O'rtacha miqdorlarning mohiyati va ularni qo'llashdagi asosiy shartlar. O'rtacha arifmetik miqdorning


Download 498 Kb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi498 Kb.
#1334599
  1   2   3
Bog'liq
ortacha miqdorlar

  • Mavzu: O`rtacha miqdorlar.
  • Reja:
  • O'rtacha miqdorlarning mohiyati va ularni
  • qo'llashdagi asosiy shartlar.
  • 2. O'rtacha arifmetik miqdorning
  • turlari va ularni hisoblash tartibi.
  • 3. O'rtacha geometrik miqdorlar.
  • 4. O'rtacha kvadratik miqdor.
  • 5. Moda va mediana (tuzilmaviy o'rtacha miqdor).
  • Har qanday hodisa va voqea o'zining alohida va umumiy miqdorlariga ega. Ijtimoiy hodisalar yig'indisidagi har qaysi birlikning o'ziga xos xususiyati va miqdoriy ahamiyati bor. Ammo birliklarning butun bir guruhini ta'riflash uchun butun bir guruhning umumiy miqdoriy qiymatini belgilash zarur bo'ladi.
  • Masalan, xo'jalik paxtachiligidagi ishchilar oladigan ish haqi ularning malakasiga, ish normasini bajarishiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Agar xo'jalik ishchilarining ish haqi darajasini ta'riflash zarur bo'lib qolsa, bitta ishchining ish haqi bilan buni tavsiflab bo'lmaydi. Buning uchun shu guruh ishchilar oladigan ish haqining o'rtacha miqdorini hisoblab chiqarish kerak. O'rtacha miqdorning vazifasi bir son bilan bir xil yig'indidagi barcha birliklarning belgi darajasini aniqlashdir.

. O'rtacha miqdor bir xil yig'indidagi har bir birlikda bo'lgan umumiylikni aksettiradi. O'rtacha miqdorlarni hisoblashda quyidagi asosiy prinsiplaiga rioya etish lozim.

  • 1. O'rtalashtirilayotgan alohida miqdorlar bir xil turdagi to'plamga xos bo'lishi va mohiyatlari jihatidan tubdan farq qo'yilmasligi kerak, miqdoran bir biridan tafovutda bo'lib, ularning soni yetarlicha ko'proq bo'lishi lozim.
  • 2. O'rtacha miqdorlar yetarli darajada katta bo'lgan bir turdagi ommaviy to'plamlar uchun hisoblanishi kerak.
  • 3. O'rtacha miqdor faqatgina umumiy uchun hisoblanmasdan balki to'plamning ayrim guruhlari, qismlari uchun ham hisoblanishi kerak.
  • 4. O'rtacha hisoblanishi lozim bo'lgan belgi muhim bo'lishi shart. Aks holda o'rtacha ham ahamiyatsiz bo'lib qoladi, o'rtacha sifat jihatdan o'zgaruvchan belgi bo'yicha hisoblanishi mumkin emas. Jumladan "o'rtacha millat" "o'rtacha rang", "o'rtacha muhit" va hakazo.

Download 498 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling