Amaliy mashg’ulot mavzu; abn ning Boshqarish bosqichlari
Download 406.21 Kb.
|
ABN. 1-Amali
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Avtomatik boshqarish tizimlarning sxemalari ABTda quyidagi sxemalardan foydalaniladi
Amaliy mashg’ulot MAVZU; ABN ning Boshqarish bosqichlari: 1. Boshqaruv ta’siri ≪(boshqaruv signali, boshqaruvchi kirish kattaligi) - bu boshqaruvchi qurilma tomonidan ishlab chiqiluvchi (yoki inson tomonidan beriluvchi) ta’sir. 2. G ‘alayon f - boshqarish tizimiga bog‘liq bo‘lmagan obyektga ta’sir. G'alayon yuklamaga - bu tizimning ishlashiga bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sir va xalaqitga - obyektda qo‘shimcha ko'rinishda bog‘liq bo‘lgan zararli tashqi ta’sirlarga boMinadi. Ta’sirlar uch jihatdan quyidagilarga bo‘linadi: energetik (energiyani o‘zgartirish va uzatish), metabolik (kattalikning shakli va tarkibini o‘zgartirish), axborot - energetik va metabolik hosil bo‘lgan har bir ta’sirlar bir vaqtni o‘zida axborot bo‘ladi. Boshqarish obyektining ishlashini tavsiflovchi o'zgaruvchilarga - chiqish kattaliklari у (bular barchasi fizik kattaliklar) deyiladi. Ba’zida ulami tizimning chiqish koordinatalari deb nomlanadi (1.3-rasm). Boshqarish algoritmi - bu ishlash algoritmlarini amalga oshirish maqsadida obyektdagi tashqi ta’sirlar tavsifmi aniqlovchi buyruqlar majmui. Avtomatik boshqarish - bu boshqarish algoritmiga muvofiq ta’sirlami amalga oshirish jarayoni. Avtomatik boshqarish qurilmasi (ABQ) - boshqarish algoritmi bilan muvofiq kelishda ta’sirlami amalga oshiruvchi qurilma. ' Boshqarish qurilmasining ishlash algoritmi - bu mavjud boshqarish algoritmi. ABTda jarayonlarni o‘rganishda muhim jihatlardan biri bu axborotdir. Bu jarayonlar signal o‘zgartirgichlar hisoblanadi. Signal - bu muayyan fizik kattaliklarni o‘zgarishi. Obyektning o‘zida o‘zgarishlarni tavsiflovchi kattaliklarga ichki kattalik yoki obyekt holati deyiladi. Ular ichidan obyekt holatini tavsiflovchi va atayin o‘zgartiriluvchi, yoki doimiy ushlab turiluvchi - boshqarish kattaligini alohida keltirish mumkin. Kundalik hayotimizda biz har xil jarayonlami boshqarishga duch kelamiz. Masalan, korxona faoliyatini, harbiy operatsiyalarni, transport vositalarini va hokazo. U yoki bu jarayonni oldiga qo‘yilgan maqsad sari yo‘naltirishga boshqarish deyiladi. Boshqarish jarayonini hamma bosqichlarini bajarilishini ta’minlaydigan texnik vositalar to‘plamiga boshqarish tizimi deyiladi. Har qanday jarayonni boshqarish quyidagi to‘rtta bosqichdan iborat. Buni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin I - boshqarish maqsadi; П - boshqarish to‘g‘risida axborot; III - taqqoslash, tahliletish va qaror qabul qilish; IV — qabul qilingan xabarni bajarish. 1.2. Avtomatik boshqarish tizimlarning sxemalari ABTda quyidagi sxemalardan foydalaniladi: Funksional sxema - bu sxema tizimning qanday elementdan tashkil topganini bildiradi. Unda har bir elementga mos ravishda shu elementning nomi yoki u bajaradigan funksiyasining nomi keltiriladi. Oddiy avtomatik boshqarish tizimlarining funksional sxemasiga misol qilib, kirish va chiqish kattaligi bitta bo‘lgan bir oichamli tizimni keltiramiz (1.5-rasm). Bu yerda x(t) - kirish signali; y(t)- chiqish (rostlanuvchi yoki boshqariluvchi) kattalik; xh(t) - boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymati; Ax=xb(t)-ytb(t) - boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymatdan chetlashishi yoki og‘ishi; F(t) - qo‘zg‘atuvchi signal yoki ta’sir; ytb(t)- asosiy teskari bogianish signali; yo(t) - mahalliy teskari bogianish signali; xr - boshqaruvchi, rostlovchi kattalik yoki signal. 1 - topshiriq beruvchi element. Boshqarish maqsadiga muvofiq keladigan boshqarish signallarini tashkil etish uchun moijallangan. 2, 2' - taqqoslovchi yoki solishtiruvchi element. Bunda bir necha signal mutlaq (absolyut) qiymati bo‘yicha solishtiriladi. 3, 4 — kuchaytiruvchi va o‘zgartiruvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq signallami kuchaytirish va o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. 5 - ijro etuvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq boshqaruv obyektiga ta’sir etuvchi signalni tashkil etish uchun mo‘ljalIangan. 6 — boshqarish obyekti. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq, o‘z holatini o‘zgartirishi kerak bo‘lgan har qanday fizik tabiatli jarayonlar, qurilmalar va hokazolar boMishi mumkin. 7 — mahalliy teskari bog‘langan element yoki korrektlovchi qurilma. Bu tizimning dinamik xususiyatini yaxshilash uchun ishlatiladi. 8 - asosiy teskari bog‘lanish elementi yoki axborot datchiklari deyiladi. Bu tizimda bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida teskari bog‘lanish zanjiri orqali ma’lumot olish uchun mo‘ljal!angan Download 406.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling