Millat” deganda nimani tushunasiz? Жавоб- millat
Download 84.31 Kb.
|
савол жавоблар2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat kodeksi
- milliy istiqlol mafkurasining bosh goyasi
Jinoiy javobgarlik - yuridik javobgarlik turlaridan biri, jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati. J. j. aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov chorasini qoʻllashdan iborat.
Jinoiy jazolar qaysi kodeksda berilgan va ularning turlarini yoritib bering? Jinoyat kodeksi (JK) - har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini aniqlab beradigan, uni sodir etganlik uchun jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralarini belgilaydigan jinoyat qonunlari majmui. Unda jinoyat qonunining meʼyorlari muayyan tizimga solinib, JK shakliga keltirilgan. Oʻzbekston Respublikasi J Jinoyat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan meʼyorlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi JK 1994-yil 22 sabrnt.da tasdiqlangan va 1995-yil 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qismdan — umumiy qism va maxsus qismdan iborat, ular yagona jinoyat qonunini tashkil etadi. Umumiy qismda jinoyat qonunining umumy kqoidalari, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar, jazo va uni tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari belgilab berilgan. Maxsus qismda jinoyatlarning turlari va ular uchun tegishli jazolarni tayinlaydigan meʼyorlar koʻrsatilgan. Umumiy qismda Maxsus qismdagi huquqiy meʼyorlarni amalda tadbiq qilish yoʻllari bayon etilgan.[1] 2021-yil Jinoyat kodeksining 244-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, unda „ommaviy tartibsizlikka daʼvat qilganlik uchun“ javobgarlik belgilandi[2]. Jinoiy javobgarlikning asosiy va qo'shimcha jazo choralarini ayting? Jinoiy jazo - jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan davlatning majburlov chorasi. Sud hukmi bilan qoʻllaniladi. J. j.ning qatʼiy roʻyxati faqat jinoyat qonunida beriladi va JKda koʻrsatilmagan boshqa birorta chora J. j. chorasi hisoblanmaydi. Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan J. j.ning turi va ogʻirlik darajasi sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasiga bogʻliqdir. J. j.ning boshqa majburlov choralaridan farqi uning davlat nomidan sud tomonidan tayinlanishi, jazolash (maʼnaviy, moddiy, jismoniy cheklash) darajasining ancha yuqori boʻlishi, mahkumning huquq va erkinliklari qonunda belgilangan tartibda jiddiy cheklanishidadir. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, J. j. choralari quyidagilardan iborat: jarima, muayyan huquqdan maxrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish, oʻlim jazosi, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum etish.[1] Milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi nima? Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish – milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi. Milliy mafkura nima? Milliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud boʻlishi va rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. Milliy mentalitet nima? Download 84.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling