Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

O‘n  ikkinchi  (tuzukim)–do‘st-dushmanligiga  qaramay,  har  joyda  sipoxdarni  hurmat  qildim,  chunki  ular  boqiy 

mato  bo‘lgan  jonlarini  foniy  dunyo  moli  uchun  sotadilar.  O‘zlarini  ma’raka-maydonga,  halokatga  otib,  jonlarini 

qurbon qiladilar. 

Agar g‘anim sipohidan biror kimsa o‘z valine’matiga sidqidildan xizmat qilib, urush kunlarida menga qarshi qilich 

ko‘targan  bo‘lsa  ham,  unday  odamga  nisbatan  lutf-marhamatlar  ko‘rsatdim.  Qoshimga  (panoh  istab)  kelganda,  uni 

qadrlab, ishonchini qozondim, vafodorligi va haqiqat bilan xizmat qilishiga ishondim. 

Qaysi bir askar tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z egasidan yuz o‘girib, mening oldimga kelgan 

bo‘lsa,  unday  odamni  o‘zimga  eng  yomon  dushman  deb  bildim.  Chunonchi,  To‘xtamishxon  bilan  bo‘lgan  urushda 

uning amirlari menga xabarlar va shikoyatlar yozib, uz hukmdori, ya’ni mening dushmanim bo‘lmish To‘xtamishxon 

bergan tuz haqini unutdilar. Vafodorlik va haqiqatni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, mening huzurimga panoh istab 

kelganlari uchun ularni la’natladim, o‘zimcha, «Bular o‘z sohibiga vafo qilmagach, menga qilarmidi?» deb o‘yladim. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling