Vatan” tushunchasiga ta'rif bering va ulug' ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy Vatanga qanday ta'rif bergan?
Vatan so'zining ma'nosi bugungi kunda juda kengayib ketgan.Hozirgi vaqtda vatan deganda faqat tug'ilgan makonni emas, awaloo'zimiz yashayotgan mamlakatni tushunamiz. Inson tug'ilgan, voyaga yetgan xonadon, mahalla, qishloq va shahar esa Vatanichidagi kichik vatandir. Abdulla Avloniy- Bu inson va uning avlodlari kindik qoni to‗kilgan muqaddas dargoh. Vatan bu- ajdodlar maskani, el-yurt xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf odatlari
chambarchas shakllanib kamol topgan zamindir.
Sohibqiron bobomiz Amir Temur haqida nimalarni bilasiz?
Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
Amir Temur — buyuk davlat asoschisi hisoblanadi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning „… davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim“, degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.
O'zbekiston jahondagi davlatlarning xalqaro uyushmasi – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qachon qabul qilindi va u bilan qaysi yo'nalishlarda hamkorlik amalga oshirilmoqda?
O‘zbekiston yangi suveren, mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) 1992 yil 2 martda a’zo bo‘ldi. 1993 yil O‘zbekiston tomonidan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib ilgari surilgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish bo‘yicha tashabbus yadro qurolini tarqatmaslik va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shilgan muhim hissa bo‘ldi. Ushbu tashabbus bo‘yicha shartnoma 2006 yil sentyabr oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi.
Demokratiya tushunchasiga ta'rif bering?
Demokratiya — (qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.[1] Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.
“Mahalla” va “Qishloq” tushunchalariga ta'rif bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |