Mikroskopdan foydalanish qoidalari va prеparat tayyorlash. Mavzuning maqsadi


Download 240.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi240.63 Kb.
#1356041
  1   2   3
Bog'liq
1 LABOMavzu (3)



1-MAVZU: MIKROSKOPNING TUZILIShI. MIKROSKOPDAN 
FOYDALANISH QOIDALARI VA PRЕPARAT TAYYORLASH
 
MAVZUNING MAQSADI. Mikroskopning qismlari bilan tanishtirish. 
Mikroskop bilan ishlashni va har xil preparatlar tayyorlash qoidalarini o‘rgatish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynalar, ustara, 
chyotka, pipetka, preparoval nina, suv, yod, glitserin, spirt, toluol, ksilol, fil'tr 
qog‘oz, bal'zam, oddiy qog‘oz, pintset, har xil rangli qog‘ozlar, fiksatsiyalangan 
ildiz, poya, barg yoki o‘simlik bo‘laklari. 
UMUMIY TUSHUNCHA. Mikroskop buyumlarni bir necha yuz ming 
martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopning optik qismi eng asosiy 
qismlardan hisoblanib u ko‘rish nayi (tubus) dan iborat, tubusning yuqori qismida 
okulyar, tagida ob'ektiv joylashgan. 
Shtativ: Shtativ to‘g‘ri yoki egri kolonkadan iborat. Shtativda revol'ver,
mikrovint, makrovint, buyum stolchasi, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi. 
Ob'ektiv: Mikroskopning buyumni kattalashtirib ko‘rsatadigan qismi 
ob'ektividir. Ob'ektiv odatda 2 yoki 4 ta bo‘lib, buyumni kattalashtirib va teskari 
qilib okulyarga tushiradi. 
Okulyar: Okulyar yig‘ish va ko‘rish linzasidan iborat. Ko‘rish linzasi 
qancha kichik bo‘lsa, okulyar buyumni shuncha katta ko‘rsatadi. Okulyar va 
ob'ektivda buyumni katta qilib ko‘rsatish darajasi sonlar bilan ko‘rsatilgan. Ob'ektiv 
bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko‘paytirilsa buyumni necha marotaba 
kattalashtirib ko‘rsatilganligi kelib chiqadi. 
Ko‘rish nayi. Ko‘rish nayi dastaga biriktirilgan bo‘lib tagiga revol'ver 
joylashtirilgan. Revolver ob'ektivini harakatga keltirish uchun ishlatiladi. 
Makrovintni burash bilan ko‘rish nayini yuqoriga ko‘tarib yoki pastga tushirib 
ob'ektiv bilan okulyar o‘rtasidagi fo’kus masofani to‘g‘rilab olish mumkin. 
Buyum stolchasi. Buyum stolchasi o‘rtasi teshik bo‘lib, bu teshikdan 
preparatga yorug‘lik tushadi, stolchaning tagida teshikni katta-kichik qilib turadigan 
diafragma, kondensor, joylashtirilgan. Buyum stolchasining pastki qismiga bir 
tomoni botiq ikkinchi tomoni tekis bo‘lgan ko‘zgu o‘rnatilgan. 
Ko‘zgu. Ko‘zgu yorug‘likni ob'ektivga to‘g‘rilab, yig‘ib beradi. Ko‘zguning 
tekis tomoni kuchsiz yorug‘lik beradi. Yorug‘lik kuchli tushishi zarur bo‘lsa, botiq 
tomonidan foydalaniladi. Mikroskop stolchasi ustiga ikkita tutqich o‘rnatilgan 
bo‘lib, preparatni ushlab turish uchun ishlatiladi. 
ISH TARTIBI. Mikroskop tozaligi tekshiriladi. Mikrosopga yorug‘lik 
tushadigan qilib, dastani ushlagich tomonini o‘ziga qaratib qo‘yiladi, yorug‘likni 
ob'ektivga to‘g‘rilab, stolcha ustiga preparat qo‘yiladi. Makrovintni burab, 
ob'ektivni preparatga yaqin tushiriladi va ko‘rish nayidan qarab turib namunani 
ko‘rinish darajasiga moslashtiriladi. Yorug‘lik kuchli bo‘lsa diafragma teshigini 
kichraytirib yorug‘likni kuchsizlantiramiz. Tasvirni aniq ko‘rish uchun 
mikrovintdan foydalaniladi. Stolchaga qo‘yilgan buyum ravshan ko‘ringandan 
keyin mikroskopni qimirlatmasdan okulyardan qarab turib buyumning tasvirini 
daftarga chizib olamiz. 

Download 240.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling