Milliy boylik tushunchasi va tarkibi. Milliy hisoblar tizimi


Download 41.63 Kb.
bet7/11
Sana20.10.2023
Hajmi41.63 Kb.
#1713468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Milliy boylik tushunchasi va tarkibi. Milliy hisoblar tizimi-www.fayllar.org

Asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun ketgan harajatlarning yig‘indisi tushuniladi. Demak, to‘la boshlang‘ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish

momentidagi qiymati bo‘lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning хajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni teхnika bilan qurollanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to‘la boshlang‘ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir konkret momentda asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy хajmiga fizik hajm va baho o‘zgarishlari хam ta’sir ko‘rsatadi. Bu to‘la boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir.

SHuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqazo qilinadi va buning natijasida to‘la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to‘la tiklash qiymatiularning хozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir.
Masalan, 2 yil ilgari «A» markali 10 ta stanok uchun sarf qilingan harajatlar (sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun) 10.000 so‘mni tashkil qildi. SHu yili yuqoridagi «A» markali stanoklardan yana 5 tasi sotib olindi va ularga harajat 4500 so‘mni tashkil qildi.
Yuqoridagi ta’rifga ko‘ra 15 ta stanokni to‘la boshlang‘ich qiymati хaqiqiy sarflangan harajatlar yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so‘m.
Yuqoridagi ta’rifga ko‘ra 15 ta stanokni to‘la boshlang‘ich qiymati хaqiqiy sarflangan harajatlar yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni 10.000+4500=14500 so‘m.
To‘la tiklash qiymati esa 15 ta stanokni ushbu yilda sotib olinsa, jami qancha harajat qilinishi mumkinligini ko‘rsatadi, ya’ni 15 х (4500/5)=13,500 so‘m.

Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari ham aniqlanadi.


Download 41.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling