Milliy armiyamiz-davlatimiz tayanchi, kelajagimiz garovidir


Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari


Download 32.03 Kb.
bet2/3
Sana22.02.2023
Hajmi32.03 Kb.
#1221351
1   2   3
Bog'liq
Milliy armiya maqolalar tanloviga

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari —O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qoʻshilmalar va qismlardir. Qurolli Kuchlarga Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya, DXX, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli boshqaruv organlari, qo‘shinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalari kiradi.
Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, O‘zbekistonning mudofaa siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, harbiy agressiyani bostirish va bartaraf etish hollari bundan mustasno;

  • harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar tabiatiga muvofiqligi;

  • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimoliy nizolarni tinch yo‘l bilan hal yetish;

  • yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish;

  • harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, harbiy-siyosiy blokka aylantirilganda har qanday davlatlararo tashkilotdan chiqish huquqini saqlab qolish;

  • Qurolli Kuchlarning tinchlikparvarlik operatsiyalari va xorijdagi harbiy mojarolarda ishtirok yetmasligi;

  • mudofaa yetarliligi;

  • xavfsizlikning bo‘linmasligi, boshqa davlatlarning xavfsizligi hisobiga o‘z xavfsizligini mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud to‘g‘risidagi shartnoma tamoyillariga sodiqlik;

  • o‘z hududida xorijiy harbiy bazalar va inshootlarning joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga va xalqning madaniy va sivilizatsion o‘ziga xosligiga tayanish.

O‘zbekiston armiyasi Global Firepower tadqiqot markazining 2022-yil uchun bergan hisobotida dunyoning eng qudratli Qurolli kuchlari reytingida 1.0692 (0,0000 ball “mukammal” hisoblanadi) ko‘rsatkich bilan 62-o‘rindan joy oldi.3 Reytingga dunyoning 145 ta davlati kirgan. MDH davlatlari orasida uchinchi o‘rin Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‘rinni egallagan. Ushbu reytingni tuzishda 50 ga yaqin turli omillar, jumladan, qo‘shinlar soni, quruqlik, havo va dengizda jangovor harakatlar olib borish uchun mo‘ljallangan harbiy texnika miqdori, mamlakatlar sarflashi mumkin bo‘lgani iqtisodiy manbalar va geografik joylashuvi hisobga olingan. Bundan tashqari yurtimiz o‘g‘lonlari harbiylar o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar va sport bellashuvlarida munosib o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Bunga misol qilib, shiddatli va murosasiz kechgan «ArMI – 2022» Xalqaro armiya o‘yinlarining 21 ta yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 22 ta shaxsiy va jamoaviy rekord natijalarni qayd etdi.4 Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston armiyasining kuch-qudrati, harbiy xizmatchilarimizning jangovar shayligini, bir so‘z bilan aytganda, o‘z kasbining haqiqiy ustalari ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Oʻzbekiston armiyasi uchun asosiy qurol yetkazib beruvchi Rossiya hisoblanadi. Oʻzbekiston KXSHT va Bojxona ittifoqiga aʼzo boʻlmagan holda Rossiyaning ichki narxlarida qurol oladigan yagona MDH davlatidir. Koʻpincha respublika Su-30SM qiruvchi samolyotlari, Mi-35M hujum vertolyotlari, BTR-82A bronetransportyorlari, "Sopka-2" radar tizimlari, "Tayfun-K" yengil zirhli transport vositalari va oʻqotar qurollar soʻraladi.
Harbiy sohani isloh qilish masalasiga jiddiy va izchil yondashuv farzandlarini armiya safiga kuzatayotgan ota-onalarning ko‘nglini xotirjam qilishga, Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilish har bir yigit uchun faxrli va sharafli burchga aylanib qolishiga qat’iy ishonaman. Shu bois o’z taqdiri va hayotini Qurolli Kuchlarimiz bilan bog‘lagan yurtdoshlarimizni qadrlash, ularning kelajagi yorug‘ bo‘lishi uchun yo‘lini ochib berish, buning uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etish, xizmatlarini qadrlash biz uchun sharaf bo‘lmog‘i kerak albatta.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, davrlar o‘tadi, lekin, hech shubhasiz, milliy armiyamizni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar mustaqil O‘zbekistonning solnomasida o‘chmas harflar bilan yoziladigan buyuk voqealardan biri bo‘lib qoladi. Hozirgi kunda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi taʼlim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik tuygʻularini singdirish davrning dolzarb talablaridan biri bo‘lib turibdi. Shuningdek bugungi kunda har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba bera oladigan milliy armiyamiz shakllanmoqda, deya qo‘rqmay ayta olamiz. Ammo dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi xavf-xatarlar, milliy va global xavfsizlikka qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi murakkab davrda Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda.

Download 32.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling