Miksosporidiyalar


Download 0.78 Mb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1389876
  1   2
Bog'liq
Nurmetov Shohzod Parazitalogiya


Miksosporidiyalar - Myxosporidia tipi. Miksosporidiyalar tipi miksosporalilar (Myxosporea) va aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinflarini o'z ichiga oladi. Umurtqasiz hayvonlar va tuban umurtqalilar (asosan, baliqlar, halqali chuvalchanglar, ba'zan sudralib yuruvchilar) tana bo'shlig'i, to'qimalar va hujayralarida parazitlik qiladi. Hayot sikli parazitlik qiluvchi vegetativ stadiya (trofont) va tarqalish uchun xizmat qiluvchi sporalik stadiyalarini o'z ichiga oladi. Parazitlik qiluvchi stadiyasi ikki tipdagi (vegetativ ham generativ) hujayralardan iborat. Miksosporidiyalar asosan jinssiz ko'payadi. Generativ hujayralardan reduktsion (meyoz) bo'linish natijasida juda ko'p sporalar hosil bo'ladi. Sporalarda spiral o'ralgan otiluvchi ipchasi, kapsula va amyobasimon ko'pincha ikki yadroli murtagi (sporozoiti) bo'ladi. Sporalar xo'jayin organizmiga tushib qolganida otiluvchi iplar kapsuladan otilib chiqib, sporani ichak devoriga yopishib olishiga yordam beradi. Miksosporalilar - Myxosporea sinfi. Miksosporalilar, ya'ni shilimshiq sporalilarga aso- san baliqlarda, ba'zan sudralib yuruvchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur kiradi. Ular tabiatda hamma suv havzalarida uchraydi. Ayrim miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, baliq chavoqlarida og'ir kasallik paydo qilib, baliqchilik xo'jaliklariga katta ziyon keltiradi.
Miksosporalilar to' qimalar va tana bo' shlig'ida yashaydi; jabralar, teri, muskullar, o't pufagi, qovuq, tog'ay va boshqa organlarni zararlaydi. Organlar bo'shlig'ida uchraydigan voyaga yetgan miksosporalilar ko'p yadroli amyobaga o'xshash bo'ladi (18-rasm). Ularning kattaligi bir necha mkm.dan 2 sm gacha keladi. To'qimalarda 1-2 sm va undan ham yirikroq shishlar hosil qiladi.
Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan, ko'pincha ikki, ba'zan 3-6 tavaqali bo'ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi, kapsulada esa otiluvchi ip o'rami joylashgan. Sporalarning tashqi tomondan qattiq pust bilan qoplangan va ko' pincha uzun o'simtalari bo'ladi. Baliq tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat hazm qilish shirasi ta'sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi. Sporaning tavaqalari ochillib, amyobaga o'xshash parazit chiqadi va ichak epiteliysi orqali qonga o'tib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi.
Uning yadrolari bo'linishi natijasida ko'p yadroli plazmodiy hosil bo'ladi. Keyinchalik plazmodiyda generativ yadrolar shaklla-nadi va spora hosil bo'ladi.
Miksosporidiyalarning generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo'ladi. Faqat spora xrsil bo'lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo'lib qoladi. Buning natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (shu jumladan, amyobasimon mo'rtak, otuvchi kapsula va tavaqalarning yadrolari) gaploid bo'ladi. Faqat amyobasimon mo'rtakning spora ichidan chiqishidan oldin mo'rtak yadrolari juft-juft bo'lib qo'shilishi natijasida diploid yadro hosil bo'ladi.
Bunday jinsiy ko'payish avtogamiya deyiladi. Jinsiy ko'payish xususiyati, hayot siklida yadrosining gaploid va diploid fazalari nisbati o'ziga xos bo'lishi, xivchinli davrining bo'lmasligi bilan miksosporidiyalar boshqa sporalilarga o'xshab xivchinlilarga emas, balki soxta oyoqdilarga yaqin turadi. Bir qancha miksosporidiyalar baliqlarni ko'plab nobud bo'lishiga sabab bo'ladi. Gulmoy (forel) o'stiriladigan xo'jaliklarga miya miksozomasi (Myxosoma serebralis) katta ziyon keltiradi. Parazit yosh baliqlar tog'ay to'qimasini zararlab, ularning umurtqalarini qiyshayishiga sabab bo'ladi. Aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Astinosporea) sinfi vakillari halqali chuvalchanglar va sipunkulidlarda parazitlik qiladi. Ular miksosporalilardan sporasining yanada ham murakkabroq tuzilishi bilan farq qiladi. Mikrosporidiyalar - Microsporidia tipi Mikrosporidiyalar hujayra ichida parazitlik qiladi, asosan har xil bo'g'imoyoqdilarni, ba'zan umurtkali hayvonlar (asosan baliqlar)ni zararlaydi. Bu tipga 900 ga yaqin tur kiradi. Sporasida otiluvchi ipi bo'lishi bilan ular qisman miksosporalilarga o'xshab ketadi. Lekin miksosporidiyalar sporasi yuqorida qayd qilinganidek ko'p hujayrali, mikrosporidiyalarning sporasi bir hujayrali bo'ladi.
M
ikrosporidiyalar sporasi juda kichik (4-10 mkm) bo'lib, qattiq pust bilan qoplangan. Spora ichida spiral o'ralgan ipchasi va ikki yadroli mo'rtak (sporoplazma) bor. Mikrosporidiyalarning hayot sikli ham miksosporidiyalarnikiga o'xshash bo'ladi. Sporasi oziq bilan xo'jayini ichiga tushganida otuvchi kapsuladan otilib chiqqan ipchasi ichak epiteliysiga botib kiradi. Ip bilan birga sporadan chiqqan ikki yadroli sporaoplazma epiteliy hujayrasiga kirib oladi. Xo'jayin hujayrasida parazit shizogoniya orqali ko'payib, ko'p hujayrali zanjimi yoki ko'p yadroli plazmodiyni xrsil qiladi.
Shundan so'ng plazmodiy tanasi va zanjir alohida hujayralarga ajralib ketadi. Yadrolar bir marta bo'lingandan so'ng har qaysi hujayra ikki yadroli bo'ladi. Hujayra qattiq po'st bilan o'ralib, spora hosil qilish jarayonida plazmodiyning ikkala yadrosi bir-biri bilan qo'shiladi. Shundan keyin keladigan sporogoniya jarayonida yuqorida ta'riflangan bir hujayrali sporalar hosil bo'ladi. Spora ichidagi yadrolarning qo'shilishi jinsiy ko'payish jarayonidagi jinsiy hujayralarning qo'shilishiga o'xshaydi. Asalarilarning o'rta ichagi epiteliy hujayralari, ba'zan malpigi naychalari, gemolimfasi, tuxumdonlari va so'lak bezlarida Nosema apis parazitlik qiladi. Oval shakldagi parazitning uzunligi 5-6 mkm, ichak hujayralarining yemirilishiga sabab bo'ladi. Kasal arilar yaxshi ucholmaydi, kuchsizlanib ko'pincha halok bo'ladi.
Tut ipak qurti nozemasi (Nosema bombyci) ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga yuqadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o'tgan parazit qurtning hamma organlarini zararlaydi. N.bombyci (19-rasm) qurtlarda "qora son" (pebrina) paydo qiladi. Kasal qurtlarning terisi qoramtir dog'lar bilan qoplanadi. Bunday qurtlarning axlati orqali tashqi muhitga juda ko'p sporalar chiqarib, boshqa qurtlarni ham zararlaydi. Kasallangan qurtlar ko'pincha halok bo'ladi. Kuchsiz zararlangan qurtlar halok bo'lmasdan pilla ichida g'umbakka aylanadi. G'umbakdan nozema bilan zararlangan kapalak chiqadi.Kapalak esa zararlangan tuxum qoyadi. Shunday qilib, kasallik nasldan- naslga o'tadi.
Mikrosporidiyalarning ayrim turlari baliqlar muskuli va biriktiruvchi to'qimalarida parazitlik qiladi. Asalari va tut ipak qurtida mikrosporidozga qarshi kurashish asosan profilaktika tadbirlaridan iborat. Zararlangan ari oilalari dezinfektsiya qilinadi. Kuchli zararlangan oilalar kuydiriladi.
Tut ipak qurtida pebrinani oldini olish uchun kapalak tuxumlari tekshirishdan o'tkazib turiladi. Parazit sporasi topilgan to'dalardagi tuxumlar kuydiriladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling