Миллатлараро тотувлик миллий ва диний бағрикенглик
Download 39.37 Kb.
|
Маъруза матни (2)
TolerantlikTolerantlik (lot. tolerantia — sabr-toqat), bag‘rikenglik — o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lish. Hozirgi dunyoda tolerantlik o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikasiyalarning tez rivojlanishi, integrasiya va o‘zaro bog‘liklik, keng miqyosli migrasiya va aholining ko‘chib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bag‘rikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga ko‘ra, har kim o‘z e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog‘i lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Tolerantlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida YUNESKO “Bag‘rikenglik tamoyillari deklarasiyasi”ni qabul qilgan (1995-yil 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning o‘ziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munosabatini O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar o‘rtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagan va bu xalqimizning azaliy bag‘rikengligini ko‘rsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo tolerantlikning yaqqol namunasidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzidagi ikki yuzga yaqin davlatda 7 milliard 700 million kishini tashkil etadigan, 7000 til va lahjada gaplashadigan aholi istiqomat qilmoqda. Jahonning etnik xaritasiga e’tibor bersak, bugungi kunda dunyoda miqdoran bir necha yuztadan tortib bir necha yuz millionni tashkil etadigan 2000 ga yaqin har xil millat va elatlar yashayotganining guvohi bo‘lamiz. Shunday ekan, millatlararo bag‘rikenglik, ular orasida o‘zaro hurmat va do‘stona aloqalarni o‘rnatish orqaligina dunyoda barqarorlik, osoyishtalikni ta’minlashning asosiy omili bo‘lib qolaveradi. Biz yashayotgan, avlodlarimiz yashaydigan Yer sayyorasi unlab millatlarning umumiy uyidir. “Har qanday millat, - deydi Prezidentmiz, - u naqadar kichik bo‘lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Yer yuzasidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi.” “Gʻoya bir mamlakatning uziga taaluqli bo‘lsa, uni milliy g’oya deyish mumkin” yoki “Vatanning ilg’or kishilari tomonidan ishlab chiqiladigan va hech bo‘lmaganda, fuqarolarning kupchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan g‘oyalarga milliy yoki umummilliy g‘oyalar deyiladi”, - degan qarashlar shular jumlasidandir. Bugungi kunda yer yuzasida mavjud bolgan ikki yuzdan ortiq davlatning aksariyati ko‘p millatli (poliyetnik) tarkibga ega bo‘lib, ularning har biri muayyan o‘ziga hoslik bilan ajralib turadi. Ko‘p millatlilik O‘zbekistonga ham xosdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1897-yilda mamlakatimizning hozirgi xududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1926-yilda ularning soni 91 taga, 1959-yilda 113 taga, 1979-yilda 123 taga, 1989-yilda 136 taga yetgan. Milliy siyosatimizning asosiy maqsadi kishlarning etnik va boshqa belgilardan qat’i nazar, yagona O‘zbekiston xalqi sifatida jipslashuvi va millatlararo totuvlikga asoslangan birligiga erishishdir. Millatlaro totuvlik esa milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, muayayn hudud, davlatda turli millat vakillarining tinchlikda hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishi, o‘zaro ahil munosabatlarda bo‘lishini anglatadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu olamda tabiiy rang - baranglik bilan jamiyatda milliy o‘zigaxoslikni ifodalaydi. Millatlararo totuvlik goyasi - umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotda muhim omil bo‘lib, shu joyda tinchlik va barqarorlikning kafolati bolib xizmat qiladi. Bu g‘oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma’naviy asosidir. Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat bu -tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g‘oyalar ta’siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrar. XX asrda Yevropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bolgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g’oyasiga asoslangan kommunizm g‘oyasi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Jahon keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O‘zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zaxmatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli- millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo‘lmokda. Bunday ahillik do‘stlik va hamkorlik o‘zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitusiyasida mustahkmlanib qo‘yilgan. Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir, - degan qoida mustahkamlanib qo‘yilgan. Download 39.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling