Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi
Download 40.09 Kb.
|
javohir
REJA: Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o‘z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini-o‘zi idora etishga o‘tildi. Ma’muriy-buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil etgan Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat agro-sanoat qo‘mitasi va boshqa qo‘mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo‘linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari- "O‘zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O‘zjamg‘armabank", "G‘allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshiradi. Qo‘mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O‘zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo‘yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va ish yuritish usullari tubdan o‘zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo‘lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik, transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. SHunday qilib, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan beri o‘tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991 yil 18 noyabrda"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida", 1993 yil 28 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida" va 1994 yil may oyida"Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida" qonunlar qabul qilindi. Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to‘lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to‘lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekistonda 5ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda. 1. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDPsining "O‘zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va"Muloqot" jurnali nashr etilmoqda. 2. 1995 yil 18 fevralda O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo‘lgan I - ta’sis Qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 3. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalardan yana biri-Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995 yil 3 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 4. 2003 yil oxirida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat. O‘zLDP ning «XXI asr» hafatlik gazetasi nashr etilmoqda. 5. 2019 yil Ekopartiya tashkil topdi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo‘ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko‘rildi. 1993 yil28 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 22 sentyabrda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘lishi belgilandi. 1994 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o‘tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar bo‘ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Oliy Majlis 1995-1999 yillarda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo‘lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. SHuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabrda saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 7 ta subekt-beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo‘lib o‘tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bir palatali O‘zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisi 1995-2004 yillarda o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda samarali olib bordi: O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish; qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish; amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o‘rgangan holda olib borish; joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko‘rsatish. Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o‘rinni egalladi. Prezident Islom Karimov 2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tishni taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o‘tgan 10 yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o‘tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo‘lib o‘tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali-quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo‘yildi. Quyi palata-Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlash ishiga kirishildi. 2002 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘ninchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining Senati to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o‘zgarishlar 2003 yil aprelda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarda ham o‘z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. SHu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004 yil dekabr–2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hududidan6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko‘ra yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. SHuningdek, 2 nafar deputat Spiker o‘rinbosari etib saylandi, qo‘mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etildi va ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Murod sharifxo‘jaev Senat raisi etib saylandi. SHuningdek 2 nafar senator Rais o‘rinbosarlari etib saylandi, Senat qo‘mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda, 2005 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyat-Vazirlar Mahkamasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbeksiton Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezidentning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi Faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbeksiton Respublikasi nomidan ish ko‘radi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to‘g‘risida" gi qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi. O‘zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Huquqlar haqidagi bill (Angliya, 1689 y.; AQSh, 1791 y.) yoki Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi (Frantsiya, 1789 y.)ning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyati – o'z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha taqiqlar va keraksiz ma'muriy tartibga solishdan xoli teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi. XX asrda fuqarolik jamiyati g'oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etdi. Bunga avvalo totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo'lishi va ularga qarshi demokratiya uchun kurash olib borish zaruriyati sabab bo'ldi. Plyuralizm nazariyasi keng tarqaldi. Bu nazariyaga binoan, demokratik jamiyatning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: - fuqarolar totuvligiga erishish yo'llarini izlash; - aholining turli guruhlari manfaatlarini hisobga olish; - qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish. Tabaqaviy imtiyozlarning tugatilishi va fuqarolik huquqlarining paydo bo'lishi fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim omili 16 hisoblanadi. Shaxsning huquq va erkinliklarini ta'minlovchi huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy Shunday qilib, ―huquqiy davlat va ―fuqarolik jamiyati tushunchalari jamiyat hayotining turli tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalardir. Ular guruhlar, individlar, jamiyatning umumiy ahamiyatga molik manfaatlari o'raladigan qobiq hisoblanadi va ularni ro'yobga chiqarish usullaridan tashkil topadi. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, fuqarolik jamiyatining davlatdan ajralishi aynan tabaqalar o'rtasidagi tengsizlikni tugatish va ijtimoiy munosabatlarni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida yuz bergan. Bu jarayonga butun aholi nomidan ish ko'ruvchi vakillik davlatining shakllanishi asos bo'lgan. Etuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o'rtasida bog'lovchi bo'g'in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko'rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatdirki, u huquq normalariga binoan, va ularning doirasida ish ko'radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Shu kabi jamiyatgina O'zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma'naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma'naviyaxloqiy kamol topishini ta'minlay olishi e’tirof etildi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri - bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo'lganligi bois, birinchi navbatda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o'rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o'z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi printsipial ahamiyatga ega bo'lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi printsipiga asoslanishi (11-modda), O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy printsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko'rishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy printsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish,axborot sohasini isloh qilish, axborot va so'z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo'yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi. O'zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo'yiyaa amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo'lib tahlil qilish tavsiya etiladi. Birinchi bosqich o'z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demoeratlashtirish va modernizatsiyalash bo'yicha faol jarayonlar davom ettirildi. 2010 yil 12 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi e’lon qilindi. Bu Kontseptsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxatlarining mazmun moxiyatidan kelib chiqib fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta'rif berilgan: Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni ta'minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o'zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo'llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir. Yurtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini ―...... bu - erkin, demokratik, huquqiy tsivilizatsiyalashgan jamiyat bo'lib, unda yakka hokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo'ravonlik qilishga o'rin yo'q, Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko'p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashshabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirib turiladi yoki ―Fuqarolar o'rtasidagi muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o'rtasida konsensus madaniyati vudulga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o'zaro ta'sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin deya tariflaydi. Mustaqillik tufayli davlat va jamiyat boshqaruvining haqiqiy demokratik tabiati to'g'risida aniq tasavvur, fikr va mulohazalar paydo bo'lib, fuqarolar o'z erkinliklari, siyosiy huquqlarini bevosita yoki bilvosita amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu huquq O'zbekistonning xalqaro munosabatlarning sub’ektiga aylanganligidan, fuqarolarning o'z taqdirini o'zi amalda belgilash shart-sharoitlarini ta'minlamoqda. Natijada, demokratiya xalq hukumatga emas, aksincha hukumat xalqqa xizmat qilishi kerakligi to'g'risidagi tamoyilga asoslana boshladi. Demokratiya sharoitida xalq davlatning irodasiga qarab emas, aksincha, ongli, faol fuqarosi sifatida ishtirok etadi. Davlat va fuqaro o'rtasida shunday oqilona munosabat qaror topadiki, davlatning fuqaro ustidan hukmronligi, zo'ravonligi, "bo'ysundirish" kabi totalitar davlatga xos belgilari barham topadi. Davlatning demokratik kuchi ham uning fuqaroga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi. Shunda xalqning davlatga nisbatan sadoqati yuqori bo'ladi. Xalqni itoatkorlik asosida tutib turish va siyosat olib borish, oxir oqibatda faqat demokratik jarayonlarga hamda xalqning jamiyat boshqaruvi jarayonlaridan, faol mehnat ruhiyatidan so'ndiribgina qolmasdan, davlatni tobora zaif bir holatga tushib borishga sabab bo'ladi. Bunday davlat, siyosiy rejimning dunyo hamjamiyati oldida ham nufuzi yuqori bo'lmaydi. Fuqarolarga erkinlik, demokratiyani real ta'minlab bermagan davlat tabiatan ma'rifiy bo'la olmaydi. Demokratik jamiyatda esa fuqarolar o'z erkinligi va huquqlaridan to'la foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bular: a) avvalo, erkin mehnat faoliyatini tanlash va uni amalga oshirish; b) davlat hokimiyatidan va mustaqil bo'lgan turli institutlarda ishtirok etish; v) ijtimoiy hayot sohalarida erkin faoliyat ko'rsatish; g) jamiyat siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotida sodir bo'ladigan o'zgarishlardan xabardor bo'lish, turli fikr va qarashlarga o'z munosabatlarini bildirishda erkin bo'lish bilan birga, muayyan ma'suliyatini ham o'z zimmasiga olish orqali amalga oshib boradi. O'zbekiston mustaqillik tufayli, fuqarolarning so'z, majlislar va vijdon erkinligini ham yangicha asoslarga qo'ydi. Bu daxlsiz huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini milliy qadriyatlar va an’analar, respublikaning milliy tarkibi xususiyatlari, polietnik davlat talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshira boshladi. Bu har bir insonga, 104 uning millati, dini, jinsi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, fuqaro sifatida ham huquqlarini teng amalga oshirish uchun demokratik asoslar yaratib berildi. Bu Respublikada yashayotgan har bir fuqaroning mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotida erkin faoliyatini amalda ta'minlab bermoqda. Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar natijasida fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma-xil demokratik institutlar bilan bevosita bog'liq. Shu nuqtai nazardan yondashganda, bugunga kelib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy hayotida davlat hokimiyatidanfuqarolik institutlarining vazifalari kengayib borayotganligini kuzatamiz. Agar 1991 yilda respublikamizda 95 ta NNT qayd etilgan bo'lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 2585 taga etdi. 2013 yilda esa 6 mingdan oshib ketdi . Bugungi kunda ularning soni 8250dan oshganini ko'rsatmoqda. Download 40.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling