Миллий валюта конвертацияси ва унинг иктисодий ахамияти


Mutlaq ustunlik nazariyasi


Download 240.5 Kb.
bet3/4
Sana31.07.2023
Hajmi240.5 Kb.
#1663918
1   2   3   4
Bog'liq
1-2MAVZU Jаhоn iqtisоdiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy

Mutlaq ustunlik nazariyasi
  • Merkantilistlarga keskin zarba bergan iqtisodchilardan biri Adam Smit buldi. Adam Smit millat boyligi tuplangan oltin mikdoriga emas, balki mamlakatning pirovard tovar va xizmatlar ishlab chikara olish kobiliyatiga kuprok boglikligini anik-ravshan asoslab berdi.
    • Xalqaro savdoning standart modeli
    • Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy ta’limot tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini о‘rganishga kо‘proq e’tibor qaratgan, talabga esa yetarli darajada e’tibor berilmagan. Biroq barchaga ma’lumki, jahon bozorida tovarlar taklifi talabga bog‘liq bо‘ladi, shuning uchun ham zamonaviy xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdek e’tibor beradi. U oldingi mavzularda kо‘rib chiqilgan klassik va neoklassik modellarni rad etmaydi, zero qanday muammo hal etilishi kerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga kо‘proq e’tibor qaratilishi lozimligiga bog‘liq ravishda bu modellardan hozirgi paytda ham analitik maqsadlarda faol foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yuqorida keltirilgan modellar ma’lum ma’noda jahon iqtisodiy ta’limoti tomonidan tan olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modeli nomini olgan modelning xususiy holi deb hisoblanishi mumkin.
    • Xalqaro savdoning masshtab samarasi modeli
    • Masshtab samarasi orqali ishlab chiqarish omillari bilan bir xil yoki deyarli bir xil ta’minlangan mamlakatlar о‘rtasidagi savdo tushuntiriladi. Masshtab samarasi orqali texnologik jihatdan bir biriga yaqin, hattoki bir xil tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar о‘rtasidagi savdoni ham tushuntirish mumkin.
    • Masshtab samarasi (economies of scale) – ishlab chiqarishning shunday rivojlanishiki, bunda omillar sarfining bir birlikka о‘sishi ishlab chiqarish bir birlikdan kо‘proqqa о‘sishiga olib keladi.
    • Monopolistik raqobat sharoitida savdo
    • Ma’lumki xalqaro savdoda sof mukammal raqoba ancha kam uchraydi, buning sababi jahon xom-ashyo va tovarlar bozorining bо‘lishib olinganligi va xalqrao bozorlarda о‘ziga xos oligopoliya va monopoliyalarning vujudga kelganligidir. Monopolistik raqobat asosidagi savdo nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan olim Pol Krugman bо‘ldi.
    • Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari
    • Tarmoq ichidagi savdo – bu mamlakatlar о‘rtasida bir tarmoqning differensiyalashgan mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
    • Tarmoqlararo savdo mamlakatlarning turli tarmoqlarning gomogen mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
    • Differensiyalashgan tovarlar bilan tarmoq ichidagi savdoni sabablari quyidagilar:
    • Iste’molchilar istak va hoxishlari har xil;
    • Kesishuvchi talab;
    • Keng kо‘lamda ishlab chiqarish effekti

    Download 240.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling