Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
SIPOHGA ULUFA
215 BERISH TUZUKI
Amr qildimki, amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar va oddiy sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilsin. Oddiy sipohiyga, o‘z vazifasini o‘rinlatib bajarishi sharti bilan, maoshi mingan otining bahosi bo‘lsin. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to‘rt otgacha tayin qilinsin. O‘nboshilar maoshi qo‘l ostidagi oddiy sipohiylaridan o‘n barobar ortiq bo‘lsin. Yuzboshilar maoshi o‘nboshilarga qaraganda ikki barobar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda bo‘lsin. Yana hukm qildimki, sipohiylardan qaysi biri urush ishlarida xatolikka yo‘l qo‘ysa, maoshidan o‘ndan birga kamaytirsinlar. Yana buyurdimki, o‘nboshi yuzboshining tasdiqi bilan, yuzboshi mingboshining tasdiqi bilan, mingboshi amir ul- umaro (amirlar amiri)ning tasdiqi bilan ulufa olsinlar. Amr qildimki, amirlar amirining maoshi o‘z qo‘l ostidagilardan o‘n barobar ortiq bo‘lsin. Shunga o‘xshash, devonbegi va vazirlarning maoshlari esa amirlarnikidan o‘n barobar ko‘p bo‘lsin. Yasovullar 216
, qalaqchilarning 217
maoshlari o‘z xizmatlariga yarasha, mingdan o‘n ming (mikdorida) bo‘lsin. Ahli majlis bo‘lmish sayyidlar, olimlar, fozillar, hakimlar, tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar va roviylarga o‘z hollariga qarab, suyurg‘ol, vazifa 218 va maosh belgilasinlar. Piyodalar, xizmatchilar, chodirchilarga yuzdan minggacha 219
maosh bersinlar. Yana hukm qildimki, amir ul-umaro o‘z haqini devonbegi va vazirlarning tasdiqi bilan olsin. Davlat tomonidan belgilangan butun maoshlarning to‘liq ma’lumotlarini devonbegi va vazirlar avval menga bildirsin, so‘ngra tanxoh 220
berilsin. Yana buyurdimki, sipohiylarning har biriga maosh olish yorlig‘i topshirilsin. Ularga berilgan mablag‘ miqdori shu yorliqning orqasiga yozib qo‘yilsin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling