Mikroprotsessor. Bu, Shahsiy Kompyuterdagi markaziy blok bo’lib


Download 45.3 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi45.3 Kb.
#1158667
Bog'liq
Mikroprotsessor


Mikroprotsessor . Bu, Shahsiy Kompyuterdagi markaziy blok bo’lib,
mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan.
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
Boshqaruv Qurilmasi – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va
ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
Arifmetik-Mantiqiy Qurilma – sonli va belgili axborot bilan
bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan
Mikroprotsessor Xotirasi – mashina ishining bevosita taktlarida
bajarilayotgan hisob ishlarida qo’llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib
olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi;
Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi – kompyuterning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o’z ichiga mikroprotsessorning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.
Interfeys (ingl. interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab,
ular o’rtasida aloqa bog’lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui.
Mikroprotsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan
mantiqiy tuzilish bo’lib, mikropratsessor tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funksiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga ko’ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. x86(x32) va x64 kabi ifodalarga ko’plab duch kelamiz va shu protsesorning arxitekturasining belgisi hisoblanadi
Mikroprotsessorning yadrolar soni- parallel ravishda ma’lumotlarni qayta
ishlovchi ko’rsatkichi bo’lib bu qancha ko’p sonli bo’lsa kompyuter ma’lumotlarni tezroq qayta ishlashga erishadi. Bu ikkiga karrali ravishda o’sib boradi. Masalan 1,2,4 va hokazo
Mikroprotsessorning chastotasi – bu kompyuterning taktik tezligi bo’lib, hozirgi kunda GHz larda o’lchanmoqda (operatsiyalar soni / sekund) sekundiga sodir bo’la oladigan amallar soni. Bu ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa ko’p funktsiyali dasturlar va o’yinlarda qo’l keladi.Hozirgi kunda normal chastota 2.5GHz- 3.6 GHz atrofida qo’llanilmoqda. Lekin odatda bu parametr uncha katta qiymatda ishlamaydi. O’rtacha 400-1000 MHz qismini ishlatiladi. Bazan esa 100 Mhz ham ishlab turaveradi.
Mikroprotsessorning kesh hotirasi – Kompyuter platasidagi yagona
sinxron ishlovchi hotira qismi bo’lib operatsiyalarning ehtimolligini bashorat qiluvchi va opratsiyalarni ketma ketlik algoritmini saqlab turuvchi vazifasini o’taydi. Bu hotira hozirgi kunda 3 bosqichdan iborat bo’lib L1,L2 va L3 deb belgilanadi. Optimal variant L2 bosqich 2MB L3 bosqich esa 4-6MB bo’lib kelmoqda.
Download 45.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling