Mikroprotessorlar Mikroprocessor


Tizimli yoki bosh (maotherboad)


Download 39.74 Kb.
bet2/7
Sana20.01.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1105108
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikroprosessorlar va tizim platalari

Tizimli yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100—150 sm2 bo`lgan bosmali plata ko`rinishga еga bo`lib, unga ko`p sonli turli xil mikrosxemalar, raz`yomlar (ajratgichlar) va boshqa еlementlar joylashtiriladi. Tizimli plata (TP) konstrukciyasining ikki asosiy ko`rinishi mavjuddir:
• platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan — hozir bunday platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda;
• bevosita tizimli platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha komponentalar еsa tizimli shina yordamida va konstruktiv tomondan TP da mavjud bo`lgan maxsus raz`yomlarga (slotlarga) o`rnatiladigan qo`shimcha platalarda (kengaytirish platalarida) birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali arxitekturali hisoblash tizimlariga taalluqlidir.
Zamonaviy professional shaxsiy kompyuterlar aynan shu shinali arxitekturaga еgadir.

Tizimli plata turlari


Hozirgi vaqtda undan ortiq firmalar katta miqdordagi turli xil tizimli platalarni ishlab chiqarmoqda, ular konstruktiv tomondan ham, ularni qo`llab quvvatlaydigan mikroprocessor tili buyicha ham, ularni ishlash taktli chastotasi bo`yicha ham, ishchi kuchlanishlarni kattaligi bo`yicha ham farq qiladi.
Demak, qo`llaydigan mikroprocessorlar turlari bo`yicha TP ni quyidagi gURO`hlarga bo`lish mumkin:
• 8086, 8088 MP lari uchun mo`ljallangan platalar yangi kompyuterlarda o`n yildan ortiq vaqtdan beri qo`llanilmaydi, lekin qaerdadir ularni holi ham tolish mumkin;
• 80286 MP lari uchun platalar — ular ham еskirdi, lekin ba`zi kompyuterlarda holi ham ishlatilmoqda (80386 va undan yuqori MP lar uchun yaroqsizdir);
• 80386 va 80486 mikroprocessorlari uchun platalar — hozir ham mos SHK larda ishlatilmoqda, lekin shuni inobatga olish kerakki, 80386 MP li kompyuterlarda o`rnatilgan tizimli platalar ko`pincha 80486 MP da o`rnatish uchun yaroqsizdir, 80486 MP li kompyuterlarda o`rnatilganlari ko`pincha Pentium MP larida o`rnatish uchun yaroqsizdir (mos ravishda o`zgartirishda (up-grate) MP ni almashtirganda tizimli platani ham almashtirishga to`g`ri keladi — bu sezilarli qimmatroqdir); bu gURO`hdagi platalardan ba`zilari qo`shimcha Over Drive MP ni o`rnatish imkonini beradi, bu еsa asosiy mikroprocessor tavsiflarini Pentium MP larining tavsiflari darajasigacha kengaytiradi.
Bu gURO`hda tizimli platalarning ko`pgina muhim parametrlari aniqlangan, ular zamonaviy TP larni tavsiflaydi va shu vaqtgacha, xususan, birikmani nolli kuchaytirishli mikroprocessorli raz`yom tipi standart bo`lib koddi (ZIP tipidagi), bu еsa uy sharoitlarida maxsus asboblarni qo`llamasdan MP ni almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi;
• Pentium va Pentium Pro MP lar uchun platalar zamonaviy kompyuterlarda o`rnatiladi va quyidagilarga bo`linadi:
a) 5 V kuchlanishta hamda 60 va 66 MGc takt chastotali Pentium MP larga mo`ljallangan TP lar, shu bilan birga ularning ba`zi birlari 80486 MP bilan ishlaydi; platalarga, odatda, asosiy mikroprocessorning tavsiflarini yaxshilash uchun qo`shimcha Over Drive MP larini o`rnatish mumkin;
b) 3,3 V kuchlanishga va 75 MGc va undan yuqori takt chastotali Pentium MP lariga mo`ljallangan TP lar — bu hozirgi vaqtda еng ko`p tarqalgan tizimli platalardir;
v) Pentium Pro MP iga mo`ljallangan TP, ular oldingi platalar qims gURO`hdcan faqat boshqa processorli raz`yom bilan va ikkinchi darajali kеsh-xotiraning yo`qligi bilan farq qilib, ular bevosita Pentium Pro MP ning platasida integraciya qilingan.



Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling