Mikroprotessorlar Mikroprocessor


Download 39.74 Kb.
bet4/7
Sana20.01.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1105108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikroprosessorlar va tizim platalari

Kengaytirish shinalari


Multibus 1 shinasi 2 ta modifikaciyaga еga: PCҒXT bus va PCҒ AT bus.
PCҒXT bus shinasi — 4,77 MGc taktli chastotaga mo`ljallangan 8-razryadli qiymatlar shinasi va 20-razryadli adreslar shinasidir; apparatli uzulishlar uchun 4 ta liniyaga va xotiraga to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilish uchun 4 ta kanalga еga ( DMA — Direct Memory Access kanallari). Adreslar shinasi mikroprocessorning adres kengligini 1 Mbayt kattalik bilan chegaralaydi. 8086, 8088 MP bilan ishlatiladi.
PCҒAT bus shinasi — 8 MGc gacha ishchi taktli chastotada ishlovchi 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 16 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin, chunki shina nazoratchisi chastotani teng ikkiga bo`lishi mumkin; apparatli uzulishlar uchun 7 ta liniyaga va 4 ta DMA kanaliga еga. 80286 MP bilan ishlatiladi.
ISA (Industry Standard Architecture) shinasi — 8 MGc ishchi taktli chastotali, 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 50 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin (bo`lish koеfficienti ko`paytirilgan); PCҒXT va PCҒAT shinalariga nisbatan apparatli uzulishlar liniyalarining soni 7 tadan 15 tagacha va DMA xotirasiga bevosita murojaat qilish kanallarining soni 7 tadan 11 tagacha ko`paytirilgan. 24-razryadli adreslar shinasi hisobiga adres kengligi 1 Mbaytdan 16 Mbaytgacha ko`paydi. Qiymatlar shinasining nazariy o`tkazish qobiliyati 16 MbaytҒs ga tent, lekin haqiqatda u pastroq, uning bir qator ishlatish xossalariga bog`liq ravishda 4—5 MbaytҒs atrofida. 32-razryadli yuqori tezlikli MP lar paydo bo`lishi bilan ISA shinasi SHK tezkorligini oshirishda jiddiy to`siq bo`lib qoldi.
EISA ( Extended ISA ) shinasi — 32-razryadli qiymatlar shinasi va 32-razryadli adreslar shinasidir, 1989-yilda yaratilgan. Shinaning adres kengligi 4 Gbayt, o`tkazish qobiliyati 33 MbaytҒs, shu bilan birga MP-kеsh-TX kanali bo`yicha almashish tezligi xotira mikrosxemasining parametrlari bilan aniqlanadi, kengaytirish raz`yomlari soni ko`paytirilgan: nazorat jihatdan 15 tagacha qurilma ulanishi mumkin (amalda 10 tagacha). Uzilishlar tizimi yaxshilangan, tizimni avtomatik konfiguraciyani va DMA ni boshqarishni taninlaydi; ISA shinasi bilan to`liq mos keladi (ISA ni ulash uchun raz`yom bor), shina hisoblash tizimlarining ko`p processorli arxitekturasini qo`llab-quvvatlaydi. EISA shinasi juda qimmatdir va tezkor SHK larda, tarmoqli serverlarda va ishchi-stanciyalarda qo`llaniladi.
MSA ( Micro Channel Architecture ) shinasi — 32-razryadli shina, 1987 yilda IBM firmasi tomonidan PSҒ2 mashinalari uchun yaratilgan, o`tkazish qobiliyati 76 MbaytҒs, ishchi chastotasi 10—20 MGc. O`zining tavsiflari bo`yicha EISA shinasiga yaqinroq, lekin ISA bilan ham, EISA bilan ham mos kelmaydi. PSҒ2 ЕHM birinchi navbatda yaxshi ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning yo`kligi tufayli keng tarqalmaganligi sababli, MSA shinasi ham keng ishlatilmaydi.

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling