Milliy chegaralanish siyosati maqsad va vazifalari


Download 36.18 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi36.18 Kb.
#1581180
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY CHEGARALANISH SIYOSATI MAQSAD VA VAZIFALARI


MILLIY CHEGARALANISH SIYOSATI MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:
Kirish
I-BOB: O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning maqsad va vazifalari
1.1.Turkistonda milliy-hududiy chegaralash siyosati arafasida milliy madaniyat va ma’naviyatning ahvoli……………………………………………………………...
1.2.Mustabid tuzumning milliy – hududiy chegaralash siyosatining maqsad va mohiyati …………………………………………………………………………….
II-BOB. O’rta Osiyoda Sovet Respublikalarining toshkil topishi
2.1.Turkiston, Xorazm va Buxoroda milliy – hududiy Sovet Respublikalarining tashkil topishi ………………………………………………………………………
2.2.O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi ………………
2.3. “O’rta Osiyo xalqlarining milliy-hududiy chegaralanishi” mavuzusini o’rgatishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish……………………….
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Yaqin о‘tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronlik qilgan davri (1917—1991 yillar) mamlakatimiz tarixida о‘ziga xos о‘rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qisqa bо‘lsada, lekin о‘zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktabrida bolsheviklar zо‘rlik bilan amalga oshirgan tо‘ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, shu jumladan, О‘zbekistan xalqlari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik saxifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi о‘rnini «qizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan о‘lka xalqlari bolsheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha mash’um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning uta murakkab va ziddiyatli kechishi kо‘plab qurbonlar berilishiga, madaniy va ma’naviy yо‘qotishlarga olib keldi. Oktabr tо‘ntarishidan keyin О‘zbekistonning Turkiston hududida bо‘lgan anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga kushib olindi. 1924 yilda zо‘raki о‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida О‘zbekistan SSR tashkil topib, SSR Ittifoqi tarkibiga kiritiddi. SSR Ittifoqi о‘z mohiyatiga kо‘ra unitar (qо‘shma) davlat edi. Oqibatda О‘zbekistan tо‘la-tо‘kis Moskvaga qaram bо‘lib qoldi. О‘zbekistan SSR faqat nomigagina mustaqil edi. Respublikaning rahbar organlari Kompartiya Markaziy Qо‘mitasi va Ittifoq hukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bо‘ysunardi. Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz manfaatlari yо‘lida siyosat yurgizishga majbur edilar. О‘zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarini mustabid tuzum g‘oyat qat’iyattlik bilan barham toptirardi. Mustabid tuzum О‘zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida о‘z iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning hom ashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustaxkamlashga intildi. Bunday siyosat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning qishloq xо‘jaligi tobora kо‘proq paxtachilik yо‘nalishiga ega bо‘lib bordi, shu alfozda paxta yakkaxokimligi qaror topdi. О‘zbekiston sanoati asosan qishloq xо‘jaligi extiyojlariga xizmat qilishga yо‘naltirilgan edi. Sanoatda qishloq xо‘jaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoklar asosiy о‘rinni egallardi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Ittifoq sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham о‘sha yerda qolardi. Markazning О‘zbekistondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida ham о‘zining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu sohada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bо‘lsada, о‘lka xalqlarining ma’naviy hayoti tо‘la-tо‘kis о‘z davrining hukmron mafkо‘rasi va siyosati ta’siriga olindi, baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish rо‘y berdi. О‘zbek xalqining milliy madaniy qadriyatlari, boy ma’naviy merosi, uning qadimiy ezgu an’ana va urfodatlari unо‘tildi. Islom dini, uning qadriyatlari oyoqosti qilindi, о‘zbek tili ikkinchi darajali tilga, pys tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi. Darvoqe, Markazning bunday mafkо‘ra siyosati tufayli xalqimiz hayotining barcha sohalariga putur yetkazilganligini ta’kidlash barobarida respublika tarixiy о‘tmishining sovet davrida ham bir kator ijobiy ishlar qilinganligini aytib utmaslik noholislik bо‘lur edi. Zero, о‘sha yillarda halqimizning fidokorona mexnati bilan kо‘plab zavod va fabrikalar kurildi, millionlab gektar yangi yerlar uzlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xо‘jaligining moddiy-texnika negizi mustaxkamlandi, uning mahsulotlari xajmi ortdi. O’nlarcha oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlari ochildi, ularda xalq xо‘jaligining barcha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlandi, umumta’lim maktablari va xunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmoga tashkil etildi, kо‘pgina madaniy-ma’rifiy muassasalar barpo qilindi. Natijada aholining ta’limiy va madaniy saviyasi oshdi. Tо‘g‘ri, bu yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bо‘lib krlgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki halqimizning sadokatli, fidokorona mexnati tufayli erishildi. Biroq, shuni aloxida ta’kidlash joizki, ogir va ma-shaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar о‘zbek halqi, uning farovonligi uchun xizmat kilmadi. Aksincha, bu moddiy-ma’naviy boyliklar о‘zbek halqdni kamsitish, milliy gurо‘rini oyoqosti qilish, uzligini unuttirish, kommunistik mafkо‘rani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. О‘zbekiston hududida bunyod etilgan korxonalar (ayniqsa, kimyo kombinatlari), keragidan ortiq о‘zlashtirilgan kuriq va bо‘z yerlar, kazilgan kanallar, kurilgan suv omborlari respublikaning ekologik ahvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining kurib borishini tezlashtirdi, dehqonchilik yerlari tarkibini о‘zgartirib yubordi, atrof muhitni, ichimlik suvini zaharladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, hukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi olib borilgan zо‘ravonlik va g‘ayriinsoniy siyosatni hech qachon oqlash mumkin emas. Xa, О‘zbekiston xalqlarining deyarli chorak kam bir asr mobaynida bosib о‘tgan ancha murakkab va ziddiyatli tarixiy yо‘lini bir hilda baholab bо‘lmaydi. Shuning uchun ham sovetlar davrini haqiqatda qanday kechgan bо‘lsa, uni shundayligicha: barcha ijobiy va salbiy jihatlari, parvozlariyu tanazzullari, tarixiy jarayonning barcha о‘niqir-chо‘nqirliklarini nazarda tо‘tgan holda tadqiq etish lozim bо‘ladi. Zero, bu davrni mustabid sovet tuzumi yoki «dono partiya» tarixi sifatida emas, balki bunyodkor, fidokor halqimiz tarixi sifatida о‘rganish zarur. О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Turkiston» gazetasi muhbirining savollariga bergan javoblarida mustabid sovet tuzumi davriga munosabat bildirar ekan: «Biz shu paytgacha kо‘proq eski tuzumni tanqid qilish, uni inkor etish bilan band bо‘ldi. Albatta, boshimizdan kechirgan mudhish va mustabid turmushning butun asoratlarini anglab yetish, yо‘limizni tо‘g‘ri belgilab olish uchun istiqlolning dastlabki yillarida bu biz uchun albatta zarur edi. Ammo faqat о‘tmishni yozgirish, inkor etish bilan uzoqda borib bо‘lmaydi... Shu bois bugun biz ota-bobolarimizga... sun’iy ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz, balki ularning hayotini, ular yashagan davrning mohiyatini tо‘g‘ri tushunishga harakat qilishimiz lozim», deb ta’kidlagan edi. Modomiki shunday ekan, his-hayajonga berilmasdan, mustabid siyosiy tuzum tarixi bilan halqimiz tarixini ajrata bilishimiz, uni holisona ilmiy asosda yoritish zarur. Tarix fani mustabidchilik davrida О‘zbekistonning sovet davrini (1917—1991 yillar), respublikamiz davlat mustaqilligini qо‘lga kiritgunga qadar bо‘lgan tarixini о‘rganish borasida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Tarixchi olimlarning say-harakatlari bilan, о‘sha davr nuqtai nazaridan, katta miqdordagi tarixiy manbalar tuplandi, ular bir tizimga solinib, ilmiy jihatdan umumlashtirildi. Biroq, bu asarlar jamiyatshunoslikda hukmron qо‘mitasi MYU va Ittifoq hukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bо‘ysunardi. Ular respublika va uning halqlari manfaatlari emas, balki Markaz manfaatlari yо‘lida siyosat yurgizishga majbur edilar. О‘zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarini mustabid tuzum g‘oyat qat’iyattlik bilan barham toptirardi.

Download 36.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling