Mikroskop bilan ishlash qoidalari. Yorug`lik interfeysi


Download 42.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.11.2023
Hajmi42.3 Kb.
#1785661
1   2
Bog'liq
2-Laboratoriya ishi

EslatmaMikroskop nozik optik asbob bo’lganligi uchun sababsiz uning vintlarini 
burash, revolverni aylantirib, obyektivlarni o’zgartirish yoki uni revolverdan 
ajratib olish, ko’zguni o’rnidan sug’urib olish, diafragmani dastagini u yo-bu 
yoqqa harakatlantirish kabilar qat’iyan man etiladi, chunki bunday nojuya 
harakatlar mikroskopni yaroqsiz bo’lishini
tezlashtiradi 
Yorugʻlik — inson 
koʻzi
 sezadigan (tebranish chastotasi 4,0YU14—7,5YU14 Gs) 
elektromagnit toʻlqinlar. Bu vakuumda. toʻlqin uzunligi ~ 400 Nm dan ~ 760 Nm 
gacha boʻlgan 
toʻlqinlar uzunligiga
 mos keladi. Spektrning infraqizil 
nurlanish
 va 
ultrabinafsha nurlanish sohalari ham Yorugʻlik deb ataladi. Spektrning infraqizil 
nurlanish sohasi bilan rentgen nurlari orasida keskin chegara yoʻq. Turli 
yoritqichlar (Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkalar va boshqa) Yorugʻlik 
chiqaradi. Yorugʻlik toʻlqin xossaga hamda korpuskulyar xossaga ega. Baʼzi 
hodisalar (difraksiya, interferensiya, qutblanish)da Yorugʻlikning toʻlqin xossasi, 
boshqa hodisalar (fotoeffekt, lyuminessensiya, atom va molekulalar spektrlari)da 
korpuskulyar xossasi namoyon boʻladi. Yorugʻlikning toʻlqin xossasini toʻlqinlar 


nazariyasi, korpuskulyar xossasini 
kvant
 nazariya tavsiflab beradi; har ikkala 
xossasi birbirini toʻldiradi. Yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasini I. Nyuton, 
toʻlqin nazariyasini X. Gyuygens, kvant nazariyasini A. Eynshteyn ishlab chiqqan. 
Yorugʻlik qonuniyatlari optikada oʻrganiladi. Yorugʻlik bosimi, yaʼni mexanik 
taʼsiri borligini J. K. Maksvell nazariy isbotlagan. Yorugʻlikning issiqlik, elektr, 
fotokimyoviy va b. taʼsirlari mavjud. Baʼzi qoʻngʻizlar, oʻsimliklar, elementlar 
ham oʻzidan Yorugʻlik chiqaradi. 
Yorugʻlik birliklari — Yorugʻlik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, Yorugʻlik oqimi 
va b. yoruglik kattaliklari birliklari. Xalqaro birliklar tizimida Yorugʻlik kuchi 
birligi sifatida kandela ishlatiladi. Yorugʻlik oqimi birligi qilib lyumen qabul 
qilingan. Sirtning yoritilishi sirtga tushayotgan Yorugʻlik oqimi, yaʼni Yorugʻlik 
kvanti zichligi bilan aniqlanadi. 1 sm2 sirtga tushayotgan 1 lyumen Yorugʻlik 
oqimi fot (f) bilan ifodalanadi. Fot bilan bir qatorda radfot (radiatsiya) ishlatiladi. 
Ravshanlik sirtga tik tushayotgan Yorugʻlik kuchi bilan oʻlchanadi; ravshanlik 
birligi — stilb (sb). Fotometriyada Yorugʻlik energiyasi joul, Yorugʻlik oqimi 
vattlar bilan oʻlchanadi. Yorugʻlik bosimi — Yorugʻlikning uni qaytaruvchi va 
yutuvchi jismlarga, zarralarga, shuningdek, ayrim molekula va atomlarga 
koʻrsatadigan taʼsiri. Yorugʻlik bosimi haqidagi farazni birinchi marta 1619 yilda I. 
Kepler kometa dumlarining Quyosh yaqinidan uchib oʻtishidagi ogʻishini 
tushuntirish uchun ishlatgan edi. 1873 yilda J. K. Maksvell elektromagnit nazariya 
asosida Yorugʻlik bosimi kattaligini hisoblab chikdi. U eng kuchli Yorugʻlik 
manbalari (Quyosh, elektr toki) uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer 
sharoitida u yonaki hodisalar (konveksion toklar, radiometrik kuchlar) bilan 
niqoblanadi. Shu sababli, Yorugʻlik bosimini sof holda oʻlchash murakkab ish. Uni 
birinchi marta 1899 yilda 
P. N. Lebedev
 tajribada anikdagan. Uning olgan 
natijalari J. K. Maksvellning hisoblashlariga mos kelgan edi. U Yorugʻlikning 
gazlarga beradigan bosimini oʻlchash mumkinligini 1908 yilda isbotladi. Dumli 
yulduzlar Yorugʻlik bosimi taʼsirida paydo bo'ladi, deb taxmin qilinadi. 
Elektromagnit nazariyaga ko'ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit 
toʻlqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi 
zichligi i ga teng . Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi toʻlqinlar 
energiyasidan tashkil topadi. Agar jism sirtining 1 sm2 ga tushuvchi elektromagnit 
toʻlqin quvvati Q erg/sm2s, qaytarish koeffitsiyenti R boʻlsa, u holda sirt yaqinida 
energiya zichligi u=Q(h+R)/c. Bundan Yorugʻlikning jism sirtiga bosimi 
P=Q(h+R)/c boʻladi. Yorugʻlik bosimi koʻlamlari bir-biridan jiddiy farq qiluvchi 
astrofizika va atom sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo boʻlishi bilan 
Yorugʻlik bosimidan turli sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi 
(qarang 
Kompton effekti

Myossbauer effekti va b
.). Yorugʻlik vektori (Yorugʻlik 
maydon nazariyasida) — Yorugʻlik energiyasining kattaligini va koʻchirilish 
yoʻnalishini aniqlab beruvchi Yorugʻlik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U 
fotometriyada amaliy ahamiyatga ega, uning yordamida Yorugʻlikning hajm 
zichligi, Yorugʻlik oqimining yutilishi, sirtning yoritilganligi va b. aniqlanadi. 
Yorugʻlik kvanti — 
foton
 energiyasi. Yorugʻlik toʻlqin tarqatish bilan birga 
korpuskulyar, yaʼni kvant tabiatga ham ega boʻlishini M. Plank isbotlagan. Plank 


nazariyasiga koʻra, Yorugʻlik moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim 
tarzida emas, balki aniq miqdordagi ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga 
shunday ulushlar tarzida yutiladi. Bu ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini 
shu nazariyaga asoslanib tushuntirish mumkin. Kvant mexanika qonunlari ham shu 
nazariyaga asoslangan. Yorugʻlik kuchi — koʻrinuvchi nurlanish manbaining 
muayyan yoʻnalishda yorugʻlanishini ifodalaydigan Yorugʻlik kattaligi. Yorugʻlik 
manbaidan fazoviy burchak birligi O.da tarqalayotgan Yorugʻlik oqimi F ni 
ifodalaydi: /=FD2. Xalqaro birliklar tizimi SIda kandela (kd) Yorugʻlik kuchi 
oʻlchov birligi deb qabul qilingan. Yorugʻlik kuchini aniqlash yoritish texnikasida 
(uyjoylarni yoritish), tibbiyotda (yorugʻlik bilan davolash), i. t. ishlarida amaliy 
ahamiyatga ega. Yorugʻlik oqimi. Yorugʻlik energiyasini sezishda, tabiiyki, koʻz 
alohida ahamiyatga ega. Inson koʻzining turli rangdagi Yorugʻlikni sezish 
qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali oʻtayotgan Yorugʻlikning 
toʻlqin energiyasi emas, balki bu Yorugʻlik energiyasining bevosita koʻzga taʼsir 
etib koʻrish sezgisi uygʻotadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi 
ichida oʻtadigan va koʻrish sezgisi bilan baholanadigan yorugʻlik energiyasi 
Yorugʻlik oqimi deb ataladi, yaʼni F= W/t, bunda F — Yorugʻlik oqimi; t — 
Yorugʻlik tushayotgan vaqt oraligʻi; W — sirt orqali oʻtayotgan, yaʼni fazoviy 
burchak O. da tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasi. Agar W — nuqtaviy manbadan 
barcha yoʻnalishlar boʻyicha tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasini ifodalasa, F — 
toʻla Yorugʻlik oqimini bildiradi. Yorugʻlik oqimining oʻlchov birligi qilib lyumen 
(lm) qabul qilingan. U Yorugʻlik kuchi 1 qd boʻlgan manbaning fazoviy burchak 1 
sr da hosil qiladigan Yorugʻlik oqimini ifodalaydi: 1 kd1 sr=1 lm. Yorugʻlik 
energiyasi — inson koʻzi sezadigan elektromagnit toʻlqinlar energiyasi qismi. U 
Yorugʻlik oqimining yoritish davomliligiga koʻpaytmasiga teng. Yorugʻlik 
energiyasi birligi — lyumen x sekund (lms).
[1]
 

Download 42.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling