Mikroskopdan foydalanish qoidalari va prеparat tayyorlash. Mavzuning maqsadi
Download 240.63 Kb. Pdf ko'rish
|
1 LABOMavzu (3)
Preparat tayyorlash: Mikroskopda ko‘rib o‘rganish uchun fiksatsiyalangan, ildiz, poya, barg, meva, meva eti, po‘stloq, tolalar yoki tirik o‘simlik bo‘laklari olinadi. Ob'ektlar qattiq bo‘lsa suv va glitserin aralashmasiga solib qaynatiladi, bunda hujayra yumshaydi, yupqa kesik olish mumkin bo‘ladi yoki marjon daraxti o‘zagi orasiga solib kesib olinadi. Kesma juda kichik va yupqa bo‘lishi kerak, uni buyum oynasiga qo‘yib, suv tomizamiz va nina yordamida to‘g‘rilaymiz gorizontal ushlagan holatda ustidan qoplag‘ich oynani yopamiz, ikkala oyna o‘rtasida havo qolmasligi uchun ortiqcha suvni so‘rg‘ich yordamida so‘rdirib olamiz. Sitoplazmani yoki hujayra yadrosini aniqroq ko‘rish uchun tayyorlangan (kesikka) preparatga kaliy yod eritmasi tomiziladi. Ob'ektni bo‘yash uchun metilen ko‘ki va shunga o‘xshash bo‘yoqlardan foydalaniladi. Bu reaktivlardan tomizg‘ich yordamida bir tomchi olib ob'ekt ustiga tomiziladi va bir necha minutdan so‘ng ortiqcha bo‘yoqni tozalash uchun ob'ekt ustiga toza suv qo‘yib bir necha marotaba yuviladi. Yuvilgan kesiklarni nina yoki chyotka yordamida olib Glitserin tomizilgan buyum oynachasi ustiga qo‘yiladi, qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Glitserinda saqlangan ob'ekt bir qancha vaqt buzilmay turadi. Bu preparat chang tegmaslik uchun maxsus tayyorlangan qutichaga solib qo‘yiladi. Glitserinda saqlangan ob'ekt uzoq vaqt turishi uchun buyum va qoplag‘ich oyna orasi glitserin-jelatin bilan yopishtiriladi. Bu usullarda tayyorlangan preparat vaqtinchalik preparat bo‘lib hisoblanadi. Doimiy preparat tayyorlash ancha murakkab bo‘ladi. Bo‘yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so‘ngra toluol, ksilol bilan ikki marta yuviladi, kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga bal'zam tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopib, kleylanadi. Download 240.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling