Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
KATTA NOG‘ORA VA BAYROQ
BERISH TUZUKI
Amr qildimki, o‘n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir nog‘ora berilsin. Amir ul-umaroga bayroq va nog‘ora, tuman tug‘i 242
va chortug‘ 243
takdim etsinlar. Mingboshiga esa bir tug‘ va karnay bersinlar. Yuzboshi va o‘nboshiga bshtadan katta nog‘ora bersinlar. Aymoqlarning 244 amirlariga bo‘lsa, bittadan burg‘u takdim etsinlar. To‘rt beglarbegining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, chortug‘ va burg‘u bersinlar. 239
Xusrav Parviz (581–628) – Sosoniylar sulolasiga mansub podshoh. 240
Siyohpo‘sh–yuziga qora mato tortilgan odam; ba’zi manbalarda Katur (Kofiriston) xalqi islomni qabul qilmaganliklari uchun shunday atalgan. 241 Ko‘lob–qadimgi Xuttalon; «Temur tuzuklari» birinchi kitobining 11 va 13 kengashlarida Xuttalon shaklida berilgan. Asarning 1868 yilgi Tehron nashrida Ko‘lob emas, Xuttalon shaklida yozilgan. «Ko‘lob» atamasi XVII asrdan keyingi nusxalarda paydo bo‘lgan. 242
Tuman shug‘i–o‘rta asrlarda uchiga qo‘tos, ot yoli yoki dumi, yarim oy yoki kerilgan besh panja tasviri o‘rnatilgan lashkarning bayroqsimon nishon-belgisi; ushbu asarda tug‘ atrofida to‘plangan harbiy bo‘linma ma’nosida ham keltirilgan. 243 Chortug‘–harbiy bo‘linma amirining darajasini bildiruvchi uchi o‘tkir nayza; bayroqning bir turi. 244 Aymoq (o‘moq)–bir necha qarindosh-urug‘lar ittifoqi; qabila.
(O‘n ikki) amirdan qaysi biri dushman favjini sindirsa yoki g‘anim qo‘li ostidagi biror mamlakatni fath etsa, uni takdirlab, agar birinchi (darajali) amir bo‘lsa, ikkinchi (darajali), ikkinchi bo‘lsa, uchinchi (darajali), uchinchi bo‘lsa, to‘rtinchi (darajali) amir martabasini bersinlar. Shu tartibda o‘n birinchi (darajali) amirgacha davom ettirsinlar. Agar o‘n birinchi (darajali) amir bo‘lsa, uni o‘n ikkinchi (darajali) amir qilib, bayroq, tug‘ va nog‘ora bersinlar. Shu yo‘sinda birinchi (darajali) amirga bitta tug‘, ikkinchisiga–ikkita, uchinchisiga–uchta, to‘rtinchisiga–to‘rtta tug‘ va nog‘ora berib, ularni tumantug‘ va chortug‘ olish martabasiga yetkazib rag‘batlantirsinlar.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling