Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

TUG‘LUQ TEMURXON BILAN 

UCHRASHGANIMDAN SO‘NG KO‘NGLIMGA 

KELGAN BIRINCHI KENGASHIM 

 

Tug‘luq Temurxon (sarkardalari) Bekkichik, Hojibek arkanut

17

, Ulug‘ Tug‘ Temur kerayit



18

 va Jetaning boshqa 

amirlaridan uch favj

19

 tuzib, Movarounnahr mamlakatini talon-toroj qilish uchun yuborgani, o‘sha uch favj qo‘shin 



Xuzor

20

  degan  joyga  kelib  tushgani  haqidagi  xabar  mening  qulog‘imga yetdi.  Shunda  Tug‘luq  Temurxonni  borib 



ko‘rishdan  ilgari  bu  ochko‘z  amirlarni  mol-dunyo  bilan  mahliyo  etib,  Movarounnahr  viloyatini  qatlu  g‘oratdan 

qutqarib qolishga qaror qildim. 

Tilga olingan amirlarni ko‘rganimda, ularni haybatim bosdi shekilli, ortiqcha iltifotlar ko‘rsatib, hurmatimni bajo 

keltirdilar. Ularning ko‘zlariga o‘xshash ko‘ngillari ham tor bo‘lganidan, sovg‘a-sovrun

21

 yo‘sinida berilgan har turlik 



tansiq mollar ko‘zlariga ko‘p ko‘rindi va Movarounnahrni bosib olish, talon-toroj qilish niyatidan qaytdilar. 

(Shundan  so‘ng)  to‘g‘ri  borib  Tug‘luq  Temurxon  bilan  ko‘rishdim

22

.  Xon  kelishimni  yaxshilikka  yo‘yib, 



(saltanat ishlarida) mendan kengash so‘radi. Ko‘rsatgan kengashlarimni to‘g‘ri deb topib, barchasini qabul qildi. 

Shu  asnoda  Tug‘luq  Temurxonga  xabar  keltirdilarkim, (yuqorida  aytilgan)  uch  favj  amirlari  mahalliy  xalkdan 

naqd  pul  va  sovrunlar  olib,  ular  bilan  kelishmishlar.  Xon  shu  ondayoq  mol-mulk  bilan  nakd  pullarni  qaytarib  olish 

uchun vakil tayin qildi va amirlarni bundan buyon Movarounnahrga borishlarini man’ etdi. Mansablaridan bo‘shatdi. 

O‘rinlariga Xoji Mahmudshoh Yasuriyni

23

 tayinladi. 



Bu  hakda  amirlar  xabar  topgach,  dushmanlik  bayrog‘ini  ko‘tarib,  yurtlariga  qaytib  ketdilar.  Yo‘lda  xonning 

devonbegi  va  bosh  maslahatchisi  bo‘lmish  O‘g‘lonxo‘jani  uchratdilar.  Uni  ham  o‘zlariga  og‘dirib  olib,  Jeta  tomon 

yuzlandilar. 

Aynan  shu  vaqtda  Tug‘luq  Temurxonning  Dashti  qipchoqdagi

24

  amirlari  ham  isyon  tug‘ini  ko‘targani  haqida 



xabar olindi. Bundan xon tashvishga tushdi. U men bergan maslahatga ko‘ra Jeta tarafga yo‘l oldi. Movarounnahrni 

esa  menga  qoldirdi  va  bu  xususda  yorlig‘u  ahdnoma  yozib  berdi.  Amir  qorachor  no‘yonning

25

  Movarounnahrdagi 



tumanini ham menga topshirdi. Men butun Movarounnahr viloyatiga, to Jayhun daryosining sohillarigacha cho‘zilgan 

yerlarga hukmron bo‘ldim. 

Davlat va saltanatimning boshlanishida eng avval qilgan kengashim shul edi. 

Men  tajribamdan  shuni  bildimki,  yuz  ming  otliq  askar  qilolmagan  ishni  bir  to‘g‘ri  tadbir  bilan  amalga  oshirish 

mumkin ekan. 

16

  «Qur’oni karim», Yusuf surasi, 54-oyat  (Shoh buyurdi: «Uni huzurimga keltiringiz, o‘zimga xos kishilardan qilib olay!» U bilan 



so‘zlashgach (shoh): «Sen bugun (dan boshlab) bizning huzurimizda martabali va ishonchli (shaxs)dirsan»,–dedi.) 

17

 Arkanut–Chig‘atoy ulusining sharqiy qismi (Mo‘g‘uliston)dagi ko‘chmanchi turk qabilalaridan biri. ( –A.A.) 



18

 Kerayit–nufuzli turk qavmlaridan birining nomi. Uning boshliqlari o‘z vaqtida Chingizxonni qo‘llab-quvvatlagan. 

19

 Favj–harbiy bo‘linma, kattaligi turlicha bo‘lgan. 



20

 Xuzor–Qashqadaryo viloyatiga qarashli hozirgi G‘uzor tumani markazi. 

21

 Sovrun–o‘rta asrlarda podshoh va xonlar, umuman oliy martabali kishilar bilan uchrashganda ularga qilinadigan tansiq mollardan iborat 



qimmatbaho tortiq. 

22

 Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida yozishicha, bu uchrashuv 761/1360 yilda yuz bergan. (–A.) 



23

 Hoji Mahmudshoh Yasuriy–Yasur urug‘ining amiri. (–A.A.) 

24

 Dashti qipchoq–arab va fors tillaridagi adabiyotlarda XI asr boshlaridanoq qo‘llangan bu atama Sharqiy Turkistondan tortib, g‘arbda to 



Dunay daryosining quyi oqimigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. qipchoq so‘zi rus solnomalarida «polovets» deyilgan, Vizantiya 

solnomalarida esa «koman» atamasi qo‘llangan. Tug‘luq Temurga bu Dashtning sharqiy qismi qaragan. (–A.A.) 

25 

Qorachor no‘yon–Chingizxonning nufuzli amirlaridan biri, Chig‘atoyxonning maslahatchisi va lashkarboshisi. 

                                                 




 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling