Миллий валюта конвертацияси ва унинг иктисодий ахамияти


Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir


Download 240.5 Kb.
bet2/4
Sana31.07.2023
Hajmi240.5 Kb.
#1663918
1   2   3   4
Bog'liq
1-2MAVZU Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy

Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:

  • ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashishi;
  • resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;
  • xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi;
  • jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.

Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni kо‘rsatadi:

  • jahon xо‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini;
  • an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va xarakterining о‘zgarganligini (u kо‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xizmat qila boshlaydi);
  • kapital migratsiyasining intensivlashganligini;
  • ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi va shuningdek xizmatlar sohasining rivojlanganligini;
  • ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada о‘sganligini (xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xо‘jalikning baynalminallashuvining muhim qismi bо‘lib qolmoqda);
  • davlatlar va mintaqalar о‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarining tezlashishi va kengayishini.
  • Baynalminallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning о‘sib borayotgan о‘zaro aloqa va о‘zaro bog‘liqligini xarakterlaydi.
  • Mehnat taqsimoti – bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib chiqadi.
  • Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat faoliyatini turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvida, о‘zaro hamkorligida namoyon bо‘ladi. Mehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yо‘li sifatida ham kо‘rish mumkin.
  • Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi – birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan, arzonroq bо‘lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan holda ichki harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
  • Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosiy yо‘nalishini biz xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining kengayishida kо‘rishimiz mumkin. Xalqaro kooperatsiya (XK) va xalqaro ixtisoslashuv (XI) xalqaro mehnat taqsimotining shakllari bо‘lib, uning mohiyatini namoyon qiladi.
  • Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli - xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning obyektiv asosi bо‘lib, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishining о‘sib borayotgan darajasi, hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida rо‘y berishidan qat’iy nazar mustaqil korxonalar о‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish jarayonlarini borishi hisoblanadi.
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan kо‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida rо‘y berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80%i tashqi savdoning ulushiga tо‘g‘ri keladi.
  • Dunyoda mavjud bо‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha “dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda kо‘rinadi. Hozirgi kunga qadar hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sog‘lom iqtisodiyotni hosil qila olgani yо‘q”.
  • “Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq tо‘lanadigan olib kirishi, ya’ni, import va haq tо‘lanadigan olib chiqish, ya’ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning hak tо‘lanadigan tovar aylanmasi yig‘indisi xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo tushunchasi torroq ma’noda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlarda tovar aylanmasining yig‘indisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar aylanmasining yig‘indisi va x.k.
  • Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari о‘z tarixiga ega, albatta. Mamlakatlarning nima sababdan о‘zaro oldi-sotdi kilishi masalasi XVII asrning boshlaridanoq iqtisodchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Endigina vujudga kelgan iqtisodiy ta’limot maktablari tashki savdoni rivojlantirishga о‘z e’tiborlarini karatishgan.
  • Merkantilizm iqtisodiy ta’limotning bir yо‘nalishi bо‘lib, u yevropalik olimlar (Tomas Mun (1571-1641), Charles Davenant (1656-1714) Jaen Baptiste Colbert (1619-1683), Sir William Petty (1623-1687)) tomonidan ishlab chikilgan. Merkantilistlar ishlab chiqarishning tovar tabiatiga urg‘u berishgan.
  • Merkantilistlar nuqtai nazariga kо‘ra, dunyo cheklangan mikdordagi boyliklarga ega, shuning uchun bir mamlakatning boyishi fakatgina boshqa mamlakatning kambag‘allashuvi hisobiga yuz berishi mumkin. Boylikning kо‘payishi qayta taqsimlanish orkali mumkin bо‘lganligi bois, har bir mamlakatga kuchli iqtisodiyotdan tashkari armiya, xarbiy va savdo flotini о‘z ichiga olgan kuchli davlat "mashina"si ham kerakki, u mamlakatning boshka mamlakatlardan ustunligini ta’minlay olsin.
  • Merkantilistlarning xalqaro savdo nazariyasi uchun sezilarli hissasi shundaki, ular mamlakatning iqtisodiy tarakkiyotida xalqaro savdoning ahamiyatini kayd etdilar va uni rivojlantirish modellaridan birini ishlab chikdilar. Ular zamonaviy iqtisodiyotda ishlatiladigan tо‘lov balansi tushunchasini birinchilardan bо‘lib izohlab berishgan.
  • Merkantilistlar dunyokarashlarining chegaralanib kolganligi shundaki, ular bir mamlakatning boyishi fakatgina u savdo olib borayotgan boshka mamlakatning kambagallashuvi xisobiga yuz berishi mumkin deb xisobladilar, xalqaro iqtisodiyot rivojlanib borishini, binobarin mamlakatning rivojlanishi mavjud boylik chegarasida emas, balki bu boylikni kupaytirish xisobiga ham yuz berishi mumkinligini tushuna olmadilar. Birok bir muncha keyinrok vujudga kelgan fiziokratlar ta’limotlaridan farkli ularok, merkantilistlarning karashlari ilmiy tafakkurni xalqaro iqtisodiyotda klassik maktab goyalari tomon undadi.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling