I-MAVZU. Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari I-MAVZU. Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari - 1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar faning predmeti
- 2. Jahon xо‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari
- 3. Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish xususiyatlari
- 4. Xalqaro mehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar
- 5. Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishining zamonaviy о‘ziga xos tomonlari. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi
- 2.1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro savdo konsepsiyasi
- 2.2. Xalqaro savdoning klassik nazariyalari
- 2.3. Xalqaro savdoda umumiy muvozanat
- 2.4. Xalqaro savdoning yangi nazariyalari
- Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning о‘zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о‘z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, kо‘pmilliy korporatsiyalarni) jahon xо‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi: - Xalqaro mehnat taqsimoti.
- Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
- Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.
- Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
- Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
- Xalqaro iqtisodiy integratsiY.
- XXI asr bо‘sag‘asidagi jahon xо‘jaligi - о‘z miqyosiga kо‘ra globaldir; u tо‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi.
- Ikkinchi jaxon urushidan keyingi о‘n yilliklarda jahon xо‘jaligini rivojlanish yetakchi tendensiyalaridan biri, bu kо‘plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xо‘jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xо‘jalikka о‘tishidir. Aynan ana shu davrda AQSH olimlari “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” degan tezislar bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida о‘z hukmronligini о‘tkazish bilan bog‘liq edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSH hukumati tomonidan yangi iqtisodiy tartib qо‘llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” tezislari hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qaratilgan quroli, shuningdek amerika korporatsiyalarining tutib bо‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi.
- Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |