Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

 

SIPOHGA TANXOH VA ULUFA 

TAQSIMLASH TUZUKI 

 

Amr  qildimki,  piyodalar,  qalaqchilar,  yasovullar,  chopovullarning  bir  yillik  maoshlarini  hisoblab,  belgilangan 



mablag‘ni  devonxonaga  keltirib, shu yerda  ularga  (amirlari  orqali) ulashsinlar. Oddiy  sipohiylar  va  bahodirlarning  olti 

oylik maoshini ham hisoblab, tanxoh xazinasidan olib berishni buyurdim. 

O‘nboshi,  yuzboshilarga  maosh  shahar  omonligi

221


  xazinasidan  va  podsholik  mulki  daromadidan  nakd  pul 

hisobida yozilsin. Mingboshilarga viloyat ichidagi ekinzor yerlardan tuyul

222

 bersinlar. Amirlar va amir ul-umarolarga 



esa chegaralardagi viloyatlardan biri tuyul qilib belgilansin. 

Viloyatlardan tushgan daromadlarni ushbu yo‘sinda taqsimlashni buyurdim: viloyatlar va mamlakatlardan olingan 

ja’mi  daromadni  taqsimlab,  maosh  berish  yorliqlariga  biriga  kam,  biriga  ortiq  qilib  yozsinlar.  So‘ng  yorlikdar 

devonxonaga  keltirilsin.  Amirlar  va  mingboshilar  shu  yorlikdardan  birini  chiqarib  olsin.  Agar  yorlikda  maoshidan 

ortiq (ko‘rsatilgan) bo‘lsa, boshqani o‘ziga sherik qilsin. Bordiyu kam bo‘lsa, uni qo‘yib boshqa yorliq tortib olsin. 

Yana buyurdimki, amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot

223

 yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovrun, qo‘nalra



224

 

va shilon



225

 talab qilmasinlar. 

215

 Ulufa–harbiylarga beriladigan haq, maosh. 



216

 Yasovul–xonlarning kichik xizmatchisi; qo‘riqchi, yaso bajarilishini nazorat qiluvchi. 

217

 Qalaqchi–hosilga qarab xiroj miqdorini belgilab beruvchi minsabdor. 



218

 Vazifa –bu yerda, nafaqa ma’nosida. 

219

 Matnda aniq pul birligi ko‘rsatilmagan. Kichikroq pul birligi nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. 



220

  Tanxoh–saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va boshqalar uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh pul, ba’zida alohida 

xizmat ko‘rsatgan beklarga tanxoh sifatida yer-suv berilgan. 

221


 Shahar omonligi xazinasi–fath etilgan shahar aholisidan to‘plangan «moli omon» (o‘lpon) saqlanadigan xazina. 

222


 Tuyul–xiroj va soliq yig‘ib olish haqqi bilan in’om etilgan yer-mulk, viloyat. 

223


  Molu jihot–qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan natura tarzida olinadigan soliq; daromadning beshdan bir yoki uchdan bir qismi hajmida 

olingan. 

                                                 



Tuyul qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlasinlar. Biri viloyatdan yig‘ilgan molni yozib, raiyat 

ahvolini  tekshirib  tursinki,  jogirdor–er  egasi

226

  fuqaroga  jabr-zulm yetkazib,  ularning  holini  xarob  etmasin.  U 



viloyatdan  yig‘ilgan  butun  mol-ashyolarni  kirim  daftariga  yozishi  lozim.  Ikkinchi  vazir  esa, (daromadning)  xarj 

etilgan qismini chiqim daftariga yozsin va (yig‘ilgan mollardan) sipohiylarning maoshiga taqsim kdlsin. Qaysi amirga 

tuyul  berilar  ekan,  uni  uch  yilgacha  o‘z  holiga  qo‘ysinlar.  Uch  yil  o‘tgandan  so‘ng  uni  tekshirib  ko‘rsinlar.  Agar 

mamlakat  obod,  raiyat  rozi  ekan,  shu  holicha  qoldirsinlar.  Agar  ahvol  bunga  ters  bo‘lsa,  ul  viloyatni  xolisaga

227

 

o‘tkazib, uch yilgacha o‘sha yer egasiga haq berilmasin. 



Yana  buyurdimki,  xirojni  raiyatdan  kaltaklash  va  savalash  yo‘li  bilan  emas,  balki  ogoxdantirish,  qo‘rqitish  va 

tushuntirish  yo‘li  bilan  undirsinlar.  qaysi  hokim  hukmining  ta’siri  kaltaklash  ta’siridan  kamroq  ekan,  unday  hokim 

hukumat yurgizishga yaroqsizdir. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling