Sakkizinchi toifa–hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarki, ular saltanat korxonasiga rivoj
beruvchilardir. Ularni o‘z atrofimga to‘pladim. hakimlar va tabiblar bilan ittifoqda bemorlarni davolatar edim.
Munajjimlardan sayyoralarning qutlug‘-qutsiz kunlari, ularning harakati va osmonda aylanishini anikdab olardim.
Muhandislar bilan ittifokda oliy imoratlar barpo etib, bog‘u bo‘stonlarning tarhini chizdirardim.
To‘qqizinchi toifa–muhaddislar, (payg‘ambar, uning avlodlari va sahobalari) haqida rivoyatlar nakd qiluvchilar
hamda qissaxonlar bo‘lib, ularni ham o‘zimga yaqinlashtirdim. Payg‘ambarlar va avliyolar haqidagi qissalarni, o‘tgan
podshohlar to‘g‘risidagi xabarlarni, ularning saltanat taxtiga qanday yetishganlarini, davlatlarining qanday sabablarga
ko‘ra zavol topganini ulardan so‘rab bilardim. Har qaysisining qissalari va xabarlari, ishlari va so‘zlarini eshitib
tajribam ortdi. Olamda bo‘layotgan voqealarni ulardan eshitardim va jahon axdi ahvolidan xabar topar edim.
O‘ninchi toifa–mashoyixlar, so‘fiylar, (Xudoni tanigan) oriflardir. Ularning xizmatlarida bo‘lib, suhbatlar qurdim
va oxirat foydalarini oldim. Ulardan Tangri taoloning so‘zlarini eshitib, karomatlar ko‘rdim, mo‘’jizalarini mushohada
etdim va suhbatlaridan rohatlanib, huzur qildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |