Mikroprotsessor va Mikro ehm arxitekturasi. Mp umumlashtirilgan sxemasi va asosiy amallar bloklarining vazifalari, ishlashi


Download 4.66 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi4.66 Kb.
#1455911
Bog'liq
Mikroprotsessor va Mikro ehm arxitekturasi. Mp umumlashtirilgan -hozir.org (1)


Mikroprotsessor va Mikro ehm arxitekturasi. Mp umumlashtirilgan sxemasi va asosiy amallar bloklarining vazifalari, ishlashi

Mikroprotsessor va Mikro EHM arxitekturasi.MP umumlashtirilgan sxemasi va asosiy amallar bloklarining vazifalari, ishlashi

Reja

MP va MikroEHM arxitekturasi

Hozirgi paytda MPni har xil qayta quriladigan moslashuvchan arxitekturalari loyihalanmoqda. MP mantiqiy tuzilishi quyidagi uchta asosiy talabni qondirishi zarur:


  • moslashuvchan bo’lish (mikroprogrammali, mantiqiy va arifmetik amallarni boshqarishi);

  • yuqori tezlikda ishlashini ta’min etish;

  • qimmat bo’lmagan texnologiya asosida yaratilishi.

MP va MikroEHM arxitekturasi

MP quyidagi asosiy bloklarni o’z ichiga oladi:


  • ALQ - arifmetik - logik qurilma;

  • BQ - boshqaruvchi qurilma;

  • Ichki registrlar;

  • Interfeys (qiymatlar shinasi).

      https://www.youtube.com/watch?v=aj8gdnUjWD8

MP va MikroEHM arxitekturasi

MP registrlari va ularning vazifalari

MP registrlari va ularning vazifalari


  • Buyruq sanagich (BSch). BSch - bu MPning muhim registrlaridan biridir. BSchga qanday buyruq bajarilayotganini, qanday buyruq esa bajarilishi kerakligini nazorat qilib turish vazifasi topshirilgan

  • Xotira adresining registri (XARg - RgAP) mikroEHMning xotira oblastiga har safar murojaat qilganida, XARg MPga foydalaniladigan xotira oblastining adresini ko’rsatadi

  • Buyruqlar registri (BRg — RgK). BRg faqatgina bajarilayotgan buyruqni saqlash uchun mo’ljallangan.Bu vazifa MP orqali buyruqni avtomatik tarzda tanlash davri boshlanishi bilan amalgaoshiriladi.

  • Umumiy ishlatiladigan registrlar ( UIR).Ko’pchilik MPlar foydalanuvchining ixtiyoriga beriladigan qo’shimcha registrlarga ega.Bu registrlar umumiy ishlatiladigan registrlar degan nom olgan.

Boshqarish sxemasi va boshqarish qurilmasi

Boshqarish sxemasi va boshqarish qurilmasi


  • MPda BQning roli juda ham muximdir.BQ MPning hamma bloklarini talab bo’yicha ketma - ketlik bilan ishlashini ushlab turadi.

  • BQ ko’rsatmasi bo’yicha BRgdan navbatdagi buyruqni chaqirib olinadi, berilganlarni nima qilish kerakligi aniqlanadi,keyin esa qo’yilgan masalani yechish uchun ketma - ket harakatlar ishlab chiqiladi. Odatda BQning ishlashi programmalashtirilgan bo’ladi.BQni MPning ichidagi kichkina MP desak bo’ladi.

Arifmetik Logik Qurilma - ALQ

Arifmetik Logik Qurilma - ALQ

Arifmetik Logik Qurilma - ALQ


  • ALQ odat bo’yicha, tez ishlovchi ko’chirish registrlari asosida tuzilgan ikkilik kodlarini jamg’aruvchisidan tashkil topgan. Registrlar operandlarni vaqtincha saqlash va surish uchun ham ishlatiladi. Bu qurilma ushbu amallarni bajaradi: qo’shish, ayirish, ko’chirish, mantiqiy “va", mantiqiy “yoki” va noshqa amallar. ALQ amallarining belgilari hamda MPning holati holat registrini tashkil etuvchi mahsus triggerlarda saqlanadi.

  • ALQda ikkita kirish va chiqish portlari bor. “Kirish” porti ALQga berilgan so’zni (qiymatni) kiritish uchun kerak. "CHiqish" porti esa shunday berilgan so’zni chiqarish uchun kerak.

  • Shunga o’xshash mantiqiy sxemalar bitta yoki bir nechta kirish portlariga va bittagina chiqish portiga ega bo’ladi. Ikkala kirish porti buferlar bilan ta’minlangan, ularning o’rnini qiymatlarni (berilganlarni) vaqtincha saqlovchi buferli registrlar bajaradi. Har bir port o’zining buferli registri bilan bog’langan. Buferli registrlar ALQ uchun bitta berilgan so’zni saqlash kobilyatiga ega.

Mikroprotsessorning ichki shinalari va vazifalari


  • MPning tuzilish sxemasi shuni ko’rsatadiki, ya’ni 8 - razryadli ichki qiymatlar shinasi ALQ va registrlarni biri - biri bilan bog’laydi va MPning ichki qiymatlarini uzatib turadi.

  • MPning har bir funksional bloki qiymatlar ichki shinasi bilan ulangan.Lekin BQdan xabar olmagunicha undan foydalanaolmaydi.Ichki qiymatlar shinasi ikki tomonlama aloqa qiladigan yo’ldir.SHinalar bo’yicha alohida bitlar emas, berilgan so’zlar uzatiladi


http://hozir.org
Download 4.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling