Mikroskopdan foydalanish qoidalari va prеparat tayyorlash. Mavzuning maqsadi


Download 240.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi240.63 Kb.
#1356041
1   2   3
Bog'liq
1 LABOMavzu (3)

 


Preparat tayyorlash: 
Mikroskopda ko‘rib o‘rganish uchun fiksatsiyalangan, ildiz, poya, barg, 
meva, meva eti, po‘stloq, tolalar yoki tirik o‘simlik bo‘laklari olinadi. Ob'ektlar 
qattiq bo‘lsa suv va glitserin aralashmasiga solib qaynatiladi, bunda hujayra 
yumshaydi, yupqa kesik olish mumkin bo‘ladi yoki marjon daraxti o‘zagi orasiga 
solib kesib olinadi. Kesma juda kichik va yupqa bo‘lishi kerak, uni buyum oynasiga 
qo‘yib, suv tomizamiz va nina yordamida to‘g‘rilaymiz gorizontal ushlagan holatda 
ustidan qoplag‘ich oynani yopamiz, ikkala oyna o‘rtasida havo qolmasligi uchun 
ortiqcha suvni so‘rg‘ich yordamida so‘rdirib olamiz. Sitoplazmani yoki hujayra 
yadrosini aniqroq ko‘rish uchun tayyorlangan (kesikka) preparatga kaliy yod 
eritmasi tomiziladi. Ob'ektni bo‘yash uchun metilen ko‘ki va shunga o‘xshash 
bo‘yoqlardan foydalaniladi. Bu reaktivlardan tomizg‘ich yordamida bir tomchi olib 
ob'ekt ustiga tomiziladi va bir necha minutdan so‘ng ortiqcha bo‘yoqni tozalash 
uchun ob'ekt ustiga toza suv qo‘yib bir necha marotaba yuviladi. Yuvilgan kesiklarni 
nina yoki chyotka yordamida olib Glitserin tomizilgan buyum oynachasi ustiga 
qo‘yiladi, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Glitserinda saqlangan ob'ekt bir qancha 
vaqt buzilmay turadi. Bu preparat chang tegmaslik uchun maxsus tayyorlangan 
qutichaga solib qo‘yiladi. Glitserinda saqlangan ob'ekt uzoq vaqt turishi uchun 
buyum va qoplag‘ich oyna orasi glitserin-jelatin bilan yopishtiriladi. Bu usullarda 
tayyorlangan preparat vaqtinchalik preparat bo‘lib hisoblanadi. Doimiy preparat 
tayyorlash ancha murakkab bo‘ladi. Bo‘yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun 
dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so‘ngra toluol, ksilol bilan ikki marta yuviladi, 
kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga bal'zam tomiziladi va qoplag‘ich oyna 
bilan yopib, kleylanadi. 

Download 240.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling