Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
XURUJ VAQTIDA QILGAN
OLTINCHI KENGASHIM
U shundan iboratki, Garmsir tasarrufimga o‘tib, yaralarim tuzalgach, Balx 50 sarhadidagi tog‘larda turib, o‘sha yerda qo‘shin to‘plab, Movarounnahr mulkini zabt etish uchun yurish qilmoqchi bo‘ldim. Kengash shunga to‘xtagach, bu yerdan otlanib chiqib (qarasam), men bilan faqat qirq otliq kishigina qolgan ekan. Lekin ularning barisi aslzoda, amirzoda, nasli pok yigitlar edi. Shundayin azamatlar bu og‘ir kunlarda nima uchundir mendek oltinu molsiz, oziq- ovqatsiz bir kishiga hamroh bo‘lib, itoat qilib yurganlari uchun Tangri taologa shukrlar aytdim. O‘zimcha: «Olloh taoloning men bilan qilarlik ulug‘ ishlari ko‘p bo‘lsa kerakkim, o‘zim kabi yigitlarni menga bo‘ysundirmish»,–deb o‘yladim. (So‘ng) Balx tog‘lariga qarab yo‘lga tushdim. Ketayotganimizda Yildirim Krrachor no‘yon avlodidan bo‘lmish Siddiq Barlosga duch keldim. Meni izlab sargardon bo‘lib yurgan ekan, o‘n besh otlig‘i bilan kelib menga qo‘shildi. Uning kelganini yaxshilikka yo‘ydim. O‘sha kunlari ov go‘shtlari bilan kun kechirmokda edik. Shu zaylda ilgarilab borarkanmiz, yirokdan tepa ustida bir to‘p kishining qorasi ko‘rindi. Oldinga yurganimiz sari soatma-soat ularning soni ham ortib bordi. To‘xtadim. «Bular kim bo‘ldi ekan?»–deb ularning oldiga qorovullar 51 yubordim. Ular borib: «Amir (Temur)ning sobiq navkari qozonchi bahodir ekan va Jeta lashkaridan yuz otliq bilan ajralib chiqib, shundan beri amirni izlab, sargardon bo‘lib yurgan emish»,–degan xabar olib keldilar. (Buni eshitib) yerga bosh qo‘yib Tangri taologa shukr qildim. Darhol qozonchini huzurimga olib kelish uchun odam 45
46 Yurt–bu yerda qarorgoh ma’nosida. 47 Garmsir (forscha–issiq o‘lka)–Seyiston va Balujistonning tutash yerlari. (–A. А.) 48
bo‘lingan. Hilmand daryosigacha bo‘lgan qismi Eronga, undan sharqi Afg‘onistonga o‘tgan. 49 Bu jang 1362 yilda bo‘lgan. Unda Amir Temur o‘ng qo‘lining tirsagidan va o‘ng oyog‘idan kamon o‘qi bilan yaralangan. Keyinchalik buning natijasida oqsokdanadigan bo‘lib qolgan. 50 Balx – hozirgi shimoliy Afg‘onistonda, Mazori Sharif shahrining g‘arbidagi ko‘qna shahar. 51 Qorovul–xon o‘rdasini qo‘rikdovchi harbiy bo‘linma. Qo‘shinning markazi, qanotlari, ilg‘or va (o‘g‘ruqni) qo‘rikdab boruvchi yoki qo‘shinning oldida boruvchi xabarchi maxsus harbiy guruh.
yubordim. U kelgach, tiz urib oyoqlarimni o‘pdi. Men ham uning ko‘nglini olib, mandilimni boshiga qo‘ydim. So‘ng bu yerdan yurib Darayi Arsaf 52 degan joyga kelib tushdim. Ertasiga otlanib, darani aylana boshladim. Uning o‘rtasida bag‘oyat xushhavo bir tepalik bor ekan, o‘sha balandlikka chiqdim. Lashkarlar ul tepalikni qurshab joylashdilar. O‘sha kecha juma tuni edi, tong otguncha (xudodan madad so‘rab) uxlamay chiqdim. Tong otgach, bomdod namozini o‘tadim, so‘ng qo‘limni duoga ogan edim, ko‘zlarim yoshlanib, yuragim bo‘shashdi, Tangri taologa yolvorib, meni bu sarsonlikdan qutqarishini tiladim. Duo tamom bo‘lganicha ham yo‘q ediki, uzoqdan bir to‘p odam ko‘rindi. Ular tepalikni yonlab o‘tib ketmokda edilar. Otlanib, ularning kimligini bilish maqsadida orqalaridan bordim. (qarasam) hammasi bo‘lib yetmish otliq ekan. Ulardan so‘radim: –Bahodirlar, kim bo‘lasizlar? Ular javob qildilar: –Amir Temurning navkarlarimiz. Uni izlab topolmay, kezib yuribmiz. Men dedim: –Men ham amirning navkarlaridan biridurmen. Yuringiz, sizlarni uning oldiga boshlab borayin. Ulardan biri otini choptirib borib gapimni o‘z sardorlariga yetkazibdi, «Biz Amir Temurning huzuriga olib boradigan yo‘lboshlovchini topdik», debdi. Ular otlarining jilovini burib, meni darhol huzurlariga keltirishni buyurdilar. Ular uch favj ekanlar. Birinchi favjning sardori–Tug‘luq Xoja Barlos, ikkinchisiniki–amir Sayfiddin, uchinchisiniki–Tutak bahodir ekan. Meni tanigan zahotlari o‘zlaridan ketayozib, otdan tushdilar. Tiz urib, uzangimni o‘pdilar. Men ham otdan tushib, har biri bilan quchoqlashib ko‘rishdim. Mandilimni Tug‘luq Xojaning boshiga qo‘ydim. Juda nozik ishlangan, oltin bilan ziynatlangan kamarimni esa amir Sayfiddinning beliga bog‘ladim. Choponimni Tutak bahodirga kiydirdim. Ularning ko‘ngli yumshab, bag‘oyat ta’sirlandilar. Men ham qattiq ta’sirlandim. Paytida jamoat bilan namozni ado etdik. So‘ngra otlanib, qarorgohga borib tushdik, majlis qurib, to‘y berdik. Ertasi kuni Sher Bahrom 53 ham keldi. U ilgari yoshlik qilib, mendan ajrab, Hindiston zaminini havas qilib ketib qolgan edi. O‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, mendan kechirim so‘radi. Men uni quchog‘imga oldim va uzrini qabul etdim. Shu qadar unga mehribonlik ko‘rsatdimki, u xijolatdan butunlay forig‘ bo‘ldi.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling