Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
MAMLAKATLARNI ZABT ETISH TUZUKI
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
MAMLAKATLARNI ZABT ETISH TUZUKI
Biron mamlakatda jabr-zulm va fisqu fasod kuchayib ketarkan, asl podshohlar adolat o‘rnatishib, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim. Tangri taolo shu niyatning sharofati bilan mamlakatni zolimning qo‘lidan tortib olib, odil (podshoh)ga topshiradi. Chunonchi, men Movarounnaxr viloyatida adolat o‘rnatish niyatida uni zolim mo‘g‘ullar toifasining qo‘lidan tortib oldim. Qaysi bir mamlakatda shariat zaiflashgan bo‘lsa, Olloh ulug‘ qilgan narsalarni xor tutsalar va Xudoning xos bandalarini ranjitsalar, chinakam jahongir sulton hazrati Muhammad sallollohu alayhi vasallam dini va shariatiga rivoj berish uchun o‘sha mamlakatta kirsin. Xudoning rasuli unga madadu inoyat ko‘rsatgay. Bunga misol, men Xindiston poytaxtini Feruzshohning 264 nabirasi Sulton Mahmuddan, Malluxon va Sarangdan 265 tortib oldim, dinu shariatga rivoj berdim va o‘sha diyorning butxonalarini buzdirdim. Qaysi mamlakatning aholisi o‘z hokimi yoki voliysidan ozor chekkan va o‘sha diyor ahlining ko‘ngli o‘z voliysidan qolgan bo‘lsa, mamlakatlarni zabt etguvchi chinakam podshoh u yerlarni o‘z tasarrufiga olsin. Odil podshoh u yerga qadam qo‘yishi bilan fathu zafar ham unga yor bo‘lib, (u bilan) birga kiradi. Bunga misol, men Xuroson viloyatini Kurt sultonlaridan 266
ajratib oldim 267
. Xuroson poytaxti–Hirotga qarab yuzlanishim bilan Sulton g‘iyosiddin butun mamlakatni, xazina-dafinalari bilan peshkash qilib menga topshirdi 268 .
kirib ittifoqlari buzilsa, u mamlakatning halokati yaqindir. Chinakam jahongir podshoh unday yurtni o‘z tasarrufiga olishi lozim. Misol uchun men Iroqi ajam va Fors viloyatlarini mal’un dinsizlar vujudidan tozaladim, zolim hukmdorlarni ag‘darib, xudo bandalarini ularning jabr-zulmidan qutqazdim. Qaysi bir viloyat xalqining e’tiqodi hazrati Sayyid al-mursalin 269 , unga Ollohning marhamatlari bo‘lsin, xonadoni aqidalaridan farkdanib o‘zgargan bo‘lsa, podshoxdar o‘sha viloyatni tasarruflariga olishlari va u yer aholisini buzuq e’tiqodlaridan qaytarishlari lozim. Bunga misol, men Shom viloyatiga kirib, buzuq e’tiqodli kishilarni jazoladim. Jahongirlik qilishga kirishganimda to‘rt narsani xotirimda mahkam saqladim.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling