Millat” deganda nimani tushunasiz? Жавоб- millat
Download 84.31 Kb.
|
савол жавоблар2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ислом динида “Қуръон”дан кейинги мухим манба бўлиб хисобланадиган китоб кайси ва унинг муаллифи хакида нималарни биласиз Жавоб
- Manaviyat deganda nimani tushunasiz
- Samarqand shahridagi Registon maydonida joylashgan 3 ta muhtasham tarixiy obidalarni sanab oting va ularning ahamiyatini tushuntirib bering Жавоб
“Millat” deganda nimani tushunasiz? Жавоб- Millat — uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy jarayonda,siyosiy va ijtimoiy maqsadlari bir biriga zid kelmaydigan, aniq hududiy doirada, til va oʻzlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tari-xining eng yuksak choʻqqisi, oʻziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib toptan ijtimoiy birlik shakli. Ислом динида “Қуръон”дан кейинги мухим манба бўлиб хисобланадиган китоб кайси ва унинг муаллифи хакида нималарни биласиз? Жавоб- Hadis - islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo’lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Ma'naviyat deganda nimani tushunasiz? Жавоб- MA`NAVIYAT (arab. ma`naviyat - ma`nolar majmui) - kishilarning falsafiy, huquqiy, estetik, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. M. mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadi. Samarqand shahridagi Registon maydonida joylashgan 3 ta muhtasham tarixiy obidalarni sanab o'ting va ularning ahamiyatini tushuntirib bering? Жавоб- Oʻzbekistonda, Samarqandning Registon maydonida joylashgan 3 ta madrasadan (Ulugʻbek, Tillakori, Sherdor) tashkil topgan meʼmoriy majmua. Dastlabki 1417—1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydonning sharqiy qismida Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420—1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619—1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47—1659/60) qurdirgan. Registon maydoni oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi[1]. Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon — qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy. Hadis deganida nimani tushunasiz va hadislardan namunalar keltiring? Hadis –Muhammad payg‟ambarning aytgan so‟zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (korib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni o‟zida mujassam qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» so‟zining lug‟aviy ma‟nosi – «so‟z, xabar, hikoya; yangi». Hadislar islom dini ta‟limoti va qonunlari uchun, ba‟zi mazhablar nazdida, Qur‟ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – isnoddan iborat. Hadislar o‟zidagi ma‟lumot xarakteriga qarab, xilma-xildir: - al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda ma‟no – Allohdan, lafz – Payg‟ambardan deb hisoblanadi); - al-hadis an-nabaviy (bunda ma‟no ham, lafz ham Payg‟ambarniki deb hisoblanadi) va boshqalar. Hadislar ilk davrda faqat og‟zaki ravishda avloddan-avlodga uzatilar edi. Yozma ravishda hadislarni to‟plamaslik haqidagi Payg‟ambar va xalifalarning ko‟rsatmalari, asosan, ilk islom dav riga taalluqli edi. Keyingi davrda paydo bo‟lgan muhaddislarning fikricha, Payg‟ambar o‟z so‟zlarini yozib olishdan odamlarni qaytarishlariga sabab – hadislarning Qur‟on oyatlariga aralashtirib yubormaslik lozim edi. Boshqa hadisda esa Payg‟ambar (bu ahl al-hadis muhitiga tegishli bo‟lsa kerak): «Bu og‟izdan – deya o‟z og‟izlariga ishora qildilar – faqatgina haq so‟z chiqadi» – deb, o‟z so‟zlarini yozib olishga buyurganliklari haqida rivoyat qilingan Download 84.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling