Milliy boylik
Download 17.59 Kb.
|
Statistika 4-topshiriq
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO`NLASHI 2- KURS 121-GURUH TALABASI NORMAMATOVA MUSLIMANING STATISTIKA FANIDAN 4- TOPSHIRIG`I 1.Milliy boylik haqida tushuncha. Milliy boylik — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. Milliy boylik birinchi marta ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623—1687) tomonidan 1664-yilda hisoblangan edi, Fransiyada Milliy boylikni birinchi marta ba-holash 1789-yilda, AQShda 1805-yilda, Rossiyada 1864-yilda amalga oshirilgan edi. U. Petti "mehnat — boylikning otasi, yer — uning onasi", — degan va umumiy boylikni ishlab chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan. Milliy boylikni hisoblashda qishilik jami-yati hayoti va taraqqiyotining moddiy asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat ekanligini unutmagan holda, eng avvalo tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar va boshqa aniq va toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; moddiy aylanma vositalar; ularning rezervlari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshqa moddiy boyliklar; 3) aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar; 4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga boʻlish mumkin: 1) unumli (ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar. Milliy boylikni mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga tabiiy boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim. Mamlakat, jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas. Uning maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida, insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz aholisini, uning maʼnaviyatini va madaniyatini saklash va rivojlantirishga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan, madaniyat, sanʼat boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini "insoniy kapital" deb atash ham bor. Hozirgi davrda dunyoda tegishli mutaxassislar va muassasalar turli mamlakatlarda insoniy salohiyatni, tabiiy boyliklarni va takror ishlab chikariladigan boyliklarni baholash, ularning umumiy hajmini, yigʻindisini va aholi jon boshiga toʻgri keladigan miqdorini aniqlash bilan ham shugʻullanadi. Jahon banki ekspertlarining baholashiga kura, 20-asr oxirida insoniyat 550 trln. AQSH dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollarlik) boylikka ega boʻlgan; shu jumladan, AQSH eng koʻp darajadagi jaʼmi 120 trln. dollar (aholi jon boshiga 460 ming dollar) boylikka ega. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakat hududidagi barcha boyliklar Milliy boylikka, milliy mulkka aylantirildi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Res-publikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonunining (1991-yil 31 avg.) 7moddasida: "Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi", deb koʻrsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakatning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chikarilgan) boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi. 2.Monetar oltin nima? Monetar oltin — bu davlatning pul-kredit muassasalarida markazlashgan holda saqlanuvchi slitka yoki moneta shaklidagi oltin zaxiralari. Ular sotib olish qobiliyatini oshirish maqsadida sotib olinadi. 3.Asosiy fondlarning mohiyati. Milliy boylikning mehnat natijasida paydo bo'lgan qismi — milliy mulkning 90 foizi asosiy fondlar hissasiga to'g'ri keladi. Asosiy fondlar — ishlab chiqarilgan aktivlar bo'lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yildan kam emas) tovarlar ishlab chiqarish yoki bozor va nobozor xizmatlar ko'rsatish uchun xizmat qiladilar. 1996-yildan boshlab asosiy fondlarni natural formasi va bajarayotgan funksiyalariga qarab quyidagicha tasniflanadi: binolar (yasholmaydigan), yashaydigan binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo'jalik ashyolari, ishchi mollar, mahsuldor mollar, ko'p yillik o'simliklar, asosiy fondlarning boshqa turlari. Asosiy fondlarni bunday tasniflash asoslangan amortizatsiya m e’yorlarini belgilashda, tarkibini va ulardan oqilona foydalanishni o'rganishda qo'llaniladi. Asosiy fondlar tarkibiga yerlarni yaxshilash (melioratsiya, quritish, irrigatsion va boshqa ishlar) uchun qilingan kapital xarajatlar va yerga egalik qilish huquqini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar (advokatlar, ko'chmas mulk bilan shug‘ullanuvchi agentlar va boshqa vositalar xizmatiga to'lovlar, to'langan soliqlar va yig'imlar va boshqa tashkiliy xarajatlar) bilan b ogiiq bo'lgan xarajatlar ham kiradi. 4.Asosiy fondlarning eskirishi deganda nimani tushunasiz? Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi natijasida sekin-asta yemirilib boradi. Yemirilish asosiy fondlar amortizatsiyasining moddiy asosini tashkil qiladi. Yemirilish jismoniy va ma’naviy turlarga bo'linadi. Asosiy fondlarning. ma’naviy eskirishi asosiy fondlarning yanada unumliroq elementlarining paydo bo'lishi va arzonroq asosiy fondlarning yaratilishi natijasida sodir bo'ladi. Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog'liq bo'ladi. Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, inshootlar) obyektlar uchun uning darajasi nisbatan kichik bo‘Isa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan (mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo'ladi. Amortizatsiya summasini hisoblashning ikki usuli mavjud: professional — chiziqli va tezlashtirilgan usullar Asosiy fondlarni fizik va ma’naviy eskirishi oqibatda ularni yangilash (almashtirish) zaruriyati tug‘iladi. Buning uchun asosiy fondlar ishlab turgan vaqtlarida korxonalarni ularni sotib olish yoki yaratish bo'yicha xarajatlari qoplanishi va ularni almashtirishni amalga oshirish uchun yetarli darajadagi pul mablag‘lari jam g‘arilishi lozim. Xarajatlarni qoplash va pul mablag‘larini yig‘ish ishlari mahsulot tannarxiga amortizatsiya ajratmalarini qo‘shish orqali amalga oshiriladi 5.Asosiy fondlarni baholash usullari. Statistikada asosiy fondlarning hajmini o ‘rganishda natural va qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko‘rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo'llaniladi: — to'la boshlang‘ich qiymati; — to'la tiklash qiymati; — eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang'ich (tiklash) qiymati; — balansdagi qiymati; — bozor qiymati; — yo‘qotishdagi qiymati. Asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o ‘rnatish uchun ketgan xarajatlarning yig‘indisi tushuniladi. Demak, to ‘la boshlang‘ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo‘lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning hajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni texnika bilan qurollanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to‘la boshlang‘ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir aniq momentda asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy hajmiga fizik hajm va baho o ‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu to ‘la boshlang‘ich qiymat bo'yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqozo qilinadi va bulling natijasida to4a tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to‘la tiklash qiymati — ularning hozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir. 7.Fond bilan qurollanish koeffitsentini qanday aniqlaymiz? Ishlab chiqarishning samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri asosiy fondlardan foydalanish hisoblanadi. Asosiy fondlardan foydalanish darajasini fondlar samarasi /fondlarga talab/ va asosiy fondlarning absolut samaradorligini koeffitsiyentlari ifodalanadi. Fondlar samarasini hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ishlab chiqarish asosiy fondlarining yillik 0‘rtacha qiymatiga boMib aniqlanadi: bu yerda, fs — fondlar samarasi; q — ishlab chiqarilgan mahsulot; Ф — asosiy fondlarning o'rtacha yillik qiymati. Ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida (q) yalpi ishlab chiqarish yoki yalpi qo‘shilgan qiymat, ba’zi bir xil nom enklaturada mahsulot ishlab chiqariladigan tarmoqlarda (ko'mir, neft, gaz va h.k.) mahsulotning natura miqdori (tonnalarda — ko‘mir, kubometrlarda — gaz va h.k.) olinishi mumkin. Fondlar samarasini oshirishning quyidagi yo'nalishlari mavjud: 1. Mashina, mexanizm va uskunalar ishlash vaqtini ko‘paytirish, o ‘rnatilmagan uskunalarni ishga tushurish: — smena koefTitsiyentini oshirish — smena ichidagi bekor turib qolishlarni yo'qotish; — retnont turish vaqtini kamaytirish. 2. Texnika va ishlab chiqarish maydonlarini oqilona yuklash: texnikani loyihadagi unumdorlikka yetkazish muddatlarini jadallashtirish; — ishning zaif joylarini yo'qotish; — ayrim uchastkalar quwatlarining mutanosibligini ta’minlash; — mehnat va ishlab chiqarishni ilmiy tashkil qilish; — ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanish. 3. Ishlab chiqarish asosiy fondlarining texnikaviy takomillashtirish: — yangi texnika asosida qayta qurish; — uskunalarni modernizatsiyalash; — progressiv texnologik jarayonlaridan foydalanish. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitlarida ahvolni yaxshilash uchun korxonalarni privatizatsiyalash, aksionerlik vaboshqa mulkchilik shakllariga aylantirish lozim bo'ladi 8.Amortizatsiya normasi deganda nimani tushunasiz? Amortizatsiya ajratmalari faqatgina absolut miqdordagina emas, balki nisbiy ko'rsatkichlarda ham hisobga olib boriladi va u amortizatsiya normasi deb yuritiladi. Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning turiga uzviy bog'liq bo'ladi. Uzoq muddat xizmat qiladigan (binolar, inshootlar) obyektlar uchun uning darajasi nisbatan kichik bo‘Isa, ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan (mashina va uskunalar) qismlarida esa katta bo'ladi. Amortizatsiya summasini hisoblashning ikki usuli mavjud: professional — chiziqli va tezlashtirilgan usullar. Professional — chiziqli usulda obyektning qiymati uning xizmat qilish davrida har yili bab-barobar ravishda amalga oshiriladi. Masalan, agar obyektning xizmat qilish davri — 5 yil bo'lsa, unda uning balansdagi qiymatining har yili 1/5 qismi qoplaydi yoki amortizatsiyaning chiziqli m e’yori 20%ga teng bo‘ladi. Asosiy fondlar aktiv qismining tezlashtirilgan amortizatsiya meyori ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgarishi va uni modernizatsiya qilish uchun m o‘ljallangan. U amortizatsiya m e’yorining ikki marta ko‘paytirilgan hajmiga teng bo‘lib, obyektning qoldiq qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya fondlarida yig‘ilib boradi va ma’lum muddat o'tgandan so‘ng ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy fondlarning qiymatini to‘la qoplashi kerak. Shuning uchun asosiy fondlarning amortizatsiya summasi asosiy fondlarning to £la boshlang‘ich qiymatidan katta b o‘lishi mumkin emas. Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlar uchun yangi kapital mablag'larni moliyalashtirishga yoki qurilish material - larini, uskunalar yoki nomaterial aktivlarni sotib olish uchun uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarga sarflanadi. Download 17.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling