi. U 1995 yil sentyabrida taqdim etilib, 1996 yili keng sotila boshladi. Protsessor Socket 8 tipli uyaga o‘rnatiladigan 387 –kontaktli korpusning ichiga joylashtiriladi, shuning uchun, u oldingi Pentium protsessorlari bilan moslashuvchan emas. Dual Cavity PGA (PGA ikkilangan korpusi) deb ataluvchi Intel texnologiyasi asosida bajarilgan bir nechta mikrosxemalar MCM (Multi-Chip Module) modulga biriktirilgan. 387-kontaktli korpus ichida ikkita mikrosxema joylashgan bo‘lib, ulardan biri Pentium Pro protsessorini, ikkinchisi esa256 Кbayt, 512 Кbayt yoki 1 Мbayt sig‘imdagi ikki bosqichdagi kesh xotirani o‘z ichiga oladi

AMD K-6 protsessori P5 (Pentium) ning protsessorlar uchun tizimli platasida o‘rnatiladigan yo‘qori unumdorli oltinchi avlod protsessoridir. Unumdorligi jixatidan u, Pentium va Pentium II orasidagi o‘ringa joylashgan. Bu protsessor 5-avlod protsessorlari va tizimli platalari uchun mo‘ljallangan Socket 7 tipli uya uchun ishlanganligi uchun, u xaqiqiy oltinchi avlod protsessoridek ishlay olmaydi, chunki Socket 7 xotira va keshning imkoniyatini jiddiy chegaralaydi. Biroq AMD-K6 Pentium ning jiddiy raqobatchisi hisoblanadi. AMD-K6 protsessorida sanoat standarti bo‘yicha, multimediya buyruqlarining yangi tizimi (MMX) amalga oshirilgan, u esa AMD K6-2 protsessorlarida yangilandi va 3Dnow atala boshladi. AMD firmasi Socket 7 tip uyali protsessorni ishlab chiqdi. Bu esa kompyuter ishlab chiqaruvchilar uchun, modernizatsiyalash oson bo‘lgan tizimlarni yaratishga imkon beradi.

Elektronic Workbenchda mikroprossesorlaning korinishi quyidagicha bo’ladi Bu komponenti ishga tushurish uchun Place –Component –indicators ketma ketlikni bajariladi

Foydalanilgan adabiyotlar Ю. В. Новоселов Г. Л. Штрапенин ЭЛЕКТРОНИКА И СХЕМОТЕХНИКА A.A.XOLIQOV RAQAMLI SXEMOMATIKA WWW.Ziyonet.uz internet tarmogi

Etiboringiz uchun rahmat


Download 329.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling