Kibernetika (yun. kybernetile - boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanadigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash texnikasi, neyrofiziologiya va matematik mantiklarning nazariya hamda amaliyotlarining rivojlanish natijalari sifatida vujudga kelgan.
Milliy istiqlol g'oyasi nima?
G'oya - ijtimoiy fikr sifatida shakllanadi. G'oya-muayyan tarzda namoyon bo'ladi. G'oya - biron-bir maqsadni ifodalaydi. G'oya- amaliy harakatga undaydi. G'oya - muayyan mafkuraning asosi.
Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi.
Qonun vaqt bo'yicha qanday tartibda kuchga kiradi?
Qonun (huquqda) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi.
Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Qonunda yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi.
Huquqbuzarlik tushunchasi va turlari?
Huquqbuzarlik — huquq va muomala layoqatiga ega subʼyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish.
Huquqbuzarlik uchun qonunda tegishlicha fuqaroviy, maʼmuriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Intizomiy huquqbuzarlik nima, unga misollar keltiring?
Intizomiy huquqbuzarlik - bu xodimning aybi bilan sodir etilgan mehnat huquqbuzarliklarining turlaridan biri.
Fuqarolik huquqbuzarlik nima, unga misollar keltiring?
Fuqarolik huquqiy javobgarlik — yuridik javobgarlikning mustaqil turi. Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan sanksiyalar koʻrinishida ifodalanadi.
Jinoyat va jinoiy javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
Jinoyat konunida bеrilgan bu tushunchadan xulosa kilib jinoyat xukukida jinoyatga: Jazolash taxdidi ostida jinoyat konuni bilan takiklangan kilmishini aybli sodir kilmishga jinoyat dеb ta'rif bеrish mumkin. Jinoyatning bu ta'rifini kеng ma'noda olganda jinoyat shaxsga, uning xukuk va erkinliklariga, mulkka, tabiiy muxitga, tinchlikka, insoniyatning xavfsizligiga jinoyat konuni bilan jazolanadigan xukukka xilof bulgan ijtimoiy xavfli tajovuzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |