Miksosporidiyalar
MIKSOSPORALILAR (MYXOSPOREA) SINFI
Download 0.78 Mb.
|
1 2
Bog'liqNurmetov Shohzod Parazitalogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miksosporidiya: A - Myxobolus pfeifferi miksosporidiyasi bilan zararlangan baliq. B - parazitlar:1,2- qurollanmagan parazit kapsulasini oldingi va yon tomondan orinishi, 3 - qurollangan kapsula.
- Shishlar hosil bolgan Roach plazmodiya miksosporidium.
MIKSOSPORALILAR (MYXOSPOREA) SINFI.
Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilarga asosan baliqlarda, ba'zan sudralib yuravchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur kiradi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan, hamma suv havzalarida uchraydi. Ayrim miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, ulaming chavoqlari (yosh baliqlar)da og'ir kasallik paydo qiladi va baliqchilik xo'jaliklariga katta ziyon keltiradi. MDH da bu sinf vakillarini oʻrgangan olimlar V.A. Dogel va S.S. Shulmanlar hisoblanadi. Miksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari va nasllar gallanishining yo'qligi bilan sporalilardan farq qiladi. Shilimshiq sporalilardan Myxobolus pfeifferi turi baliqlaming har xil to'qima va organlarida (jabralari, t terisi, o't pufagi v muskullarida) parazitlik qiladi. Baliqlarning terisida shishlar paydo bo'lib, ko'plab, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi (15-rasm). Organlar bo'shlig'ida uchraydigan voyaga yetgan miksosporalilar ko'p yadroli amyobaga o'xshash bo'ladi. To'qimalarda miksosporalilar 1 -2 sm va undan ham yirikrok shishlar hosil qiladi. Sistalari ko'p yadroli bo'lib, plazmodiy tanasi bilan to'lgan. Yadrolari vegetativ va generativ yadrolarga bo'linadi. Vegetativ yadrolari o'sish va moddalar almashinuvi, generativ yadrolar esa ko'payish funksiyasini bajaradi. Generativ yadrolar atrofiga sitoplazma ajralishi natijasida juda ko'p 66 generativ hujayralar hosil bo'ladi. Bu hujayralar plazmodiy tanasida harakatlanish xususiyatiga ega bo'ladi. Generativ hujayralar yadrosining bir necha marta bo'linishi bilan ko'p yadroli sporoblastlar shakllanadi. Har bir sporoblast ichida 2 tadan ko'p yadroli spora hosil bo'ladi. Miksosporidiya: A - Myxobolus pfeifferi miksosporidiyasi bilan zararlangan baliq. B - parazitlar:1,2- qurollanmagan parazit kapsulasini oldingi va yon tomondan o'rinishi, 3 - qurollangan kapsula. Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan; ko'pincha ikki, ba'zan 3-6 tavaqali bo'ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi va ikki yadroli amyobasimon murtak, kapsula ichida esa otiluvchi ip o'rami joylashgan. Shu sababdan bunday sporani dafatan ko'p yadroli deyish mumkin. Sporalar tashqi tomondan qattiq po'st bilan qoplangan, ko'pincha uzun o'simtalari bo'ladi. Baliq tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat hazm qilish shirasi ta'sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi. Sporaning tavaqalari ochilib, amyobaga o'xshash parazit chiqadi va ichak epiteliysi orqali qonga o'tib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi. Uning yadrolari bo'linishi natijasida ko'p yadroli plazmodiy hosil bo'ladi. Keyinchalik plazmodiyda generativ yadrolar shakllanadi va spora hosil bo'ladi. Miksosporalilarning generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo'ladi. Faqat spora hosil bo'lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo'lib qoladi. Buning natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (jumladan amyobasimon murtak, otuvchi kapsula va tavaqalarning yadrolari) gaploid bo'ladi. Faqat amyobasimon murtakning spora ichidan chiqishidan oldin murtak yadrolari juft-juft bo'lib qo'shilishi natijasida diploid yadro hosil bo'ladi. Jinsiy ko'payish ana shunday sodir bo'ladi va uni avtogamiya deyiladi. Shunday qilib, jinsiy ko'payish xususiyati hamda hayot siklida yadrosining gaploid va diploid fazalari nisbati o'ziga xos bo'lishi bilan miksosporalilar boshqa olindisporalilardan keskin farq qiladi. Ularda xivchinli stadiyasi bo'lmaydi. Bu bilan miksosporalilar boshqa sporalilar singari xivchinlilarga emas, balki soxta oyoqlilarga yaqin turadi. Bir qancha miksosporalilar turi baliqlarning ko'plab nobud bo'lishiga sabab bo'ladi. Gulmoy (forel) o'stiriladigan xo'jaliklarga miya miksozomasi Myxosoma serebralis katta ziyon keltiradi. Parazit yosh baliqlar tog'ay to'qimasini zararlab, ularning umurtqalarinining qiyshayishiga sabab bo'ladi. Yarim halqa naylar zararlanishi natijasida baliqlarning tana muvozanati buziladi. Ular o'z o'qi atrofida aylana boshlaydi va halok bo'ladi. Kudoa (Kudoa) urug'iga kiruvchi miksosporalar ovlanadigan dengiz baliqlariga katta ziyon keltiradi. Bu parazitlar baliq muskullarini avtolizi (yemirilib, suyuqlanishi)ga sabab bo'ladi. Kasallangan baliqlar iste'mol qilishga yaramaydi. T urli miksosporidiyalarning sporalari: А-Henneguyaacerina; B-Ceratomyha truncata; С-Sinuolinea dimorpha; G- Sphaerospora divergens; D- Mitraspora kiprini; U- Myxobolus sp. 1 - stre- qozon kapsulalari; 2 - tashlab ketilgan chinqiriq ip; 3 amoeboid ikki yadrolar; 4- jarayonlar spora qobig'i. Bo'shliq mikosporidiyasining plazmodiyasi sporlar bilan: A- Ceratomyxa appendiculata; B-Leptotheca agi- lis; B -Chloromyxum leidigi. psevdopodiyalar; portlash kapsulalari bilan tortishuvlar. Shishlar hosil bo'lgan Roach plazmodiya miksosporidium. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling