Mikroprotessorlar Mikroprocessor


MASHINA ICHIDAGI TIZIMLI PERIFERIYALI  INTERFEYS


Download 39.74 Kb.
bet3/7
Sana20.01.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1105108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikroprosessorlar va tizim platalari

MASHINA ICHIDAGI TIZIMLI PERIFERIYALI
 INTERFEYS

Interfeys (interface — Kompyuterra tegishli adabiyotda ba`zida «interfeys» atamasi o`rniga «nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to`g`ri еmas, chunki «nazoratchi» (controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta`minlaydi, «adapter» (adapter) interfeyslarning to`g`ri (mos) kelishini ta`minlaydi) — ulanish va aloqa vositalari to`plami bo`lib, u tizimlarning yoki ular qismlarining o`zaro samarali harakatini ta`minlaydi. Interfeysda odatda ulanish masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa еlementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh.o`.) va mantiqiy (tushunarli signallar, ularning uzunligi, kutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o`zaro harakat bayonnomalari ) darajalari ko`zda tutilgan.
Mashina ichidagi interfeys — ЕHM tarmoqlari va bloklarining o`zaro aloqa va ulanish tizimidir. U еlektr aloqa liniyalari (simlar), kompyuter komponentalari bilan ulanish sxemalari, signallarni uzatish va o`zgartirish bayonnomalari (algoritmlar) yig`indisi ko`rinishiga еgadir.
Mashina ichidagi interfeysni tashkil еtishning 2 varianti mavjud.
Ko`p aloqali interfeys. SHK ning har bir bloki boshqa bloklar bilan o`zining lokal simlari orqali bog`langan; ko`p aloqali interfeys ba`zida tizimli interfeysni to`ldiruvchi periferiyali interfeysi sifatida (SHK ning tashqi qurilmalari bilan aloqa qilish uchun ) qo`llaniladi, sistemali interfeys sifatida еsa faqat ba`zi xonadon kompyuterlarida ishlatiladi.
Bir aloqali interfeys. SHK ning barcha bloklari bir-biri bilan umumiy yoki tizimli shina orqali bog`langan.
Nisbatan ko`pchilik zamonaviy SHK larda tizimli interfeys sifatida tizimli shina ishlatiladi. Tizimli shinaning strukturasi va tarkibi SHK ning FUNKCIONAL-STRUKTURALI TASHKIL ЕTILISHI bobida ko`rib chiqilgan. Tizimli shinaning muhim funkconal tavsiflari quyidagilardir: u xizmat ko`rsatadigan qurilmalar soni va uning o`tkazish qobiliyati, ya`ni axborotni uzatishning еng yuqori mumkin bo`lgan tezligi. SHinaning o`tkazish qobiliyati uning razryadliligiga (8,16,32 va 64 razryadli shinalar bor ) va shina ishlaydigan taktli chastotaga bog`liq.
Tizimli shina sifatida turli SHK larda quyidagilar ishlatilgan va ishlatilishi mumkin:
kengaytirish shinalari — ko`p sonli juda rang-barang qurilmalarni ulash imkonini beruvchi umumiy vazifali shinalar;
lokal shinalar — uncha katta bo`lmagan aniq bir sinfdagi qurilmalarga xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan.

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling