Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси
Download 22,93 Kb.
|
Bizni sih MIG'
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mafkura, uning jamiyat hayotidagi o’rni
- mafkura
- Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi.
- Изоҳ: Ҳар бир талаба гуруҳ журналидаги рақамидан келиб чиққан ҳолда фақат бир саволга жавобни қўлёзма шаклида ёзиши тавсия этилади.
“Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси” фани бўйича 1-модуль оралиқ назорат саволлари Мафкуравий жараёнларнинг жамият ижтимоий ҳаётидаги ўрни.
Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda, mafkurani har xil turkumlash mumkin. Xususan, unda ilgari surilayotgan g’oyalar, maqsadlarga, ya’ni ularning to’g’ri yoki noto’g’riligiga qarab, ilmiy va noilmiy mafkurani ajratish lozim. Ayni paytda mafkuraning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishidan kelib chiqqan holda, progressiv va reaktsion mafkura deyish mumkin. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlarning ro’yobga chiqishining ehtimollik darajasiga tayanib esa, real va utopik mafkurani farqlash mumkin bo’ladi. Ammo, mafkura shakllarini ajratish faqat shu bilan cheklanmaydi. Mafkuraning jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlar, turmush tarzini saqlab qolish yoki uni isloh qilishga yo’naltirilganligiga asoslangan konservativ va liberal shakli ham bor. Mafkurani yuqoridagicha turkumlash unga turli tomonlar, xilma-xil mezonlar asosida yondashish natijasidir. Va u albatta, shartli, nisbiy xarakterga ega. Masalan, mohiyatan ilmiy bo’lgan mafkura inson bilimlari yutuqlariga tayangani uchun ko’zlangan maqsadlarning amalga oshishiga yordam beradi, jamiyat rivojlanishiga ijobiy (progressiv) ta’sir qiladi. O’z-o’zidan bunday mafkura bir tomondan, ijtimoiy munosabatlarda, turmush tarzida umrini yashab bo’lgan, qotib qolgan jihatlarga qarshi qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mavjud ijobiy holatlarni saqlab qolish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda, umumiy tarzda jamiyat, uning tuzilishi, rivojlanish yo’llari haqidagi g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimiga mafkura deyiladi, deb xulosa chiqarish mumkin. Ammo mafkuraviy andoza va qoidalar mutlaqlashtirilishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Mutlaqlashtirish uni tayyor va o’zgarmas tamoyillar, ko’rsatmalar yig’indisi sifatida tushunish natijasida yuzaga keladi. Bunday tushunish, ma’lum darajada, xavfli ekanligini ham ta’kidlash zarur. Xususan, marksizm asoschilari asarlarida bayon etilgan g’oya, printsiplarning mutlaqlashtirilishi, hayot o’zgarib borayotgan bir paytda mafkuraviy qarashlarda dogmatizmning ustuvorligi, hayotni qotib qolgan mafkuraviy andozalarga qarab o’zgartirishga urinish er yuzida bir-biriga qarama- qarshi turgan ikki siyosiy sistemaning shakllanishiga olib keldi. Insoniyatni halokat yoqasiga keltirib qo’ygan bu mafkura bilan qurollangan yoki zo’rlab qurollantirilgan xalqlar mashaqqatli kunlarni, og’ir judoliklarni boshidan kechirdilar. Insoniyat boshiga ko’plab kulfatlar keltirgan bunday mafkuralar haqida ko’plab misollar keltirish mumkin. Biroq ular umuman mafkuraning jamiyat hayotidagi rolini inkor etmaydi. Agar muayyan bilimlar, qadriyatlar va maqsadlar tizimi — mafkura bo’lmas ekan, kishilarda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini to’la-to’kis anglash imkoniyati bo’lmaydi, davlat, jamiyat o’z taraqqiyot yo’lini yo’qotib qo’yadi. Buning isboti uchun uzoqqa borish shart emas. Chunonchi, sodir bo’layogan jarayonlarni tushunishga va mavjud muammolarni hal qilishga turlicha yondashuv, yagona birlashtiruvchi mafkuraning yo’qligi, sobiq Ittifoq davrida «bosmachilik» tamg’asi bosilgan milliy ozodlik harakati namoyandalarining yakdil faoliyatiga imkon bermadi. Ularning har biri ezgu maqsadlar yo’lida harakat qilgan, millat ozodligini orzu etgan bo’lsalar-da, ammo yagona milliy g’oya va rahnamo atrofida birlasha olmadilar. Prezidentimiz o’rinli ta’kidlaganlaridek, mafkuraviy yakdillik bo’lmagan, bo’shliq yuzaga kelgan joyda begona mafkura hukmron bo’lishini isbot qiladigan ana shunday misollarni xoh o’tmishdan, xoh zamonamizdan ko’plab keltirish mumkin. Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi. «Ko’p sinovlar, azobu-uqubatlar, xatolar, fojialar, urushlar, qatag’onlarni boshidan kechirgan asrimiz poyoniga etayotgan, insoniyat yangi asr bo’sag’asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o’zaro kurashi har qachongidan ham ko’ra shiddatli tus olmoqda, — deb yozadi Prezidentimiz. — Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o’rtasidagi fikr talashuvlari goh bahs-munozara doirasidan chiqib to’qnashuvlar, ommaviy qirg’inlarga sabab bo’lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg’u-kulfatlar solmoqda». Nega bunday kurash davom etmoqda? Nega u to’qnashuv, qonli kurash ko’rinishlarini olmoqda? Jahon siyosiy xaritasida ko’plab davlatlar mavjud. Turli dinlar, diniy oqimlar, mazhablar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning har birining o’zgalardan farq qiladigan mafaatlari bor. Aynan mana shu manfaatlar ulkan xarakatlantiruvchi kuch hisoblanadi va u o’zga davlatlar, xalqlar, ijtimoiy guruhlar ongiga, dunyoqarshiga, turmush-tarziga ta’sir o’tkazish, o’zlariga bo’ysundirish uchun yo’naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan maqsad, muayyan iqtisodiy, siyosiy va diniy qarashlarni singdirish orqali turli ko’rinishdagi ehtiyojlarni qondirishga intilishdir. Bunday intilish turli vositalar va yo’llardan foydalanishni, ularning doimiy takomillashib borishini keltirib chiqarmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «ba’zan beozorgina bo’lib tuyulgan musiqa, oddiygina mutfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi». Xalqaro maydonda ham bunday ta’sir o’tkazishning tinch yo’li ko’zlangan maqsadga olib kelmaganda, mamlakat ichki ishlariga aralashish, mavjud ziddiyatlarni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo’li bilan bo’lsa ham ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga bo’lgan urinishlarni isbotlovchi bunday misollarni ham ko’p keltirish mumkin. Afg’onistondagi urush yigirma yildan ortiq vaqtdan beri davom etib kelmoqda? Buning sababi nimada? Avvalo, Afg’oniston ikki sistemaning xalqaro maydonda hukmronlik qilishga intilishining qurboni bo’ldi, deb bemalol aytish mumkin. Chunki, dastlab Afg’onistondagi bir-biriga dushman bo’lgan kuchlarni ikki sistemaning etakchi davlatlari har tomonlama qo’llab-quvvatladilar, sotsialistik va burjua mafkuralari deb atalgan mafkuralarning kurash poligoniga aylantirdilar. Keyinroq milliy yarash harakati yuzaga kelgan va uni jahon afkor ommasi keng qo’llab-quvvatlagan paytda diniy-ekstremistik harakatlarni quvvatlagan kuchlar ta’sirida mamlakat kurash maydoniga aylandi va fuqarolik urushi yangi sifatiy holat kasb etdi. Bugungi kundagi voqealar Afg’onistondagi fuqarolar urushi ko’proq surunkali nizo ko’rinishini olayotganligini ko’rsatmoqda. Bularning barchasi tashqi kuchlarning Afg’onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga kuchli ta’sir o’tkazayotganligi, mamlakatning taraqqiyot yo’li xususidagi o’z qarashlari, standartlarini singdirishga, bir so’z bilan aytganda, o’z mafkuralarining hukmron mavqega ega bo’lishi uchun harakat qilayotganliklari oqibatidir. Afg’onistonning bugungi ahvoli jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinishlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Shunday bo’lsa-da inson ongi va qalbi uchun kurash, uni egallash orqali o’z ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ro’yobga chiqarishga intilish tobora kuchayib, yangidan-yangi shakl kasb etmoqda. Xususan, jahon maydonlarini diniy e’tiqod umumiyligini pesh qilgan yoki etnik birlikka urg’u bergan holda bo’lib olishga urinishlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Bu yo’lda xilma-xil usullar va vositalardan foydalanilmoqda. Ana shularning barchasidan bitta xulosa chiqarish mumkin. XX asrda ikki jahon urushini boshdan kechirgan insoniyat so’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra, yuzaga kelayotgan va o’z oqibatlariga ko’ra jahon urushlaridan ham falokatliroq bo’lgan yangidan — yangi mojarolarga duch kelmoqda. Bunday mojarolar unga tortilgan xalqlar hayotini izdan chiqaribgina qolmay, qo’shni xalqlar ruhiyati, turmushi, taraqqiyotiga ham jiddiy va sezilarli salbiy ta’sir o’tkazishi tabiiy, albatta. Afsuski, mustaqillikka erishgan O’zbekistonga chegaradosh hududlarda ham ana shunday mojarolar davom etmoqda. «Qo’shning tinch — sen tinch», — deydi xalqimiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ming-minglab odamlar hayotiga zomin bo’layotgan Afg’onistondagi tanglik davom etayotgan ekan, aslo xotirjamlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Nega? Chunki ushbu mojaro ta’sirining boshqa jihatlarini inobatga olmaganda ham, adovat urug’ini sochishga, o’rta asr jaholatparastligiga asoslangan o’z aqidalarini zo’rlab qabul qildirishga va shu yo’l bilan mintaqani o’z ta’sir doiralariga tortishga intilayotgan kuchlar mavjudligini va ularning o’z maqsadlari yo’lida faol harakat qilayotganliklarini aslo unutmaslik lozim. XX asrning so’nggi yillari haqida gap ketar ekan, u nafaqat yuqoridagi kabi mojarolar, balki ijtimoiy hayotning xilma-xil sohalarida qo’lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan ham xarakterlanishini tan olish zarur. Ayni paytda ana shunday ijobiy jarayon bilan bir qatorda, yuqorida ta’kidlanganidek, ekstremizm va fundamentalizmdek o’ta xavfli qarashlar tizimi va faoliyati ham tarix sahnasiga chiqqanligini ta’kidlash zarur. Bunday kuchlarning iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy salohiyatining kattaligi, axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq ko’rsatish imkoniyatining ulkanligi, vosita va mexanizmlarning xilma-xilligini alohida ta’kidlash lozim. Mamlakatimizning taraqqiyotiga, kishilarimiz ongi va ruhiyatiga o’zlarining tor manfaatlaridan kelib chiqqan holda ta’sir ko’rsatishga harakat qiladigan kuchlar, diniy ekstremizm yoki agressiv millatchilik ko’rinishidagi turli oqim va harakatlar, ularning g’arazli maqsad va intilishlari mavjud bo’lgan vaziyatda inson o’z mustaqil fikriga va e’tiqodiga ega bo’lmasa, turli mafkuralarning bosimi va tazyiqlariga bardosh berishi qiyin. Bu tuyg’ularni shakllantirish, buyuk maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish, millatning hamjihatligini ta’minlash uchun esa unga xizmat qiladigan, rag’batlantiradigan, yo’naltiradigan o’z milliy mafkuramizni shakllantirmog’imiz lozimligi shubhasizdir. Xo’sh milliy mafkuramiz nimalarga asoslanishi va ongimizga qanday tamoyillarni singdirmog’i lozim? Bu savolga javobni ham Prezidentimiz asarlaridan topish mumkin. «Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga bu mafkura xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli o’laroq munosib o’rin egallashga doimo intilish hissini tarbiyalamog’i kerak» 17 . Shubhasiz, aynan shunday mafkuragina fikr qaramligi, tafakkur qulligining oldini olishga xizmat qiladi, milliy jipslikni, taraqqiyotni, mamlakatimizning tom ma’nodagi buyuk kelajagini ta’minlaydi. Изоҳ: Ҳар бир талаба гуруҳ журналидаги рақамидан келиб чиққан ҳолда фақат бир саволга жавобни қўлёзма шаклида ёзиши тавсия этилади. Download 22,93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling