Millat” deganda nimani tushunasiz? Жавоб- millat


Download 84.31 Kb.
bet6/23
Sana09.08.2023
Hajmi84.31 Kb.
#1666109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
савол жавоблар2

ALLOMA (arab.) — ilm egasi, bir yoki bir necha fan sohasini mukammal egallagan, yangi yoʻnalishlar, kashfiyotlar yaratgan olim.
Vatan tuyg‘usi insonlarga umri davomida hamroh bo‘ladi va yillar sa­yin sayqallanib boradi. Uning o‘zi qanchalik bebaho bo‘lsa, u bilan bog‘liq tuyg‘ular ham shunchalik bebahodir. Shuning uchun ham, ularni yosh­likdan tarbiyalab borish, kamolga yetkazish katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Vatan tuyg‘usi, Vatan tushunchasi biz uchun sajdagohdek muqaddas, sajdagohdek pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak”.



  1. Qaysi yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag'onlar amalga oshirilgan va buning O'zbekistonga ta'siri qanday bo'lgan?

Qatag‘on siyosatining eng yuqori cho‘qqiga chiqqan nuqtasi 1937–1938-yillarga to‘g‘ri keladi. Faqat 1937–1939- yillarda O‘zbekistonda hammasi bo‘Iib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan olti ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli muddatga qamoq va surgunlarga hukm etilgan. XX asrning 20–40-yillarida Cho‘lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Munavvar Qori, Elbek, Rafiq Mo‘min singari bir-biridan iste’dodli adiblar ma’rifat targ‘ibotchilarini ham qatag‘on to‘lqini o‘ziga tortdi. Shuningdek, o‘zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Said Ahmad, Shukurullo “Xalq dushmani” deb e’lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib, o‘zlari qamoqqa olinib, stalincha lagerlarga jo‘natildi.

  1. “Oila” tushunchasiga ta'rif bering va oilaning tayanch ustunlari haqida nimalarni bilasiz?

Oila qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir.

  1. “Tarbiya” tushunchasiga ta'rif bering va bola tarbiyasida ko'proq nimalarga e'tibor berish lozim?

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. 


  1. Davlat tushunchasiga ta'rif bering?

Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlatlar mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo. Mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma hisoblanadi. Davlat jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. Davlat toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.



  1. Davlatning tashqi funktsiyalariga nimalar kiradi va ularni ta'riflang?

Davlatning tashqi funktsiyalari:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling