Millat” deganda nimani tushunasiz? Жавоб- millat


Fuqarolik huquqiy javobgarlik


Download 84.31 Kb.
bet21/23
Sana09.08.2023
Hajmi84.31 Kb.
#1666109
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
савол жавоблар2

Fuqarolik huquqiy javobgarlik — yuridik javobgarlikning mustaqil turi. Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan sanksiyalar koʻrinishida ifodalanadi. Odatda, Fuqarolik huquqiy javobgarlikj. majburiyatlarning buzilishi natijasida vujudga keladi. Fuqarolik huquqiy javobgarlikj. qarzdorga yoki huquqbuzarning mulkiy ahvoliga salbiy taʼsir etish orqali huquqi buzilgan shaxsning yoki jabrlanuvchining huquqlarini tiklashga va mulkiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan javobgarlik shaklidir. Neustoyka va yetkazilgan zararni qoplash Fuqarolik huquqiy javobgarlikj. choralari hisoblanadi.

  1. Ma'muriy javobgarlik nima va uning qanday jazo turlari bor?

Maʼmuriy javobgarlik - fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (maʼmuriy organ) oldidagi jinoiy boʻlmagan javobgarligi. Bu davlatning majburlov chorasi boʻlib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi. Maʼmuriy javobgarlik da odatda, jazo berayotgan maʼmuriy organ bilan huquq normasini buzgan shaxs oʻrtasida xizmat yuzasidan boʻysunish munosabatlari boʻlmaydi. Maʼmuriy javobgarlik shunisi bilan institutizomiy javobgarlikdan farq qiladi. Maʼmuriy javobgarlikga tortilganlar sudlangan hisoblanmaydilar, maʼmuriy jazo choralari yengil va muddati qisqa belgilanadi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, UzR qonunlari, OʻzR Oliy Majlisining qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarining , viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlaridan iborat.[1]

  1. “Jadidchilik harakati” va ularning asosiy maqsadi haqida nimalarni bilasiz?

"Jadid" atamasi Turkiya turklarida ilk marta Sulton Salim III hukmronligi (1739-1802) davrida paydo bo'ldi.
Jadidlar milliy adabiyotga xam asos soldilar. Milliy romanchilik shakllana bordi.
Xulosa qiladigan bo'lsak, jadid bobolarimiz moddiy qiyinchiliklar, g'oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar.Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrida millatning ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg'usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o'z zimmalariga oldilar.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomalarida aytganidek, biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini o'uncha ko'p anglab yetadi.

  1. Rasmiy timsollar deganda nimani tushunasiz va Vatanimizning rasmiy timsollarini sanab bering?


Download 84.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling