Millatdosh, — dedi haligacha menga ko‘rinmay turgan odam, — ogohlantiraman!


Download 42 Kb.
bet3/3
Sana14.12.2022
Hajmi42 Kb.
#1003659
1   2   3
Bog'liq
GENRIX BYOLL.

Biz kirib borgan yarimyalang‘och xonada bitta yozuv stoli, telefoni bilan, va ikkita oromkursi bor, men xonaning o‘rtasida turishim kerak, mirshab dubulg‘asini yechib, o‘tirdi.
Boshlanishiga sukunat hukm surdi, hech nima bo‘lmadi. Doim shunaqa qilishadi, va bu — eng yomoni. Vaqt o‘tgan sayin yuzimda baxtsizlik alomatlari kuchayib borayotganini sezib turibman. Buning ustiga o‘lgudek charchaganman, ochman, halok bo‘lishim muqarrar.
Bir necha soniyadan keyin kichik tergovchining och jigarrang formasini kiygan, rangi o‘chgan, novcha bir odam kirib keldi va hech nima demasdan oromkursiga o‘tirdi-da, menga sinchiklab qaradi.
Hunar?!
Oddiy millatdosh.
Tug‘ilgan yil?!
Birinchi, birinchi,... yigirma birinchi yil.
Mashg‘ulot?!
Mahbus.
Tergovchi mirshab bilan ko‘z urishtirib olishdi.
Qachon va qaerdan ozod etilgan?!
Kecha, o‘n ikkinchi korpus, o‘n uchinchi kamera.
Qayoqqa yo‘llangan?!
Poytaxtga.
Hujjat!
Cho‘ntagimdan ozodlik haqidagi guvohnomani chiqarib, tergovchiga uzatdim. U guvohnomani ko‘rsatmalarim yozilayotgan qalin, yashil qog‘ozga to‘g‘nab qo‘ydi.
Nima uchun qamalgan?!
Baxtiyor yuzim uchun.
Tergovchi va mirshab yana bir-biriga qarab olishdi.
Aniqroq! — dedi tergovchi.
Oliy xukmdor vafotining yilligi — umumiy motam kunida yuzim baxtiyor ekani mirshablar e’tiborini o‘ziga tortgan.
Muddat?!
Besh.
Xulq?!
Yomon.
Aniqroq?!
Xizmat burchlaridan bosh tortish.
So‘roq tugadi.
Kichik tergovchi o‘rnidan turib keldi-da, bir musht urib, oldingi uchta tishimni sindirdi. Bu — men o‘ta xavfli jinoyatchi sifatida maxsus tamg‘alanishim kerakligini bildiradi. Bunaqa qattiq jazo chorasiga yo‘liqaman, deb o‘ylamagandim. Kichik tergovchi chiqib ketgandan keyin xonaga to‘q jigarrang forma kiygan barzangi tergovchi kirib keldi.
Tergovchi, katta tergovchi, sudya, bosh sudya, ora-chora meni tutib keltirgan mirshab, hammalari qonun ko‘zda tutgan jazolarni berishdi. Bir vaqtlar yuzim baxtli ko‘ringani uchun besh yilga qamalgan bo‘lsam, endi, g‘amgin yuzim uchun o‘n yilga hukm qilishdi.
Umumiy baxtiyorlik va sovundek ko‘pirgan rohat-farog‘atga g‘arq bo‘lgan shu o‘n yildan o‘lmay qutulib olsam, yuzimda hech qanday ifodalar bo‘lmasligiga harakat qilaman.

1950.

Ruschadan Qudrat Do‘stmuhammad tarjimasi.
Sharq yulduzi” jurnali, 1999 yil, 6-son
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling