Mikroprotessorlar Mikroprocessor


Download 39.74 Kb.
bet1/7
Sana20.01.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1105108
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikroprosessorlar va tizim platalari


Mikroprosessorlar va tizim platalari


Reja:
1. Mikroprosessorlar
2. Tizimli platalar
3. Mashina ichidagi tizimli periferiyali interfeys

Mikroprotessorlar


Mikroprocessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), — dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funkcional tugallangan qurilma bo`lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko`rinishda tayyorlangan.
Mikroprocessor quyidagi vazifalarni
bajaradi:
•asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o`qish va deshifrlash (ochish);
• ma`lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining registrlaridan o`qish;
• so`rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko`rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash;
• ma`lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK, adapterlarining registrlariga yozish;
• SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish.
Mikroprocessor qiymatlar shinasining razryaoliligi SHK ning razryadliligani aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres kengligini aniqlaydi.
Adres kengligi — bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo`lib, u bevosita mikroprocessor tomonidan adreslanishi mumkin.
Birinchi MP 4004 mikroprocessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprocessorlar chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o`xshash firmalarning mikroprocessorlaridir.
Barcha mikroprocessorlarni 3 ta gURO`hga bo`lish mumkin:
— CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to`liq to`plamli buyruqlar tizimi bilan MP;
— RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to`plamli buyruqlar tizimi bilan MP;
— MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to`plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi).
TIZIMLI PLATALAR

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling