Mil ning boshlaridayoq Xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa


Download 16.14 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi16.14 Kb.
#1133288
Bog'liq
nilufar din tarix


Xulosa
O’zbekistonda yana bir cherkov Novoapostollik cherkovi bo’lib, u xristian dinining protestantlik yo’nalishiga mansub oqimdir. Novoapostol cherkovi O’zbekistondagi faoliyatini 1992 yildan boshlagan bo’lib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida ro’yxatdan o’tgan. O’zbekistondagi Novoapostol cherkovlari Berlin-Brandenburg okrugi tasarrufidadir. Uning apostol-prezidenti Frits Shreder.
O’zbekistonda «Iegova shohidlari» protestant yo’nalishidagi diniy tashkilot ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur diniy sektaga 1870 yilda amerikalik ishbilarmon CH.T. Rasselь tomonidan asos solingan. Sektaning markazi Bruklin shahri Akioda joylashgan va 15 a’zodan iborat bo’lgan «Rahbar korporatsiya»gagina bo’ysunadilar.
Ayrim manbalar O’rta Osiyoda Iegova shohidlarining XX asrning 40-yillapida paydo bo’lganligini bildiradi. O’sha davrda ular o’zlarini «kanalistlar» deb atab kelganlar.
Iegova shohidlari nomi sifatida O’zbekistonda 1994 yildan Toshkent hamda Farg’ona viloyatlarida rasmiy ro’yxatdan o’tdi. 1998 yil yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun qabul qilinganidan so’ng qayta ro’yxatdan o’tish uchun respublikaning 3 ta hududiy tuzilmasidagi tashkilotlari hujjatlarini joylardagi adliya bo’limlariga topshirgan.

Kirish
Mil.ning boshlaridayoq Xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, Xristianlikka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. Xristianlikning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847-yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarqand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi. 1871-yil Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi. 1916-yilning oxiriga kelib yeparxiya markazi Toshkentga koʻchirildi. Bu vaqt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat koʻrsatar edi. 1936-yilda Rus Pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan, yeparxiya Toshkent va Oʻrta Osiyo hamda Olmaota va Qozogʻiston yeparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratildi. Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasi tasarrufiga Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari ham kiradi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Xristianlikning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi.
Download 16.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling