Millat” deganda nimani tushunasiz? Жавоб- millat


Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha


Download 84.31 Kb.
bet5/23
Sana09.08.2023
Hajmi84.31 Kb.
#1666109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
савол жавоблар2

Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami. Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

  • Yasna («Diniy marosimlar»),

  • Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

  • Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),

  • Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).

  1. Kosmopolitlar kimlar va “O'troq hayot” deganda nimani tushunasiz?

Kosmopolitlar (biologiyada) — Yer yuzining hayot mavjud boʻlgan katta qismida uchraydigan oʻsimlik va hayvonlar turi yoki boshqa taksonlari. Oʻsimlik va hayvonlarning qatiy kosmopolit turlari uncha koʻp emas. Oʻtroqlik — maʼlum bir hududda uzoq vaqt turgʻun hayot kechirish tarzi, koʻchmanchilikning aksi. qadimiy tosh davri (paleolit)ga mansub yodgorliklarda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalardan aniqlanishicha, Oʻ. ilk tosh davrining soʻnggi bosqichlaridayoq (miloddan avvalgi 500— 150 ming yilliklar) yuzaga kela boshlagan.

  1. Chingizxonga qarshi kurashlarda jasorat ko'rsatib, uni lol qoldirgan vatandoshimiz kim va u haqida nimalarni bilasiz?

Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. 

  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizga fashistlar bosib olgan hududlardan ko'chirib keltirilgan millatlar haqida nimalarni bilasiz?

Shuningdek, Oʻzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatdi. Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Minglab yetim bolalarni oʻzbek oilalari oʻz qaramogʻiga oldilar, farzandlaridan kam koʻrmay tarbiyaladilar. Oʻzbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. 113 ta harbiy kasalxona-gospitalni ham otaliqqa oldi.

  1. 9 may – Xotira va qadrlash kuni qaysi yildan buyon yurtimizda keng nishonlanib kelinmoqda va bu bayram nima maqsadda tashkil etilgan?

O‘zbekistonda 1999 yildan beri 9 may – Ikkinchi jahon urushida Germaniya fashizmi bosqinchilari mag‘lub etilgan va G‘arbiy frontda urush tugagan kunda Xotira va qadrlash kuni nishonlab kelinadi. Bu kunni shunday nomlash tashabbusi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovdir.
2023 yil 9 may kuni Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga 78 yil to’ladi.

  1. Ikkinchi jahon urushi arafasida O'zbekistonda qancha aholi yashagan va shundan qanchasi Ikkinchi jahon urushidagi janglarda ishtirok etgan?

1941 yil arafasida O‘zbekiston aholisi 6,8 million kishidan ortiq edi. Urush boshlanganidan beri 2 millionga yaqin vatandoshimiz frontga ketgan, shundan 500 mingdan ortig‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan.
➖ 200 mingdan ortiq askar va ofiser harbiy orden va medallar bilan taqdirlandi. 301 nafar vatandoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, 70 nafardan ortig‘i uchinchi darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.
➖ Shuningdek, O‘zbekiston 1,5 milliondan ortiq keksalar, ayollar va bolalarga boshpana bergan. Ularning 200 mingdan ortig‘i yetim bolalardir. Evakuasiya qilingan bolalar nafaqat mehribonlik uylariga tarqatildi, balki o‘zbek oilalari tomonidan ham qabul qilingan. Masalan, respublika rahbari Usmon Yusupov o‘z oilasiga uch nafar farzandni asrab olgan.
O‘n va undan ortiq bolani qabul qilib olgan oilalar ham bo‘lgan. Shoahmad Shomahmudovlar oilasi 15 nafar bolani asrab olgan.
Butun Ittifoqdan kelgan qochqinlarga boshpana bergan o‘ziga xos evakuasiya markaziga aylangan Toshkent aynan o‘sha yillardan “Non shahri”, “Xalqlar do‘stligi shahri” deb atala boshladi.

  1. “Tinchlikning qadri” deganda nimani tushunasiz?

Ona yurtga yehtirom, ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattaga hurmatda kichikka izzatda bo‗lish. 

  1. Vatan tuyg'usi deganda nimani tushunasiz va bir umr Vatan tuyg'usi bilan yashagan, Hindiston o'lkasida podsholik qilgan Zahiriddin Muhammad Boburning qabri qaysi shaharda joylashgan?

Vatan — inson uchun bebaho boylik. Vatanning borligi odamga beqiyos kuch-qudrat, g‘ayrat-shijoat baxsh etadi. Men uyda ota-onamdan, buvim va buvamdan, kollejdagi ustozlarimdan hamda meni o‘rab turuvchi ziyoli insonlardan Vatan haqida ko‘p gaplarni eshitganman. Vatanparvar insonlar haqida film va spektakllar ko‘rganman, kitoblar mutolaa qilganman. Ona yurt haqida she’rlar yod olganman, o‘rtoqlarim bilan qo‘shiqlar kuylab, rasmlar chizganman. Bu tuyg‘u insonlarning qalbidan chuqur o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham inson borki, barchasi o‘z vatanini sevib ardoqlaydi, uni hech qanday boylikka alishmaydi. Unga nisbatan biror-bir xavf tug‘iladigan bo‘lsa, yurtini himoya qilish uchun kurashga otlanadi.

E’tibor berib qaraganda, dunyodagi barcha mard va qahramon insonlar, avvalo, Vatanni sevgani uchun qalblarida Vatan tuyg‘usi jo‘sh urgani uchun ham botirlik ko‘rsatib, nom qozonganlar. Shu tuyg‘u bois, kishilar Vatan haqida kuylaydilar, yurtning taqdiriga kuyunadilar, uning ravnaqidan quvonadilar. Demak, ona yurt insonni o‘z bag‘rida voyaga yetkazibgina qolmay, unga eng muqaddas tuyg‘ularni, eng go‘zal taassurotlarni bag‘ishlaydi.


Vatan tuyg‘usi insonlarga umri davomida hamroh bo‘ladi va yillar sa­yin sayqallanib boradi. Uning o‘zi qanchalik bebaho bo‘lsa, u bilan bog‘liq tuyg‘ular ham shunchalik bebahodir. Shuning uchun ham, ularni yosh­likdan tarbiyalab borish, kamolga yetkazish katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Vatan tuyg‘usi, Vatan tushunchasi biz uchun sajdagohdek muqaddas, sajdagohdek pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak”.
Vatanni bilish — dunyoni bilish, o‘zlikni anglash, har bir insonning butun bashariyat bilan qanchalik bog‘liq, aloqador ekanini tushunish yo‘li ham demakdir.
Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada vafot etdi. Uning qabri 1539 yilda Kobuldagi Bog’i Boburga o'tkazilgan va 1646 yilda uning qabri ustiga maqbara qurilgan.

  1. «Alloma” deganda nimani tushunasiz va Vatan tuyg'usi har ishda, har qadamda madadkor bo'lsin deb o'z ismi shariflariga tug'ilgan joylarining nomini qo'shib yozgan mutafakkirlardan kimlarni bilasiz?


Download 84.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling