Milliy an’analar va tarixiy sanalarga bag’ishlangan sport bayramlari va musobaqalarini o’tkazish


Download 1.09 Mb.
bet4/8
Sana08.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1177610
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SPORT

Voleybol (inglizcha: volleyball volley — „urib qaytarmoq“ va ball — „toʻp“) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi. Oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2.24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Voleybol toʻrining katakchalari soni 1 000 ta (enida 100 ta va boʻyida 10 ta) boʻlib, bitta katagining toʻrt tomoni 10 sm dan boʻladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 partiya oʻynaladi. Voleybol AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947-yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan, 1949-yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.

  • Voleybol (inglizcha: volleyball volley — „urib qaytarmoq“ va ball — „toʻp“) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi. Oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2.24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Voleybol toʻrining katakchalari soni 1 000 ta (enida 100 ta va boʻyida 10 ta) boʻlib, bitta katagining toʻrt tomoni 10 sm dan boʻladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 partiya oʻynaladi. Voleybol AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947-yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan, 1949-yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.
  • Voleybol Oʻzbekistonda 1920-yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil Xalqaro voleybol federatsiyasiga, 1992-yil Osiyo voleybol konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi.
  • Basketbol (inglizcha: basket; soʻzidan olingan boʻlib, basket — savat, 'ball' — toʻp) har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Har bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi. Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Basketbol topining og’irligi:600-650g
  • 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini. Basketbol mashgʻuloti va musobaqalari uchun toʻrtburchak maydoncha (oʻlchami 26×14 m) yoki zal (bal. 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar 36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2 qismdan iborat, orada 10 min. dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib chiqquncha 5 min. dan qoʻshimcha vaqt beriladi. Basketbol vatani AQSHdir (1891). Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA; 1932-y. tuzilgan)ga 177 mamlakat aʼzo (1991). Basketbol 1936-y. dan Olimpiya uyinlari dasturiga kiritilgan. 1950-y. dan Basketbol boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling